Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Bevosita va bilvosita soliqlarresurs soliqlari



Download 194,24 Kb.
bet65/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

2. Bevosita va bilvosita soliqlarresurs soliqlari
Soliqlarni tasniflashga doir qarashlarning ilk shakllaridan biri ularni bevosita va bilvosita soliqlar guruhiga ajratishdir. Soliqlarni bunday tasniflash respublikamiz soliq tizimida ham amal qilib, ular o’rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar respublikamiz soliq tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biridir. Bevosita va bilvosita soliqlar o’rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashda ularning har birini o’ziga xos xususiyatlari, afzalliklari va kamchiliklarini e’tiborga olish lozim. Shu o’rinda soliqlarni tasniflashga bo’lgan ushbu yondashuvning shakllanishi va rivojlanishini ko’rib chiqish muhim ahamiyatga ega.

Soliqlarni bevosita va bilvositaga ajratish mezoni va ular nisbatini ta’minlashga doir munozaralar o’rta asrlardan e’tiboran mavjud bo’lib, moliya fanida bevosita va bilvosita soliqlar nisbati nazariyasi nomini oldi. Bu nazariyaning asosiy g’oyasi bevosita va bilvosita soliqlarni belgilash mezoni sifatida nima bo’lishi kerakligi va ularning qaysi biriga ustuvorlik berish iqtisodiyot rivojlanishi uchun samarali hisoblanishini nazariy jihatdan asoslashga qaratilgan. Ushbu g’oyadan kelib chiqqan holda bevosita yoki bilvosita soliqqa tortish nazariyasi tarafdorlari o’z g’oyalarini asoslashga harakat qildilar. Bevosita va bilvosita soliqlar nisbati nazariyasi soliqqa oid nazariyalar ichida muhim ahamiyatga ega bo’lib, hozirgi paytda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan va ko’plab davlatlar uning ijobiy g’oyalaridan foydalangan holda o’z soliq tizimlariga o’zgartirishlar kiritib, barqaror soliq tizimini shakllantirishga erishib kelmoqda.

Soliqlarni tasniflashga bo’lgan bunday yondashuv moliya faniga XVI asr amaliyotidan olingan bo’lib, XVII asr oxirida ingliz filosofi D. Lokk tomonidan ularning nazariy jihatlari o’rganilgan. D. Lokk bevosita va bilvosita soliqlarning tarkibini aniqlashda asos qilib, ularni oxir-oqibat kimga yuklanishi nuqtai- nazaridan yondashdi. Uning fikricha, yer solig’i-bu bevosita soliq, qolgan barcha soliqlar bilvosita soliqlardir. Sababi sifatida bilvosita soliqlar oxir-oqibat yer egalari tomonidan to’lanishini qayd etib, bunda sotuvchilar soliq yukini iste’molchi hisoblangan ishchilarga, ular yer ijarachilariga, yer ijarachilari esa yer egalariga yuklashi natijasida soliqlarning manbai bo’lib oxir-oqibat yer egalarining daromadi ekanligi nazariy jihatdan asoslashga harakat qilgan va barcha soliqlar o’rniga yagona yer solig’i joriy etishni taklif etgan. Faqat yer egasining sof daromadidan barcha soliqlar to’lanishidan kelib chikqan holda, fiziokratlar ushbu g’oyani qo’llab-quvvatladilar va yanada chuqurlashtirdilar.

D. Lokk va fiziokratlarning soliqlarni bevosita va bilvositaga ajratishning mezoni sifatidagi yondashuvida ular nazariyalarining asosiy g’oyasi hisoblangan daromadlar faqatgina yerdan keladi deb hisoblashidir. Bizga ma’lumki, A Smit daromadlar nafaqat yerdan, shuning bilan birgalikda kapital va mehnat faoliyati davomida olinishi mumkinligini nazariy jihatdan asoslab berdi. Olinishi mumkin bo’lgan daromadlar tarkibining o’zgarishi tadbirkorlik daromadi va ish haqidan olinadigan soliqlarni ham bevosita soliqlarga, qolgan soliqlarni esa bilvosita soliqlarga kiritish lozim degan xulosaga olib keldi. Natijada daromad – mulk (yer, uy, kasb, pul mablag’lari va shaxsiy mehnatdan) soliqlari bevosita soliqlar qatoriga, xarajat soliqlari, ya’ni keng ma’nodagi iste’mol predmetlariga soliqlar esa bilvosita soliqlar qatoriga kiritilishini, soliqlarni ushbu ko’rinishida bevosita va bilvositaga ajratish shaxsning to’lov qobiliyatidan, ya’ni uning daromadi va iste’moli o’rtasidagi aloqadan kelib chiqishini asoslab berdi.

Soliqlar rivojlanish bosqichlarida soliq tizimlari asosan bevosita soliqlarga asoslanib tuzilgan. Bilvosita soliqlar tovar qiymatini oshirishini hisobga olib, ular ancha og’ir va xalq ahvoliga salbiy ta’sir qiladi deb hisoblangan. Shunga qaramasdan o’rta asrlarda bilvosita soliqlarga ustuvorlik berilib, asosan iste’mol uchun birlamchi bo’lgan tovarlarga nisbatan qo’llanilgan (masalan, tuzga soliq). Bilvosita soliqlarga nisbatan ilk yondashuvga muvofiq bilvosita soliqlar soliq to’lovchilar moliyaviy ahvolini yomonlashtirganligi uchun ularni keng joriy etish maqsadga muvofiq emas deb hisoblangan.

O’rta asrlar oxirlarida paydo bo’lgan ushbu nazariyaga ikkinchi yondashuv esa, aksincha, bilvosita soliqlarni joriy qilinishi zarurligini asoslab berdi. Bilvosita soliqlar yordamida soliqqa tortishning teng sharitlarini ta’minlash taklif etilib, boy tabaqa vakillari soliqlar bo’yicha turli xil imtiyozlarga ega bo’lganligi sababli ular oladigan daromadlar soliqqa tortilmay qolishini e’tirof etilgan holda, bilvosita soliqqa tortish tarafdorlari soliqlarni tovar narxiga ustama shaklida belgilanishini yoqlab chiqadilar.

Hattoki, A. Smit va D. Rikardolar ham bilvosita soliqqa tortish tarafdorlari hisoblanishgan, ular uni ixtiyoriylik g’oyasi orqali asoslab berishdi. Bu g’oya bilvosita soliqlar bevosita soliqlarga qaraganda yengilroq degan tasdiqdan kelib chiqadi, chunki ulardan bilvosita soliqlarga tovarlarni xarid qilmasdan oson qochish mumkin degan xulosani beradi.

Lekin XIX asr oxirida bevosita soliqlar tenglashtirish maqsadi uchun, bilvosita soliqlar esa samarali tushumlarga erishish uchun mo’ljallanishi, Ushbu masala bo’yicha hamma bahslashuvlar bevosita va bilvosita soliqqa tortish o’rtasida o’zaro muvozanatni ta’minlash zarur degan xulosaga kelindi. Buning sababi sifatida aytish mumkinki, bevosita va bilvosita soliqlarning har birini ijobiy va salbiy jihatlari o’rganildi. Shunga qaramasdan bu boradagi bahsli munozaralar bugungi kunga kelib ham davom etmoqda.

Soliq tizimi barqarorligini ta’minlashda bevosita va bilvosita soliqlarga oid bo’lgan nazariyalarni o’rganish, jumladan, ularga bo’lgan tarixiy va zamonaviy yondashuvlarni uyg’unlashtirgan holda tahlil qilish hamda respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda yondashish, to’g’r va bilvosita soliqlar o’rtasidagi maqbul nisbatni ta’minlashga qaratilgan soliq tizimini takomillashtirish yo’nalishidagi muhim omillardan biri hisoblanadi.

Soliqlar iqtisodiy mohiyatiga ko’ra bevosita va bilvosita soliqlarga bo’linishiga doir zamonaviy yondashuvga muvofiq, bevosita soliqlar to’g’ridan-to’g’ri daromadga va mol-mulkka qaratiladi (soliqqa tortishning bevosita shakli). Tovarning bahosida to’lanadigan yoki ta’rifga kiritiladigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlar bilvosita soliqlarga kiradi. Tovar va xizmatlarning egasi ularni sotishda soliq summalarini olib, ularni davlatga o’tkazadi.

Daromadlar oladigan (mol-mulkka vash u kabilarga egalik qiladigan) xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bevosita soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi, narxlarga ustamalar orqali soliq yuki yuklab qo’yiladigan tovarning iste’molchisi esa bilvosita soliqlarning pirovard to’lovchisi hisoblanadi.

Amaliyotda nafaqat bilvosita soliqlar, shu bilan birga bevosita soliqlarni ham iste’molchilar zimmasiga o’tkazish imkoniyati mavjuddir. Masalan, korxonalar to’laydigan soliqlar yuki inflyatsiya davrida ko’pincha narx-navoni oshirib yuborish orqali iste’molchilar zimmasiga yuklab boriladi.

Bevosita soliqlarga tortishda mablag’larning safarbar qilinishi yangi qiymatni taqsimlash paytida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir qismiga o’z huquqlari orqali da’vo qiladi.

Soliq to’lovchining daromadi (ish haqi, foyda, foizlar va hokozo) va uning mol-mulkining (yer, uylar, qimmatli qog’ozlar va hokozo) qiymati bevosita soliqlar ob’ekti bo’ladi.

Soliqqa tortishning bu shakli bilvosita soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to’lovchining daromadliligini, oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida undiriladi. Bundan tashqari, bevosita soliqlarga tortishda soliq to’lovchi o’z solig’ining summasini aniq biladi.

Tarixiy jihatdan olganda bevosita soliqlar XVIII asrda va XIX asrning birinchi yarmida shakllandi, ular faqat XX asrda keng ommalashdi.

Bevosita soliqlar:


  • real;

  • shaxsiy soliqlarga bo’linadi.


Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish