Soliq siyosatini erkinlashtirish va takomillashtirish masalalari Qulliyev Umidjon Yusuf o`g`li Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti 2- kurs talabasi Annotatsiya
1 2 Bog'liqumidjon soliq
Soliq tushumlari o‘sishining asosiy omillari sifatida o‘tgan besh yil mobaynida 114ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilingani, 33ta faoliyat turi bo‘yicha xabarnoma tartibi joriy etilgani, ruxsatnomalar olish tartib-taomillari soddalashtirilib, ularni berish muddatlari o‘rtacha 2 barobar qisqartirilgani kabilar ko‘rsatib o‘tilgan. 2021–yilda soliq tushumlari stavkasi o`tgan yilgi bilan bir xil bo`lsa ham ancha o`sganini korib turibmiz. Guruch ko`lmaksiz bo`lmaydi deganday hamma narsani faqat musbat tomonini emas manfiy tomonini ham aytib o`tish lozim . Xalqaro tajribaga zid ravishda, O‘zbekistonda tushumdan (aylanmadan) olinadigan soliqning mavjudligi.Ya'ni, qo‘shilgan qiymat, foyda, daromad emas, balki barcha xarajatlarni o‘z ichiga olgan tushumning soliqqa tortilishi. Bu umumbelgilangan soliqqa tortish tizimi korxonalari uchun davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar, kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to‘lovidan iborat edi.Tushumdan olinadigan soliq, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash zanjiridagi uzilishlar (QQS amalda o‘zining aksi bo‘lgan tushum solig‘iga aylangan holatlar) ijtimoiy mehnat taqsimotiga, qo‘shilgan qiymatni yaratish uchun uzun zanjirni shakllantirishga juda salbiy ta'sir qilayotgan edi. Chunki, zanjir qanchalik uzun bo‘lsa, soliq yuki shunchalik ortib, ikki va uch marotaba soliqqa tortish yuzaga kelayotgandi. Bunday sharoitda xomashyodan yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotga qadar to‘laqonli ishlab chiqarish siklini yaratishning iloji yo‘q edi.Bunday vaziyatda yechim yagona: tushum soliqlaridan voz kechib, qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy qilish. Buning uchun islohotlar doirasidagi quyidagilar ko‘zda tutilgan: - umumbelgilangan soliqqa tortish tizimi korxonalari uchun davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalarni bekor qilish; - umumbelgilangan soliqqa tortish tizimi korxonalari uchun soliq yukini pasaytirish, bu bilan kichik korxonalarni bu tizimga o‘tishga qiziqtirish; Bu choralarni amalga oshirish soliq tizimini keskin o‘zgartirish imkoniyatini beradi. Islohot O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliqqa tortishning zamonaviy modeliga o‘tish, soliq tizimini rivojlangan davlatlar standartlariga yaqinlashtirib, nomutanosiblik va tengsizlikni bartaraf qilish, yakunda esa iqtisodiyotni inklyuziv barqaror rivojlanishiga ko‘mak beruvchi samarali ijtimoiy institutlarni yaratish imkoniyatini beradi.Biroq, hammasi ajoyib va juda yaxshi deyolmaymiz. Islohotlarni amalga oshirishda muammolar bor va ular zinhor kichik emas.Bizga hozirda keng soliq olish bazasi va o‘zgarmaydigan stavkali past soliqlar zarur. Bu kafolatlangan muvaffaqiyat keltirmaydi, biroq, zarur boshlanmadir. Barqaror valyuta kerak. Shuni unutmaslik lozimki, davlat harajatlari — hamisha oxir-oqibat soliqlar, demak, juda zarur bo‘lgan narsalarga mablag‘ sarflash darkor. Xulosa qilib aytganda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish hamda mamlakatimizni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish sharoitida soliqlar va soliqqa tortish jarayonlarini to’g’ri va aniq tashkil etish hamda uni boshqarish mamlakatimizning strategik muhim vazifalaridan biri desak yanglishmaymiz. Chunki har bir davlat o’zining budjet daromadlariga ega bo’lmog’i lozim. Shundagina xarajatlarni amalga oshira oladi. Mamlakatimizda davlat budjeti daromadlarining qariyb 90% dan ortig’i aynan soliqlardan to’planadi. Basharti shunday ekan, yurtimizda soliqlarga va soliqqa tortish jarayonlariga bo’lgan e’tibor katta bo’lishi tabiiy bir xoldir. . Download 1,28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: 1 2 Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |