Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


-bosqich Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi



Download 194,24 Kb.
bet70/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

2-bosqich

Soliq islohotlarining ikkinchi bosqichi soliqlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish va korxonalarning ishlab chiqarishni rag’batlantirishga qaratilgan davridir. Bu davr 1995-1997 yillarni o’z ichiga oladi.

Bu davrda soliqlar ishlab chiqarish samarodorligini oshirishga qaratilib, turli xil imtiyozlar berildi. Ayniqsa, yuridik shaxslarning foyda (daromad) solig’idan imtiyozlar ko’p edi, 1995 yil dan boshlab korxonalar har bir foiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirgani uchun 0,3 foiz foyda solig’i stavkasi kamaytirildi.

Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va tuzilmaviy jihatdan qayta qurish soliq tizimini isloh qilishni talab etdi va ko’plab korxonalar va tashkilotlarning foyda solig’ini daromad solig’i to’lashga o’tishi amalga oshirildi. Uning o’rtacha stavkasi 37 foiz qilib belgilandi. Soliq to’lovchilar uchun imtiyozlar ko’zda tutildi. Qishloq xo’jaligi korxonalari uchun foyda solig’i stavkasi rentabellik darajasidan kelib chiqib, tabaqalashtirilib belgilandi, yani rentabellik darajasi 40%gacha bo’lgan korxonalar uchun 3 foizli stavkada, rentabellik darajasi 40%dan yuqori bo’lgan korxonalar uchun 20 foizli stavkada undirildi.

1995 yildan resurs soliqlari rolini oshirish maqsadida yer osti foydali qazilmalaridan foydalanganlik uchun soliq va qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalaniladigan yerlarga yer solig’i joriy qilindi, inflyatsiya darajasiga qarab ular xar yili qayta ko’rib chiqiladigan bo’ldi.

1995 yildan boshlab soliq tizimi ixchamlashtirilib, bir qator kam samara li soliqlar: respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xom ashg’ resurslari uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz ajratma va boshqalar bekor qilindi. Jamoa xo’jaligi a’zolari va iqtisodiyotning boshqa sohalarida ishlayotganlar uchun soliqqa tortishning yagona tartibi o’rnatildi. Ya’ni, jamoa xo’jaligi a’zolari mehnatiga haq to’lash jamg’armasini soliqqa tortish bekor qilindi va ularga nisbatan fuqarolar daromad solig’i to’g’risidagi qonunchilik tatbiq etildi. Fuqarolar daromadiga solinadigan soliq shkalasi o’zgartirildi.

Sarmoyadorlar uchun rag’batlantirishlar soliq tizimining barqarorlashuviga ko’mak beradi. 1996 yilning 1 yanvarigacha ro’yxatdan o’tkazilgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga soliqqa tortish tizimida daromad yoki foydani soliqqa tortishni tanlash huquqi taqdim etildi, boshqa barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlar esa daromad solig’iga o’tkazildi.

1996 yil 1 oktabrdan respublikada ishlab chiqariladigan va chetdan olib kelinadigan alkagol va tamaki maxsulotlarga aksiz markasi joriy etildi.

1997 yildan boshlab ekologiya solig’i joriy qilindi(2006 yildan bekor qilingan).

Soliqlarni bozor munosabatlarida qatnashishini kuchaytirish uchun ularning hammasi uchun yagona huquqiy asos O’zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 1997 yil 24 aprelda qabul qilindi.

Soliq kodeksining qabul qilinishi soliq qonunchiligini mustahkamlabgina kolmay, soliqlarni mahsulotlarni eksportini, import tovarlar o’rniga mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarni ishlab chiqarishga qatnashishini, mehr-muruvvat ishlarni rag’batlantirish vazifasini kuchaytirdi.

O’zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to’g’risida»gi 1997 yil 29 avgustdagi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to’g’risida»gi 1998 yil 12 yanvardagi Qaroriga muvofiq soliq organlarining asosiy funksiya va vazifalari belgilandi.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish