- “Soliq_hamkor” axborot tizimidan foydalanish hamda mobil ilovada xarid chekini
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun so‘ralayotgan shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘liq va to‘g‘ri taqdim
etishi;
- bank plastik kartasi
hisob raqamini taqdim etish;
- elektron hujjatlarni, foto va video maʼlumotlarni belgilangan tartibda saqlanishini
taʼminlash;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, shuningdek ushbu oferta
shartlariga amal qilish.
4.4. Xabar beruvchi va xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jismoniy shaxs
ofertani qabul qilganda, DSQ quyidagi huquqlarga ega:
4.4.1. Texnik, tashkiliy, yuridik yoki boshqa sabablarga ko‘ra, tushuntirishlarsiz xizmat
ko‘rsatishni rad qilish;
4.4.2. Kelib tushgan hujjatlarda zararli dasturlar, viruslar va boshqa taʼqiqlangan
maʼlumotlar
mavjud emasligini tekshirish;
4.4.3. Jismoniy shaxslarning tizim servislariga kiruvchi internet manzillarini saqlab borish,
foydalanuvchilarni identifikatsiyalash uchun tizimga kiruvchi brauzer va boshqa platformalardagi
(cookies) sessiyaviy maʼlumotlarni saqlab qo‘yish;
4.4.4. “Soliq_hamkor” axborot tizimini uzluksiz ishlashini taʼminlash uchun boshqa har
qanday himoya choralarini ko‘rish;
4.4.5. Agar jismoniy shaxs ushbu oferta bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki lozim
darajada bajarmaganda, jismoniy shaxsni oldindan xabardor qilib, uni to‘xtatilish
sabablarini
bartaraf qilgunga qadar ushbu shartnomani amal qilishini to‘liq yoki qisman to‘xtatish;
4.4.6. “Soliq_hamkor” axborot tizimiga kirish yopilgan vaqt DSQ tomonidan ushbu
ofertani bekor qilish va xizmat ko‘rsatishni tugatish vaqti deb hisoblanadi.
4.5. Oferta jismoniy shaxs yoki xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan jismoniy
shaxs tomonidan qabul qilingandan keyin, DSQ quyidagilarga majbur:
- qonun hujjatlariga asosan elektron va yozma hujjatlarni saqlanishini taʼminlash, agarda
jismoniy shaxs tomonidan DSQning ushbu xizmati tanlangan bo‘lsa;
- “Soliq_hamkor” axborot tizimi uzluksiz va kechayu-kunduz ishlashini taʼminlash,
xatolarni to‘g‘rilash va profilaktika uchun zarur uzilishlar bundan mustasno;
- Jismoniy shaxsga o‘tkazilgan soliq nazorati tadbirlari yakuni bo‘yicha 1(bir) ish kunida
xabarni elektron shaklda yoki SMS xabar yuborish. Jismoniy shaxs xabarlarni qabul qiladi.
Belgilangan muddat o‘tganidan so‘ng, yaʼni nazorat tadbiri natijalariga ko‘ra berilgan xabarning
tasdiqlanganligi bo‘yicha bayonnoma yoki sud qarori taqdim etilgach,
moliyaviy jarima summasi
undirilgandan so‘ng 5(besh) kalendar kun ichida undirilgan summadan hamda xarid chekini
ro‘yxatdan o‘tkazgan oydan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ofertada ko‘rsatilgan
rag‘batlantirish summasini jismoniy shaxs tomonidan taqdim etilgan bank plastik kartasi hisob
raqamiga pul ko‘chirish yo‘li bilan to‘lab berishi lozim.
4.6. DSQ rag‘batlantirish summasini to‘lab berganligi to‘g‘risidagi xabar orqali jismoniy
shaxsni ogohlantirishi shart. Rag‘batlantirish summasi to‘lab berilganligi to‘g‘risidagi xabar
yuborilgan vaqtdan boshlab, ushbu oferta bo‘yicha shartlar
DSQ tomonidan bajarilgan
hisoblanadi.
Nazorat tadbiri natijalariga ko‘ra berilgan xabardagi soliq huquqbuzilishi tasdiqlanmagan
taqdirda, DSQ jismoniy shaxsni ogohlantirishi shart. Bu o‘z o‘rnida jismoniy shaxsga
rag‘batlantirish summasini olmasligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: