Soliq mexanizmi va uning tarkibiy tuzilishi.
Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini
tashkil etishning shakllari, turlari, usullari «soliq mexanizmi konstruktsiyasini»
tashkil etadi. Ushbu «konstruktsiya» tarkibiy qismlarining har biriga miqdor
jihatdan o’lchov birliklari o’rnatish yo’li bilan harakatga keltiriladi. Boshqacha
qilib aytganda, soliq mexanizmi konstruktsiyasi, soliq ob’ekti va sub’ekti, soliq stavkasi va undirib olish muddati, soliq bo’yicha imtiyozlar berish hamda jarimalar
solish va boshqalarni aniqlash yuli bilan harakatga keltiriladi.
Soliqlarning ichki mohiyati harakat qilish qonuniyatlari va qarama-
qarshiliklarni e’tiborga olish, mustaqil davlatimiz uchun soliq mexanizmidan
samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega. Soliqlar va ularning funktsiyalarini
bir tomondan, soliq siyosati va soliq mexanizmini, ikkinchi tomondan ajratib
o’rganish soliqlarni ob’ektivligini hamda soliqlar buyicha davlat faoliyatining
sub’ektivligini tushunish imkoniyatini beradi.
Soliq mexanizmi o’z mohiyatiga ko’ra davlatning ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘lariga bo’lgan ehtiyojini qondirishga
mo’ljallangan markazlashgan va markazlashmagan pul mablag‘lari fondlarini
tashkil etish bilan bog‘liq ob’ektiv pul munosabatlari jarayonini aks ettiradi.
Soliq mexanizmining ichki mohiyati, uning tarkibi va tuzilishi bevosita
soliqlarning mazmuni, tarkibi va tuzilishi (elementlari) dan kelib chiqadi.
Soliq mexanizmi - davlat tomonidan soliq munosabatlarini tashkil etish uchun
qo’llaniladigan (huquqiy baza asosida) soliqqa tortish jarayonining elementlari va
ularni boshqarishning yig‘indisini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda soliq
mexanizmi - bu soliq munosabatlarini tashkil qilish usullari yig‘indisi bo’lib, u
iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishda qulay shart-sharoitlar ta’minlash uchun davlat
tomonidan qo’llaniladi.
Davlat soliq munosabatlarini tashkil etishning usullarini o’rnatar ekan, ularga
mos qonunlar yaratadi va kuchga kiritadi. Davlat soliq qo’mitasi amaldagi soliq
qonunchiligi asosida hamda o’zining vakolat doirasida har bir soliq turlari bo’yicha
yo’riqnomalar ishlab chiqadi. Shunday ekan davlat soliq mexanizmiga soliq
qonunchiligi yordamida huquqiy shakl beradi va uni boshqarib turadi.
Soliq mexanizmining huquqiy asoslari O’zbekiston Respublikasining «Davlat
soliq xizmati to’g‘risida» gi qonuni, Prezident Farmonlari, Vazirlar
Mahkamasining Qarorlari va boshqa soliqqa oid me’yoriy hujjatlardan iborat
bo’lib, u umummilliy va davlat manfaatlarini aks ettiradi.
Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari birgalikda soliq munosabatlarini
tashkil etishning shakllari, turlari, usullarini tashkil etadi. Soliq mexanizmi soliq
tizimining amaliyotga tatbiq etilishini ifodalaydi. Undan foydalanish soliq
elementlari yig‘indisidan foydalanish uchun ishlab chiqilgan.
Soliq mexanizmining tarkibiy qismlari uzoq yillar harakat qilsa (masalan,
soliqlarning turlari), uning elementlari (masalan, stavka, imtiyoz) tez-tez
o’zgartiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |