Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni



Download 194,24 Kb.
bet66/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

Real soliqlar soliq to’lovchi mol-mulkining ayrim turlaridan (yer, uylardan) kadastr asosida undiriladi, to’lovchining haqiqiy daromadliligini emas, balki o’rtacha daromadliligini hisobga oladi. Soliqqa tortish ob’ektiga qarab quyidagilar real soliqlarga kiradi: yerga oid, uy-joylarga doir, kasb-hunarga tegishli, qimmatli qog’ozlardan olinadigan soliqlar. Real soliqlar tashqi belgilariga asoslanadi, soliqqa tortish mol-mulkning kadastr bo’yicha aniqlanadigan o’rtacha daromadliligi bo’yicha amalga oshiriladi. O’z mohiyatiga ko’ra bunday soliqlar regressiv tusga egadir.

Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, davlat faoliyatining kengayishi shaxsiy soliqlarga o’tilishini taqozo etdi, chunki real soliqlar fiskal jihatdan ham, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham foydali bo’lmay qoldi. Real soliqqa tortishning ayrim unsurlari, odatda, mahalliy soliqlar tizimida asosan sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda saqlanib qolgan. Shaxsiy soliqlar ravnaq topmoqda, bular daromadlar manbaida yoki deklaratsiya bo’yicha undiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning daromadlari va mol-mulkidan olinadigan soliqlardir. Real soliqdan farqli ravishda shaxsiy soliqqa tortishda ob’ekt (daromad, mol-mulk) har bir soliq to’lovchi uchun yakka tartibda hisoblab chiqiladi, uning moliyaviy ahvoli (oila soni, qarzdorlik va hokazo) e’tiborga olinadi. Rivojlangan mamlakatlarda soliqqa tortish ob’ektiga qarab shaxsiy soliqlarning quyidagi turlari farqlanadi: daromad solig’i, pullik sarmoyalardan tushadigan daromadlardan olinadigan soliq, sarmoyaning o’sishidan olinadigan soliq, korporatsiyaning foydasidan olinadigan soliq, merosdan va sovg’a qilishdan olinadigan , soliq, mol-mulkdan olinadigan soliq, jon boshidan olinadigan soliq va hokazo.

Bilvosita soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Bilvosita soliqlarga tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi paytida ushbu qiymatning bir qismiga o’z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning taqsimlanishining ishtirokchisi bo’lib qoladi. Bilvosita soliqlar bevosita soliqlardan farqli ravishda to’lovchining daromadi yoki mol-mulki bilan bevosita bog’liq bo’lmaydi. Tovarlar, odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek xizmat ko’rsatish sohasining (sartaroshxonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik aylanmasi, tomosha ko’rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu kabilar soliqqa tortish ob’ekti bo’ladi. Bilvosita soliqlarga tortiladigan tovarlar va xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda.

Хaridor-iste’molchi bilvosita soliqlarning to’lovchisi bo’ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko’rsatadigan shaxs aslida soliqni yig’uvchi hisoblanadi. Bilvosita soliqlarning anchagina qismi mulkdor tomonidan tovarning yoki xizmatlarning narxiga qo’shiladi. Davlat korxonalari va monopoliyalar soliqning butun summasiga narxlarni oshirish bo’yicha juda katta imkoniyatlarga egadir. Tarmoq ichidagi raqobat yuksak bo’lganida va talab barqaror bo’lmagan holda soliqning muayyan hissasi tovarning ishlab chiqaruvchisi va sotuvchi tomonidan to’lanadi. Bilvosita soliqlarning asosiy to’lovchisi pirovard oqibatda iste’molchilar bo’ladilar.

Bilvosita soliqlar daromadlilikni, oilaviy ahvolni hisobga olmaydi. Hamma fuqarolar o’z daromadlarining miqdoridan qat’iy nazar, bunday soliqlarni to’laydilar, chunki bilvosita soliqlarga tortiladigan turmush uchun zarur bo’lgan tovarlarni iste’mol qilishadi va xizmatlardan foydalanishadi.

Bilvosita soliqlarning stavkalari qat’iy (tovar o’lchamining birligiga) va foizli (tovarning narxiga muayyan hissada) bo’ladi. Foizli stavkalar davlat uchun ko’proq foydalidir, chunki narxlar oshganida soliq tushumlari ham ko’payadi. Soliq stavkalarining oshirilishi ularning tovarlar narxidagi hissasini ortishiga olib keladi.

Soliqlarning ayrim turlarining nisbati jamiyatning rivojlanishiga qarab o’zgardi. XIX asrda va XX asr boshida undirilishining soddaligi bilan ajralib turadigan bilvosita soliqlar asosiy ahamiyat kasb etgan bo’lsa, 20-yillardan boshlab ko’pgina mamlakatlarda bevosita soliqlar ko’proq ahamiyat kasb eta boshladi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng rivojlangan mamlakatlarning soliq tizimida bevosita soliqlar alohida ahamiyatga ega bo’lib qoldi, daromad solig’i va korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq ular ichida asosiy o’rin tutardi.

Yuqoridagilarga asoslangan holda xulosa qilib aytish mumkinki, bevosita soliqlarni to’g’ridan to’g’ri soliq to’lovchilarning o’zi to’laydi, ya’ni soliqning huquqiy va haqiqiy to’lovchisi ham bitta shaxs hisoblanadi. Bilvosita soliqlarning huquqiy to’lovchisi esa mahsulotni ortuvchilar, ish, xizmatni bajaruvchilar hamda xizmat ko’rsatuvchilar, haqiqiy to’lovchisi esa iste’molchilar hisoblanadi.

Hozirgi iqtisodiyotni modernizasiya qilish sharoitidaRespublikamiz byudjet daromadlarini shakllanishida resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i hisobidan tushayotgan mablag’lar ham katta ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda resurslardan unimli foydalanish maqsadida soliq siyosatida resurs soliqlari stavkalarini o’sish darjasini ko’rishimiz mumkun. Resurs soliqlari tarkibiga quyidagi soliq turlari kiradi. Jumladan:


  1. Mol-mulk solig’i;

  2. Er solig’i;

  3. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq (faqat yuridik shaxslar tomonidan to’lanadi) ;

  4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;

Resurs to’lovlari va mol-mulk soliqlari stavkalarini oshirib borishdan asosiy maqsad Respublikamizda qayta tiklanish imkoniyati yo’q resurslardan oqilona va unumli foydalanishga undashdan iborat.
Respublikamizda amal qilayotgan soliqlar hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning qariyb uchdan bir qismini taqsimlab, byudjetga jalb etadi va u orqali davlatning ijtimoiy zaruriy xarajatlarini moliyalashtirishga yunaltiriladi. So’ngi yillarda bevosita soliqlarning salmog’i yalpi ichki mahsulot qiymatida bir oz kamayib, bilvosita soliqlar salmog’i oshgan. Bu holda to’g’ri tendensiya mavjuddir, chunki bilvosita soliqlar to’g’ridan-to’g’ri korxonaning investitsion faoliyatining susayishiga olib kelmaydi. Bevosita solyqlar salmog’i YaIM qiymatida pasayishi korxonalarning moddiy-texnikaviy bazasini kengayishiga, qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishiga imkon yaratadi.

Keyingi yillarda resurs soliqlarining salmog’i ham ancha oshmoqda. Ular yer, suv, va boshqa resurslardan samarali foydalanishni ta’minlaydi.

Yagona davlat byudjeti daromadlari tarkibida ularning salmog’i yuqoridagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi.

Umuman olganda iqtisodiyot tarmoqlaridan va aholining mehnatga layoqatli qismidan undiriladigan soliqlarning aksariyat qismi umumiylik xususiyatiga egadir. Lekin ayrim soliqlar va tulovlar ham mavjudki, ular maqsadli xarakterga egadir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda soliqlar, ulardan foydalanish xususiyatiga ko’ra ham ikki guruhga bo’linadi:

1. Umumiy soliqlar - respublika hamda mahalliy byudjetlarga tushadi va qayta taqsimlanadi;

2. Maqsadli soliqlar-bevosita biror bir soha, tarmoq yeki ob’ektni rivojlantirish uchun sarflanadi va taqsimlanadi.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish