10
Dasturiy mahsulda shakllangan axborotlar oyma-oy o„sib boruvchi
tartibda jamlanib, qo„yidagi ma‟lumotlarga ega bo„lish imkoniyati
yaratiladi:
olingan tovarlarga rasmiylashtirilgan dalolatnoma (sanasi, ro„yxatga
olingan raqami) va undagi ma‟lumotlar;
olingan tovarlarni tegishli idoralarda o„z vaqtida baholanganligi va
ekspertizadan o„tkazilib, natijasi to„g„risidagi
xulosalar;
mol-mulklarni davlat daromadiga o„tkazish uchun hujjatlarni sudga
taqdim etilganligi haqida;
yirik miqdorda olingan yoki jinoyat alomati mavjud bo„lgan tovarlar
to„g„risidagi ma‟lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga
yuborilganligi haqida;
DSI tomonidan tovarlarning egasiga
qaytarilishi, sudga
berilishi haqida;
sud idoralari tomonidan tovar moddiy boyliklarni egasiga qaytarilishi,
yo„q qilinishi va davlat daromadiga o„tkazilishi haqida;
sud ijrochilari bo„linmalaridan olingan hisobotlar asosida organlar
bo„yicha tovarlarning sotilishidan tushgan mablag„larning taqsimlanishi,
sotilmasdan turgan tovar moddiy boyliklar to„g„risida;
sud ijrochilari bo„linmalaridan olingan hisobotlar asosida vakolatli
organlar tomonidan davlat organlariga tekinga berilgan tovar moddiy
boyliklari to„g„risida;
tuman va shahar DSIlari bo„yicha taqdim etgan hisobotlarni o„tgan
davrlar (oylik, choraklik, 6 oylik, 9 oylik va yillik) bilan taqqoslash
haqida;
har bir organ bo„yicha savdo tashkiloti tomonidan qabul qilingan mol-
mulkka talab bo„lmaganda va 30 kun mobaynida belgilangan narxda
sotilmaganda, mol-mulklar qiymatining kamayishi haqida tahliliy
ma‟lumotlarga ega bo„linadi.
«Davlat daromadiga o„tkaziladigan mol-mulklar hisobini yuritish»
dasturiy mahsuli yordamida shakllantiriladigan ma‟lumotlar.
Dasturiy mahsulda jamlangan ma‟lumotlar asosida
belgilanadigan
chora-tadbirlar.
Jamlangan ma‟lumotlar asosida solishtirma, tahlil va nazorat qilish
hamda natijalari bo„yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilanadi:
jami vakolatli organlar tomonidan olingan tovar moddiy boyliklar
to„g„risidagi ma‟lumotlarni olib, tumanlar kesimida
tahlil qilish;
jami olingan tovar moddiy boyliklarni turlari bo„yicha hisobotning
o„tgan davri bilan tahlil (o„tgan oyga yoki chorakka nisbatan) qilish;
11
soliq xizmati organlari tomonidan olingan tovar-moddiy boyliklarning
o„tgan davr bilan tahlili (o„tgan oyga va chorakkga nisbatan) viloyatlar
ko„rinishida tahlil qilish;
vakolatli organlar bo„yicha olingan ma‟lumotlarni o„tgan davr bilan
tahlil (o„tgan oyga yoki chorakka nisbatan) qilish;
olib qo„yilgan mol-mulklarni o„z vaqtida baholanganligini, ekspertizadan
o„tkazilganligini va tovarlar hujjatlarini sud idoralariga taqdim
etilganligini
nazorat qilish;
1.3.1-rasm. Dasturiy mahsulning harakat mexanizmi
davlat daromadiga o„tkazilgan tovar moddiy boyliklarining o„z vaqtida
sotilishini
va
sotuvdan
tushgan
mablag„larning
tegishliligicha
taqsimlanishini nazorat qilish;
davlat soliq inspeksiyalari tomonidan noqonuniy sotilayotgan tovar-
moddiy boyliklarning kam olinayotganligini tahlil qilib, tegishli choralar
belgilash;