Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari



Download 194,24 Kb.
bet25/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

Mavzu: Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va tamoyillari

Reja:

1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati

2. Soliqlarning belgilari va ob’ektiv zarurligi

3. Soliqqa tortish tamoyillari

3. Soliqlarning funksiyalar va vazifalari


1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo’lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog’liqdir. Soliqlar asli me’yoriy huquqiy hujjatda belgilangan, muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg’araz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yo’naltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir. Shu o’rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqeylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki soliqlar bevosita davlatning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha sub’ektlar ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko’rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug’ullanish iqtisodiy samarasiz, bo’lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni ob’ektiv amal qilishini zarur qilib qo’yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo’ladi.

Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag’ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.

Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko’p bo’lib, bozor iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo’qola borsa, yangi vazifalar paydo bo’la boshlaydi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo’ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta’minlanganlarga ijtimoiy yordam ko’rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, qishloq xo’jaligida, moliya tizimida) tashkil qilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar (nafaqaxo’rlar), talabalar, ko’p bolali onalar va boshqalarni ko’proq mablag’ bilan ta’minlash zarurligini anglab, cheklangan tovarlar bahosidagi farqni byudjet hisobidan qoplaydi va ularga boshqa xarajatlarni davlat o’z hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta’minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a’zolari osoyishtaligini saqlash maqsadida o’zining mudofaa qobiliyatini saqlab va mustahkamlab turishga, texnika va o’q-dorilarga ham mablag’lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o’rnatish, uni boshqarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko’plab mablag’ yo’naltirishga majbur. Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo’lgan soliqlarni ham ob’ektiv zarur qilib qo’yadi.

Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo’lgan moliyaviy mablag’lar shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli jahon amaliyotida qo’llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar ham amal qiladi. Ma’lumki, jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo’lib, ana shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.

Soliqlar majburiy to’lovlarni ifoda etuvchi pul munosabatlarini bildiradi. Bu munosabatlar soliq to’lovchilar (huquqiy va jismoniy shaxslar) bilan ularni o’z mulkiga aylantiruvchi davlat o’rtasida bo’ladi. Korxona va tashkilotlar aholiga xizmat ko’rsatganda, ishlar bajargan yoki bozorlarda oldi-sotdi qilish jarayonida pul munosabatlarini hosil qiladi. Lekin ular soliq bo’la olmaydi, soliq munosabati bo’lishi uchun davlat mamlakatda yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash yo’li bilan davlat byudjetiga majburiy tartibda to’lanishi yoki undirilishi lozim. Davlat uchun byudjetning asosiy manbai hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.

Soliqlar to’g’risidagi qarashlar tarixan ob’ektiv va sub’ektiv omillarning ta’sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta’riflarni tahlil qilish ularning konkret iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo’lgan soliq tamoyillarini belgilash hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo’lgan soliqlarning tutgan o’rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo’lishi bilan soliqlar jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri bo’lib hisoblanib kelingan. Davlat tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o’zgargan va takomillashtirilgan. Soliq tizimining o’zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning turlari, miqdorlari va yig’ib olish usullari xilma-xil bo’lganligi bilan asoslanib kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot» sifatida olingan.

Soliqlar, yig’imlar, bojlar va boshqa to’lovlar hisobiga davlat moliyaviy resurslari tashkil topadi. Davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini mablag’ bilan ta’minlashning asosiy manbalaridan biri va davlat ustuvorligini amalga oshirishning iqtisodiy vositasi soliqlardir. Soliq tizimini tartibga solish va mukammallashtirish samarali davlat iqtisodiy siyosatini olib borishga, xususan, moliyaviy tizimni rivojlantirishga yordam beradi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan soliqlar orqali tartibga solish, davlat byudjetini shakllantirish, soliq solish vositasida jamiyatdagi u yoki bu jarayonlarning rivojlanishiga ta’sir etuvchi usuli hisoblanadi. Shunday qilib, davlatning mavjudligi soliqlar bilan uzviy bog’liq, chunki soliqdan tushadigan tushumlar davlat iqtisodiy mustaqilligining bosh manbaidir.

Insoniyat tarixida yirik davlat arboblaridan biri, o’rta asrlarda buyuk saltanat barpo qilgan Amir Temur soliqlarga katta e’tibor qaratgan. U davlatni idora qilish tizimini yuzaga keltirishda asosan soliqlarga tayangan. O’sha davrning davlat moliyasi bu tizimning eng muhim unsurlaridan biri ekanligi, u davlatni boshqarishdagi barcha jihatlariga uzviy bog’langanligi bilan tubdan farq qilib turgani va ayni shu xususiyatga ko’ra boshqaruvning barcha tarkibiy qismlari orasida markaziy o’rinni egallaganligi bugungi kunga kelib hammaga ayon bo’lmoqda. Ammo soliq munosabatlari haqida qancha rivoyatlar aytib o’tilmagan bo’lsin, uning mohiyati aholi soliq to’loviga nisbatan faqat o’z mohiyatini xazinada topgan. Хazina har qanday tizimda ham davlatni boshqarish vositasi bo’lib xizmat qilgan. Bunday vosita nafaqat davlatni boshqarishda, balki shuning bilan birgalikda aholi manfaatlarini qondirishda namoyon bo’lgan. Natijada xazina taqsimoti taraqqiyot tayanchi bo’lib xizmat qilgan.

Soliqlar qadimgi davrlardan e’tiborga olingan, ammo u vaqtlarda soliqlar ozod va erkin bo’lmagan kishining belgisi bo’lib xizmat qilgan. Adam Smit(shotland faylasufi va iqtisodchisi, 1723-1790) o’zining «Хalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk bor soliq tamoyillarini asoslab berdi, soliqlarni ahamiyatini yoritib, ularni davlatga to’lash qullik emas, balki erkinlik alomati ekanligini asoslab berdi.


Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish