Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


-bosqich Soliq islohotining to’rtinchi bosqichi



Download 194,24 Kb.
bet72/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

4-bosqich

Soliq islohotining to’rtinchi bosqichi 2005yildan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan davr. Bu bosqichni soliq tizimida tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama rag’batlantirish, ular faoliyatini qo’llab quvvatlash, soliq siyosatini takomillashtirish va erkinlashtirish davri deb atash mumkin.

Shu o’rinda Respublika Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620 «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonini aloxida takidlab o’tish lozim. Unga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab mikrofirma va kichik korxonalar uchun ilgari to’lab kelingan 4 ta to’lov - yagona soliq hamda byudjetdan tashkari Pensiya jamg’armasi, Yo’l va Maktab talimi jamg’armalariga majburiy ajratmalar o’rniga yagona soliq to’lovi joriy etilishi kichik biznes zimmasidagi soliq yukining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi.

2007 yil 1 yanvardan boshlab O’zbekiston Respublikasi prezidentining №-532 Qaroriga asosan savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa torgish tizimi birmuncha soddalashtirilgan edi. Yani, avvalgi soliqqa tortish tartibida savdo va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug’ullanadigan korxonalar uchun belgilangan yalpi daromad solig’i, byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga. Respublika yo’l jamg’armasiga, Maktab talimiii rivojlantirish jamg’armasiga ajratiladigan majburiy to’lovlar o’rniga yalpi tushumdan to’lanadigan yagona soliq to’lovi joriy egildi.

Malumki 2005 yildan boshlab O’zbekiston soliq siyosatida tub o’zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi ma’ruzasida 2005 yilda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning eng muhim uztuvor vazifalaridan - iqtisodiyotni modernizatsiyalash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirish hamda takomillashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iborat” ligini alohida ta’kidlab o’tdilar.

ShuningdekMuhtaram Prezidentimiz o’z ma’ruzasida 1997 yilda ishlab chiqarilgan va qabul qilingan Soliq kodeksi iqtisodiy islohotlar sohasida bugungi kunning yangi va ustuvor vazifalari talablariga javob bermasligini qayd etdi. Faqat so’nggi ikki yil davomida Soliq kodeksi va Soliq qonunchiligiga yuzdan ortiq o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgani ham shundan dalolat berishini ta’kidladi.

Soliqqa tortish masalasida amaliyotda sinalgan prinsp va yondashuvlarni ishlab chiqish, bu borada boshqa mamlakatlarning ilg’or tajribasidan foydalanish o’ta muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etib, soliq tizim nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag’batlantirish xususiyatiga ega bo’lishi lozimligini uqtirdi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliqlar mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri sifatida yuzaga chiqmoqda. Soliq tizimi haqida gap borganda ko’pincha uning barqaror yoki nobarqaror ekanligi ta’kidlanadi. Soliq tizimining barqaror yoki nobarqarorligi bir tomondan davlat byudjetini daromad manbasini shakllantirish, ikkinchi tomondan soliq yuki xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tadbirkorlik faoliyatini cheklab qo’ymasligi zaruriyati bilan belgilanadi.

Mamlakatimizda mustaqil soliq tizimini shakllantirish borasidagi tadbirlar boshlangandan shu kunga qadar bosqichma- bosqich keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildiki, bugungi kunga kelib ushbu islohotlarning samarasi o’laroq nisbatan barqaror soliq tizimi muayyan darajada shakllantirildi. Ammo, mazkur jarayon muayyan qiyinchilik va qulayliklar asosida yuz berayotganligini e’tirof etish lozim. Chunki, respublikamiz iqtisodiyoti tarixida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beruvchi soliq tizimi mavjud bo’lmagan, Shundan kelib chiqib, malakali kadrlar bilan ta’minlanmaganlik me’yoriy hujjatlardagi noaniqliklar kabi muammolar bilan bir qatorda soliq madaniyatining yetarli darajada emasligini ham ta’kidlash o’rinlidir. Qulayliklar shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan rivojlangan mamlakatlar soliq tizimiga oid tajribalaridan respublikamiz soliq tizimini shakllantirishda foydalanish imkoniyati ham mavjud bo’lib, bundan muayyan darajada foydalanilmoqda. Lekin, bir qator omillarni, jumladan, har bir mamlakatning o’ziga xos milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda, bir mamlakatda barqaror hisoblangan soliq tizimi ikkinchi bir mamlakat iqtisodiyoti uchun aks ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun mamlakat soliq tizimi barqarorligini ta’minlashda xorijiy mamlakatlar tajribalaridan foydalanish bilan birga soliqlar va soliqqa tortish borasidagi klassik va zamonaviy soliq nazariyalarini o’rganish ahamiyatga molikdir.

Amaldagi mamlakatimiz soliq tizimi yuqoridagi nazariyalarning u yoki bu xususiyatlarini qisman mujassam etgan. Ularning ifodasi sifatida mamlakatimiz soliq tizimida keng joriy qilingan yagona soliq tarixi va nazariyasi g’oyalarini ifodalovchi yagona soliq turlarini keltirishimiz mumkin.

Mamlakatimiz soliq tizimida yagona soliq tarixi va nazariyasi g’oyalaridan foydalanishning zarurati ayrim sohalarni rivojlantirishni soliqlar vositasida rag’batlantirish ahamiyatidan kelib chiqadi. Jumladan, bugungi kunda kichik korxonalar va mikrofirmalarni rivojlantirishning zarurligi ko’p bora ta’kidlanmoqda. Ularning ishchi kuchini, investitsiyani kam talab etishi, bozor kon’yukturasiga moslashuvchanligi va arzon ish o’rinlarini yaratishligi kabi bir qator xususiyatlari mavjudki, kichik biznesni rivojlantirish zaruriyatidan kelib chiqadi.

Hozirgi paytda mamlakatimiz soliq tizimida yagona soliq tarixi va nazariyasi g’oyalarini ifodalovchi bir nechta yagona soliq turlari amal qilmoqda. Yagona soliq turlarida ob’ekt sifatida har bir soha xususiyatlaridan kelib chiqib soliqqa tortish ob’ekti qilib turli xil kategoriyalar qabul qilingan, masalan, tovar oborot, yalpi tushum, yer maydoni kabilardir. Respublikamiz soliq tizimida amal qilayotgan yagona soliq turlariga kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari uchun yagona soliq to’lovi va shu kabilarni qayd etishimiz mumkin.

Soliq kodeksi loyihasining umumiy qismida xalqaro me’yorlarga mos keluvchi soliqqa tortish tamoyillari, kodeksda foydalanilgan asosiy tushunchalar, soliq majburiyatlarini bajarishda foydalaniladigan tartiblar, soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash yoki to’lov muddatlarini kechiktirish tartiblari, ortiqcha to’lovlarni qaytarib berishning aniq mexanizmlari, soliq nazorati shakllari va ularni amalga oshirish tartiblari hamda soliq organlari mansabdor shaxslarining harakatlari va harakatsizligi ustidan shikoyat qilish tartiblari, soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash kabi masalalar keng yoritilgan.

Kodeksda soliqlar va majburiy to’lovlar tizimiga bag’ishlangan alohida bob mavjud bo’lib, mazkur bobda soliqlar va majburiy to’lovlarning turlari va ularning elementlari (soliq solish ob’ekti, soliq solinadigan baza, soliq stavkasini hisoblab chiqarish tartibi, soliq to’lash davri, soliqqa doir hisobotlarni taqdim etish va.h.k) ochib berilgan.

Shu bilan birga, Kodeksda, soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarida soliq to’lovchilar, shuningdek ushbu soliq va majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish va to’lash uchun zarur elementlar belgilab qo’yilgan taqdirdagina soliq va majburiy to’lov belgilangan, deb hisoblanishi nazarda tutilgan. Amaldagi Soliq kodeksidan farqli ravishda yangi Kodeksda barcha soliqlar va majburiy to’lovlar faqatgina qonunchilik hujjatlari bilan joriy qilinishi nazarda tutilgan. Bunda, soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha imtiyozlar ham qonunchilik hujjatlari va Prezident qarorlari bilan o’rnatilishi belgilangan.

Soliq to’lovchilarga soliq majburiyatlarining bajarilish qoidalari, soliqlar va majburiy to’lovlarni kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash tartibi hamda soliqlar va majburiy to’lovlarning ortiqcha to’langan summalarini hisobga o’tkazish hamda qaytarib berishning aniq mexanizmlari belgilandi. Bundan tashqari, Soliq kodeksiga soliq nazoratining shakllari va amalga oshirish tartibini, shuningdek soliq organlarining qarorlari va ularning mansabdor shaxslari harakatlari yoki harakatsizligi ustidan shikoyat qilishni tartibga soluvchi boblar kiritildi. Jumladan, soliq nazorati qismida «kameral nazorat» moddasi, shuningdek, «xronometraj» ko’zda tutilgan bo’lib, ularni o’tkazish tartibi, muddatlari, davriyligi hamda ushbu nazorat shakllarini o’tkazish uchun zarur bo’lgan hujjatlar ko’rsatib o’tilgan.

Moliyaviy jarimalarni qo’llashni tartibga solish maqsadida soliq to’lovchilarga, soliq agentlariga moliyaviy jarimalar sud tartibida qo’llanilishi, soliq to’lovchi, soliq agenti sodir etilgan huquqbuzarlikda aybini tan olganda va yetkazilgan zararni beligilangan muddatlarda va to’liq hajmda, shu jumladan penyani ixtiyoriy ravishda to’lagan holatlarning bundan mustasnoligi belgilab qo’yildi.

Maxsus qism umumbelgilangan soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibini, soliq solishning soddalashtirilgan tartibini, shuningdek soliq to’lovchilarning ayrim toifalariga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Soliq kodeksining to’g’ridan – to’g’ri amal qilishini ta’minlash maqsadida, maxsus qismda davlat boji va davlat maqsadli jamg’armalariga to’lanadigan majburiy to’lovlar, soddalashtirilgan soliq solish tartibini qo’llashda soliqlarni hisoblab chiqarish va to’lash tartibini belgilovchi bo’limlar bilan to’ldirildi.





  1. Download 194,24 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish