Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati



Download 323,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/16
Sana20.06.2023
Hajmi323,02 Kb.
#952336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
1. Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati

1.
 
Soliq ma’murchiligi tushunchasi va uni ahamiyati 
Jahon iqtisodiy rivojlanishida soliq sohasida turli xil fikrlar mavjud bo’lishi 
bilan birga, soliq ma’murchiligini xususida, uni talqin etish xususida ham turli xil 
fikrlar mavjud. Iqtisodiy adabiyotda soliq ma’murchiligining mohiyatini anglash 
bo’yicha bir-biridan farqlanuvchi qarashlar mavjud.Masalan, ingliz olimasi 
O.Noginaning fikriga ko’ra, “soliq ma’murchiligi soliqlarni undirish bilan bog‘liq 
bo’lgan tadbirlar majmuidir” 
3
deb takidlab o’tgan.Boshqa bir guruh iqtisodchilar, 
xususan amerikalik olim A.Teyt soliq ma’murchiligini barcha soliqlarni minimal 
xarajat qilib maksimal darajada yig‘ib olishga qaratilgan tadbirlarning yig‘indisi 
sifatidaqaraydilar.Ayrim mutaxassislar soliq ma’murchiligining ko’rinishlaridan 
biri soliq organlarining huquqiy munosabatlari bilan bog‘liq faoliyatidir deb 
hisoblaydilar.Umuman olganda soliq ma’murchiligini soliq sferasida o’ziga xos 
boshqarish mexanizmi sifatida ham qarash mumkin. Shu sababli, soliq 
ma’murchiligining muhim elementlaridan biri soliq nazorati hisoblanadi. O’z 
navbatida soliq nazorati soliqlar va yig‘imlarni byudjetga o’z vaqtida va to’liq 
tushishini nazorat qilishni anglatadi. 
Soliqlarning byudjetga o’z vaqtida tushib turishini ta’minlashning mohiyatini 
aniqlashda, eng avvalo, tayanch nuqtani aniqlab olish muhim. Ana shunday 
tayanch nuqta sifatida soliqlarning mavjudligi va ularning undirilish zarurligi 
xizmat qilishi mumkin. Davlatning o’z funksiyalarini o’z vaqtida muvaffaqiyatli 
bajarilishini ta’minlash maqsadida soliqlarning mavjud bo’lishi va ularning o’z 
vaqtida hamda to’liq miqdorda (belgilangan tasdiq etilgan muddatlarda) 
undirilishini taqazo etadi. Shunga mos ravishda bu narsa o’z vaqtida undirilgan 
soliqlarningboshqa bir tomondan, o’z egasiga (davlatning ixtiyoriga) o’z vaqtida 
(belgilangan va tasdiqlangan muddatlarda) o’tkazilishi lozimligini anglatadi. 
Shuning uchun ham soliqlarni undirilishning zarurligi, soliqlarning o’z vaqtida 
3
O.A.Nogina “Nalogoviy kontrol’: voprosi teorii 2002 g



belgilangan summalarda undirilishi, soliq summalarining o’z vaqtida byudjet 
ixtiyoriga o’tkazilishi bilan bog‘liq bo’lgan jarayonlarni alohida-alohida emas 
balki, bir-biri bilan uzviy bog‘liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozim. 
Soliqlarning o’z vaqtida byudjetga tushib turishini ta’minlashning mohiyati 
xar bir mamlakatning asosiy qonuni bo’lgan Konstitutsiyada maxsus alohida 
belgilanganligi va bu narsa “Mamlakat fuqorolari qonun bilan belgilangan soliqlar 
va mahalliy yig‘imlarni to’lashga majburdirlar”
4
shaklda ifodalanganligi bilan 
belgilanadi. 
Soliq tizimining eng asosiy vazifalaridan biri, soliq majburiyatiga ega bo’lgan 
barcha soliq to’lovchilardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning davlat 
byudjetiga to’liq va o’z vaqtida to’lanishini ta’minlash bo’lib, mazkur vazifani 
to’liq bajarilishi mamlakatda joriy etilgan soliq ma’murchiligi hamda uning 
ta’sirchanligiga ko’p jihatdan bog‘liqdir. 
Soliq ma’murchiligi xususida so’z yuritishdan avval soliq nazariyasi va 
soliqqa tortish prinsiplariga alohida to’xtalish lozim. Chunki, soliq ma’murchiligi 
soliq siyosatining tarkibiy qismi bo’lib, u ana shu nazariya va prinsiplar asosida 
shakllanadi. 
Soliqlar har qanday davlatning qaror topishi va amal qilishining ob’ektiv 
zaruriyati bo’lib hisoblanadi. Ushbu ob’ektiv zaruriyat uning mohiyatini belgilab 
beradi. Soliqlarni ta’riflashdagi fikrlarda dunyo va shu jumladan, mamlakatimiz 
olimlarida ham umumiylik va xususiylik qarashlari mavjud bo’lib jamiyat 
rivojlanib taraqqiy etib borgan sari ushbu qarashlar ham takomillashib bormoqda. 
Demak, “soliqlar davlatning mavjud bo’lishi uchun zaruriyat bo’lib, davlat va 
mahalliy hokimiyat tuzilmalarini moliyaviy ta’minlash, shuningdek, davlat 
zimmasiga olgan vazifalarni bajarish maqsadida o’rnatilgan stavkalarda majburiy 
tarzda undiriladigan hamda uni to’lovchilarga yakka tartibdagi ekvivalent huquqni 
bermaydigan to’lovlar hisoblanadi
5

3
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O’zbekiston»,2003 . – 51-modda 
4
ToshmatovSH.A./Korxonalarni rivojlantirishda soliqlar roli./Monografiya.–Toshkent, Fan va texnologiya. - 2008. 
79 b. 



Soliq siyosati hayotiyligi negizida uning barqaror (samarali, natijali)ligi 
yotadi. O’z navbatida, uning hayotiylik darajasi bunday siyosatning negizini 
tashkil etuvchi soliq tizimi va soliqqa tortish prinsiplariga borib taqaladi. Shu bois 
dastlab soliq tizimining (soliqqa tortishning) asosiy prinsiplari to’g‘risida to’xtalib 
o’tishni maqsadga muvofiq deb topdik. 
Soliqlar to’g‘risidagi ta’limotga o’zining ulkan hissasini qo’shgan ingliz 
iqtisodchisi A.Smit soliq undirishda rioya qilinishi kerak bo’lgan to’rtta asosiy 
qoida haqida batafsil to’xtalib o’tgan va bu ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda 
A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan soliqqa tortish prinsiplari deb nom olgan.
6
Ushbu qoidalar: 

Davlatning barcha fuqarolari hukumatni saqlab turishda o’zlarining to’lov 
qobiliyatlariga, ya’ni davlatning qanoti ostida egalik qiladigan daromadlariga mos 
ravishda hamkorlik qilishlari kerak. Bu qoidaga amal qilish yoki amal qilmaslik 
soliqlarni taqsimlashda tenglik yoki tengsizlikka olib keladi. 

Har bir shaxs to’lashi majbur bo’lgan soliq aniq belgilangan bo’lishi kerak, 
ixtiyoriy ravishda o’zgartirilmasligi lozim. To’lov muddati, to’lov usuli va to’lov 
miqdori - bularning hammasi soliq to’lovchi uchun ham va chetdagi har qanday 
boshqa kishilar uchun ham oldindan belgilangan va aniq bo’lishi kerak. 

Har qanday soliq uni to’lovchilari uchun qulay vaqtda va usulda yig‘ilishi 
kerak. Agar er rentasi yoki xonadonni ijarasi uchun soliqni undirish er yoki 
xonadon egasi oladigan vaqtga to’g‘ri kelsa, unga soliqni to’lash bu vaqtda qulay, 
ya’ni bu vaqtda u to’lash uchun mablag‘ga ega bo’ladi. 

Har qanday soliq uni to’lovchilari qo’lidan chiqib, davlat g‘aznasiga borib 
etgunga qadar eng kam xarajatlik bo’lishi kerak. 
Har bir davlatning soliq siyosatning asosiy negizini tashkil etuvchi soliq 
tizimi, davlatning shakllanishi, qaror topishi va amal qilishi uchun ob’ektiv zarurat 
bo’lgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to’lovlar majmuasidan iborat 
bo’lib, davlat ularni joriy etishda bevosita yuqorida qayd etib o’tilgan prinsiplarga 
tayanadi. 
5
A.Smit. “Isledovanie o prirode i prichinax bogatstva narodov”.(Moskva 1962 yil 408-str)




Download 323,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish