5. Soliq ma’murchiligini tashkil etishda mavjud muammolar va uni
bartaraf etish yo’llari
Mamlakatimiz soliq qonunchiligida amalga oshirilayotgan islohotlarni, soliq
to’lovchilarga soliqlarni hisoblash va to’lash bo’yicha ratilayotgan qulaylik va
imkonitlarni targ‘ibot qilishni tahlil qilar ekanmiz, mazkur targ‘ibotning og‘izaki,
yozma yoki ommaviy axborot vositalari orqali yetkazilishi yetarlicha samara
bermayotganligini kuzatish mumkin.
Shu
sababli, soliq qonunchiligini targ‘ibot qilishning qonuniy
mexanizmlarini kuchaytirish lozim bo’ladi.
Xususan, muhtaram Prezidentimiz tomonidan Soliq tizimiga alohida e’tibor
qaratilmoqda “2018 yilda soliq siyosatini amalga oshirishda keskin chora-
tadbirlardan voz kechamiz. Chunki islohotlar davrida davlat tizimining uzluksiz
faolit ko’rsatishi uchun byudjet barqarorligi suv bilan havodek zarur...eng muhimi
soliq tizimi uzoq muddat davomida aniq va tushunarli bo’lishi kerak, soliq tizimida
puxta o’ylangan uzoq muddatga mo’ljallangan siyosatni amalga oshirish lozim”
23
deb takidlab o’tgan edilar o’z ma’ruzalarida. Shunga ko’ra soliq ma’murchiligida
uchraydigan muammolarni ko’radigan bo’lsak:
Soliq
organlari
faolitiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologilarini joriy qilish holati soliq ma’murchiligining shaffofligini, soliq solish
masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat
samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini
ta’minlanmayapti.
Soliq to’lovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlarining ularga
to’g‘ridan-to’g‘ri
muloqotsiz xizmat ko’rsatishni ta’minlaydigan «soliq
to’lovchining shaxsiy kabineti»dan foydalanish manfaatdorligini oshirish bo’yicha
faol ish tashkil etilmagan;
Soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish ob’ektlarini
to’liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va
23
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisiga yo’llagan murojaatnomasi
34
boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida yig‘ish uchun mavjud resurslarni safarbar
qilish imkonini bermapti;
Soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish
tendensilarini tahlil qilish, soliq siyosatining o’rta muddatli va istiqbolli
yo’nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish,
shuningdek byudjetga soliq tushumlarini ishonchli prognozlashtirish faoliyatini
takomillashtirishni talab qilmoqda;
Soliq nazoratini tashkil qilish mexanizmlarining mukammal emasligi,
shu jumladan soliq tekshiruvi ob’ektlarining zarur tahlilsiz belgilanishi soliqqa oid
huquqbuzarliklarni aniqlash va ularni barvaqt profilaktika qilish samaradorligini
pasaytirmoqda;
Soliq nizolarini sudgacha hal etish- soliq apellsisi instituti
imkonitlaridan etarli darajada foydalanilmayotganligi soliq to’lovchilarning sud
organlariga murojaatlari ko’payishiga olib kelmoqda;
Soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga
ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsi qilinmaganligi, soliq qonunchiligining
o’zgaruvchanligi soliq to’lovchilar tomonidan o’z soliq majburitlarini to’liq
bajarish imkonini bermyapti;
Soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar to’liqligini
ta’minlash faoliti ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq
solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va soliq
to’lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti;
Soliq to’lovchilarning soliqlarni to’lash bo’yicha o’z konstitutsiviy
burchini ixtiyoriy bajarishini ta’minlashga qaratilgan huquqiy madanitini oshirish
yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni takomillashtirish talab
etiladi;
Bozorlar va savdo komplekslari faoliti ustidan samarali soliq nazorati
o’rnatilmaganligi mahalliy byudjetlarni to’ldirish uchun mavjud rezervlarni to’liq
safarbar qilish, shuningdek naqd pul mablag‘larining kafolatli qaytishini
ta’minlanmayapti;
35
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni yig‘ish ko’rsatkichlarini yaxishilash,
korrupsiya ko’rinishlarini profilaktika qilish, shuningdek soliq organlarida xizmat
qilishga halol va yuqori malakali kadrlarni jalb etish maqsadida davlat soliq
xizmati organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish mexanizmlarini
takomillashtirish talab etiladi
.
24
Quyidagi muammolardan kelib chiqib hozirda tegishlicha choralar
ko’rilmoqda xususan Prezidentimizning 5116-sonli farmonlariga asosan soliq
ma’murchiligini takomillashtirishning muhim yo’nalishlari belgilab berildi
Unga ko’ra:
Soliq ma’murichiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologilari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish, soliq
to’lovchilarga, eng avvalo, tadbirkorlik sub’ektlariga to’g‘ridan-to’g‘ri muloqotsiz
elektron xizmat ko’rsatishga to’liq o’tish;
Soliq solish ob’ektlari va soliq solinadigan bazaning o’z vaqtida
hamda ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, vakolatli organlar va tashkilotlar
mansabdor shaxslarining soliq solish masalalari bilan bog‘liq bo’lgan ishonchli
axborotni o’z muddatida taqdim etish bo’yicha mas’uliyatini kuchaytirish;
Soliq majburiyatlarini bajarishda soliq to’lovchilarga har tomonlama
ko’maklashish, soliqqa oid huquqbuzarliklar profilaktikasining ta’sirchan
mexanizmlarini ishlab chiqish va soliq to’lovchilarning huquqiy madaniyatini
oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish;
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi va hududlarning soliq
salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali soliq solish ob’ektlarini to’liq qamrab olishni
ta’minlash va soliq solinadigan bazani kengaytirish bo’yicha samarali chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
Faoliyat ko’rsatmayotgan korxonalarning faoliyatini tiklashga har
tomonlama ko’maklashish, past rentabelli va zarar ko’rib ishlayotgan
korxonalarning moliviy ahvolini sog‘lomlashtirish, o’zaro hisob-kitoblar
24
O’zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyevning “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish,
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g‘risida
”
gi 30.03.2018 dagi
5116- sonli farmoni.
36
mexanizmlarini mustahkamlash, soliq qarzi oshishiga yo’l qo’ymaslik orqali soliq
solinadigan bazani kengaytirish;
Soliq solish masalalarida, shu jumladan respublika va mahalliy
byudjetlar daromadlarini oshirishning qo’shimcha zaxiralarini aniqlash orqali
moliya organlari, manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek mahalliy davlat
hokimiyati organlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish;
Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, soliq organlarini ma’naviy-
axloqiy jihatdan yuqori malakali xodimlar bilan to’ldirish bo’yicha tizimli ishlarni
amalga oshirish, shuningdek xodimlar o’rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini
ta’minlash va ular uchun xizmatni o’tashning munosib shart-sharoitlarini ratish
Soliq mamurchiligi samaradorligini va soliq organlarining soliq qarzlarini
tartibga solish va undirish yuzasidan ishlari sifatini oshirish - soliq og‘irligini
oshirmasdan byudjet daromadlarini ko’paytirishning muxim omili sifatida
qaralayotir. Shu munosabat bilan soliq qarzlarini tartibga solish masalalari o’z
echimini bir tomondan, soliq organlarining nazorat va servis funksilari, boshqa
tomondan esa, xo’jalik sub’ektlari ijtimoiy-iqtisodiy funksilari balansini
ta’minlashga qaratilgan kompleks yondoshuvda topishi mumkin.
Xo’jalik sub’ektlarining soliqdan qarzlarining mavjudligi O’zbekiston
Respublikasi byudjet tizimi va uning xududlari moliviy imkoniyatlarini cheklovchi
muhim omillardan biri sifatida izohlanishi mumkin.
Hozirgi sharoitda soliq organlari oldiga soliq qarzlarining o’sishiga yo’l
qo’ymaslik va uni undirish va tartibga solishning turli samarali usullarini qidirib
topish vazifasi qo’yilgan.
Qonun bilan amaldagi Soliq Kodeksining 15 ta moddasiga o’zgartirish va
qo’shimchalar qilindi hamda unga 7 ta yangi modda kiritildi. Xususan, Kodeks
halol soliq to’lovchilarga soliq solishga doir joriy masalalarni hal qilishda har
tomonlama ko’mak berish orqali ular va soliq organlari o’rtasida kengaytirilgan
axborot almashinuvini nazarda tutadigan soliq monitoringi joriy etilishini belgilab
beruvchi yangi “Soliq monitoringi” bobi bilan to’ldirildi. Natijada, soliq
to’lovchilar tomonidan soliq majburiyatlarini bajarishda yo’l qo’yilishi mumkin
37
bo’lgan xato va kamchiliklarning oldini olish, soliq mamurchiligi bilan bog‘liq
munozarali masalalarni tezda hal qilish, pen va jarimalar yozilishi natijasida
moliviy ahvolning yomonlashuviga olib keladigan vazitlarni bartaraf etish
imkoniyati yaratildi.
Ushbu tadbirlarga qaramay soliq qonunchiligi va amaliyotida hal qilinishi
lozim
bo’lgan
nazariy-uslubiy
muammolarning
mavjudligi
O’zbekiston
Respublikasi soliq tizimini isloh qilish zarurligini ko’rsatmoqda. Xususan quyidagi
9-rasmda ko’rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |