Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Soliqqa tortish maqsadida doimiy muassasa tushunchasi



Download 194,24 Kb.
bet98/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

3. Soliqqa tortish maqsadida doimiy muassasa tushunchasi

Norezidentning O’zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasasi deganda norezident O’zbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan, shu jumladan faoliyatni vakolatli shaxs orqali amalga oshirayotgan har qanday joy e’tirof etiladi.

«Doimiy muassasa» tushunchasi faqat soliq sohasidagi maqomni aniqlash uchun qo’llaniladi va tashkiliy-huquqiy ahamiyatga ega emas.

«Doimiy muassasa» tushunchasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:

1) tovarlarni ishlab chiqarish, qayta ishlash, butlash, qadoqlash, o’rash-joylash, realizatsiya qilish bilan bog’liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;

2) har qanday boshqaruv joyi, vakolatxona, filial, bo’lim, byuro, idora, ofis, xona, agentlik, fabrika, ustaxona, sex, laboratoriya, do’kon, omborni;

3) tabiiy resurslarni qazib olish bilan bog’liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni: shaxta, kon, neft va (yoki) gaz qudug’ini, karerni;

4) quvur, gaz quvuri, tabiiy resurslarni qidirish va (yoki) ishlatish, asbob-uskunalarni o’rnatish, montaj qilish, yig’ish, sozlash, ishga tushirish va (yoki) ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq faoliyat (shu jumladan nazorat yoki kuzatuv faoliyati) amalga oshiriladigan har qanday joyni;

5) o’yin avtomatlari (shu jumladan pristavkalar), kompyuter tarmoqlari va aloqa kanallari, attraksionlar, transport yoki boshqa infratuzilmadan foydalanish bilan bog’liq faoliyat amalga oshiriladigan har qanday joyni;

6) qurilish maydonini (qurilish, montaj qilish yoki yig’ish ob’ektini), shuningdek ushbu ob’ektlarda ishlarning bajarilishini kuzatib borish bilan bog’liq xizmatlarni. Har bir qurilish maydoni ishlar boshlangan kundan e’tiboran alohida doimiy muassasani tashkil etuvchi sifatida qaraladi. Agar yordamchi pudratchilar O’zbekiston Respublikasining boshqa norezidentlari bo’lsa, ularning faoliyati ham shu qurilish maydonida ishlar boshlangan kundan e’tiboran yordamchi pudratchilarning alohida doimiy muassasasi sifatida qaraladi;

7) O’zbekiston Respublikasining norezidenti bilan shartnoma munosabatlari asosida O’zbekiston Respublikasida uning manfaatlarini ifoda etuvchi, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi hududida O’zbekiston Respublikasining ushbu norezidenti nomidan faoliyat ko’rsatuvchi, O’zbekiston Respublikasining shu norezidenti nomidan kontraktlar tuzish vakolatiga ega bo’lgan va undan muntazam foydalanuvchi shaxs orqali faoliyatni amalga oshirishni;

8) O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan va O’zbekiston Respublikasining norezidentiga tegishli bo’lgan, u tomonidan ijaraga olinayotgan yoki boshqacha tarzda foydalanilayotgan omborlardan (shu jumladan bojxona omborlaridan) tovarlarni realizatsiya qilishni;

9) boshqa ishlarni amalga oshirishni, o’zga xizmatlar ko’rsatishni, boshqa faoliyatni olib borishni, ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan faoliyat bundan mustasno.

Yo’llar qurilishi yoki foydali qazilmalarni qidirish kabi muayyan hollarda, ya’ni faoliyat olib boriladigan joy muntazam o’zgarib turadigan hollarda, doimiy joyni belgilashning boshqa mezonlaridan foydalaniladi. Bunday hollarda butun loyiha uning ko’chma xususiyatidan qat’i nazar, doimiy muassasa sifatida qaraladi.




Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish