Soliq nazariyasi” fanidan ma’ruzalar matni


Soliq siyosatini tadbiq etish va zamonaviy bosqichda takomillashtirishda davlatning roli



Download 194,24 Kb.
bet47/103
Sana08.07.2021
Hajmi194,24 Kb.
#112360
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103
Bog'liq
12. Ma'ruzalar matni Soliq nazariyasi

5.Soliq siyosatini tadbiq etish va zamonaviy bosqichda takomillashtirishda davlatning roli.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek Soliqlar davlatning moliyaviy manbai bo’lganligidan soliq siyosatini ishlab chiqish ham davlatning muhim vazifasi bo’lib hisoblanadi. Bu siyosatni ishlab chiqarishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchini, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi. Avvalo, bunday tashkilotlarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va boshqa ilmiy-uslubiy tashkilot kiradi. Soliq siyosati izchil va muvaffaqiyatli ishlab ketishi uchun davlat ilmiy-izlanish tashkilotlari tuzib, uning ish yakunlaridan keng foydalanadi. Ana shunday tashkilot Moliya vazirligi qoshidagi ilmiy tekshirish institutidir.

Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganida mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqish va rivojlanish tarixi chuqur o’rganilishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi, mutaxassislar va jamoatchilik o’rtasida erkin baxslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda hech qachon soha mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib kolmaslik kerak, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari mumkin.

Demak, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi uni to’liq hayotga tatbiq qilishning tashkilotchisi va boshqaruvchilik rolini bajaradi.Davlatning soliq siyosatini faol yuritish – bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tishning va uning munosabatlarini har tomonlama rivojlantirishning muhim omilidir.

Hozirgi davrning soliq siyosati asosi – yurtboshimiz belgilab bergan respublika iqtisodiy rivojlanishning besh tamoyili, ustuvor yo’nalishlaridir. Respublika soliq siyosati ana shu tamoyillardan kelib chiqib, soliq sohasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Soliq siyosatining ikki yo’nalishi mavjud:

1. Korxona va tashkilotlarga nisbatan soliq siyosati. Eng avvalo, korxona va tashkilotlarni bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish.Ularning moliyaviy mustaqilligiga, erkin baxo belgilashlariga to’sqinlik qilmaslik va byudjetga soliq to’lovlari belgilanayotganda faqat demokratik asosda, ya’ni Oliy Majlis tasdiqlab berigan soliqlarni undirishni tashkil etish zarurdir. Xozirgi vaqtda soliqlar bir tomondan korxonalarda taqchil, raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishni ko’paytirishga, ikkinchi tomondan tovar bahosini oshirib sotgan holda mehnatsiz yoki kam mehnat bilan topilgan daromadlarni cheklashga qaratilmog’i zarur.

2. Soliq siyosatida aholining turli xil guruhlariga nisbatan xilma-xil yondoshishdir. Nochor, kam ta’minlanganlarga iloji boricha soliqdan ko’proq imtiyozlar berish va kam kuch ishlatib daromad oluvchi yoki boshqa yengil doromad topuvchilarga nisbatan yuqori progressiyali soliq stavkalarini qo’llashdan iboratdir.

Mustaqillik davrida soliq siyosatiga e’tibor bersak, davlat, birinchidan, soliq tushumlarining umumiy summasida egri soliqlar salmog’ini oshirib bormoqda. Ikkinchidan, butun respublika soliq idoralarini yuqori darajali texnologiya, kompyuter jihozlari bilan ta’minladi. Soliq siyosatini faollashtirish maqsadida quyidagilarga e’tiborini ko’proq qaratish lozim:


  • Soliq sohasida turli davlatlarda yo’l qo’yilgan ba’zi xatolarning takrorlanmasligi uchun soliq tarixini puxta o’rganish ;

  • Soliqqa tortish va uni undirish ishlarining arzonga tushishiga erishish;

  • Soliq ob’ekti aniq, ixcham, to’lovchilarga va soliq idoralari xodimlariga soliqni hisoblash uchun oson va qulay bo’lishi zarur.

Soliqlarning byudjetga to’liq va o’z vaqtida tushishiga qiziqtirish maqsadida byudjetga ko’p, salmoqli soliq to’lovchilarga soliqdan ma’lum qismini qoldirish ham maqsadga muvofiqdir.

Mustaqillik yillarida yangi soliq tizimini tashkil etish ikki bosqichdan iborat bo’ladi.



  1. 1991-1994 yillarda soliq idoralarida ishlab chiqarishning pasayishi soliq bazasini qisqartirish sharoitida o’zlarining asosiy e’tiborlarini soliqlarning xazina funksiyasini bajarishga, ya’ni byudjetni kerakli mablag’lar bilan ta’minlash, respublika davlat byudjeti muvozanatini saqlashga qaratdilar. Bu davrda respublika soliq tizimi soliqlarning ko’p turliligi va soliq stavkalarining yuqoriligi natijasida korxonalar daromadlarining 45 foizigacha byudjetga olib qo’yish bilan ifodalanadi.

Soliqlar korxonalarni kengaytrish va texnika bilan qayta qurollantirishni cheklab, bu sohada soliqlar bo’yicha belgilangan ko’plab imtiyozlar ham ish bermaydi. Shuningdek, bu davrda soliqlar o’zining qiziqtirish va qayta taqsimlash fuksiyasini puxta bajarmadi. Shu davrda korxonalarda soliq yukini kamaytirish, ularni qiziqtirish rolini oshirish talab etildi.
2. 1995-1998 yillardagi chora-tadbirlar quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirildi:

  • Ko’p turli soliqlarni qisqartirish chora-tadbirlar quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirildi. Yer ostidan foydalanganlik uchun olinadigan soliq moddiy, xom ashyo bazasi jamg’armasi to’lovi bilan tushumdan (yalpi daromaddan) 10 va 25 foizli yagona soliq joriy etildi. Xom ashyo resurslarini respublikadan chetga chiqarib sotish solig’i, o’rmon daromadi va byudjetiga 20 foizli amortizatsion ajratma, mahalliy byudjetlarga 3,5 foizli ajratma bekor qilindi. Fuqarolar daromad solig’ining shkalasi o’zgartirildi, progressiv soliq shkalasi joriy etildi hamda ekologiya solig’i mahsulot tannarxidan bir foiz qilib beligilandi.

  • Daromadlardan olinadigan soliq yuki resurslardan va mol-mulkdan olinadigan soliqlarga o’tkazildi. Resurs to’lovlari 1,5 barobarga oshirildi. Ilgari suv haqini sanoat korxonalari va elektr stansiyalar to’lar edi, endi suvdan foydalanadigan hamma sohalar to’laydigan bo’ldi va suv resurslari solig’i deb atala boshlanadi.

  • Respublika tovar ishlab chiqaruvchilarini himoya qilish maqsadida import qilingan alkogol ichimliklari, tamaki mahsulotlariga, avtomobillarga aksiz solig’i va aksiz markalari joriy etildi.

  • Soliq bazasini aniqlash va soliq stavkalari takomillashtirildi. Bir qator ishlab chiqarish sohalarida daromadga solinadigan soliq 1998 yildan boshlab yagona daromadga (foydaga) nisbatan soliqqa o’zgartirildi. Ilgarigi yuqori bo’lgan foydaga soliq stavkasi 31 foiz atrofida belgilandi. Mehnat haqi fondi solig’i fuqarolarning daromad solig’iga o’tkazildi.

  • Qo’shilgan qiymat solig’i roli va byudjetga olish tartibi o’zgartirildi. Soliq stavkasining differensiyasi joriy etildi. Ilgarigi imtiyozlarga qo’shimcha qilib neft mahsulotlari va meniral o’g’itlarni qishloq xo’jaligiga berilsa va eksportga chiqarilsa, tamomila soliqdan ozod etiladigan bo’ldi. Ya’ni nolli stavka qo’llanib, sotib olingan va sotgan mahsulotlar uchun QQS to’lamaydigan bo’lindi.

  • Soliqlar tizimidan alohida sohalarning rivojlantirishda foydalanildi. Bunda qishloq xo’jaligi, xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish, ilmiy-tekshirish ishlarini olib borish, respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, qo’shma korxonalar tuzish, kichik va o’rta ishbilarmonlikni rivojlantirish, mahsulotlarni eksportga chiqarish va import o’rnini bosadigan tovarlar ishlab chiqarish manfaatdorligini oshirish, aholini ijtimoiy himoya qilish, bazaviy sohalar va ustuvor loyihalarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari qo’llaniladi.

Demak, respublikada soliq siyosatini takomillashtirish, yangi soliq tizimini joriy etish bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladiki, bu respublikani iqtisodiy inqirozdan olib chiqadi va xalq xo’jaligini barqarorlashtirishning muhim omili bo’lib xizmat qiladi, (oborot solig’i, sotish solig’i) bekor qilinib, yangi soliqlar (QQS, aksiz va boshqalar) vujudga keldi.

Soliq mexanizimiga o’zgarishlar kiritilib, takomillashtirib boriladi.



Download 194,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish