Soliq akademiyasi


«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli



Download 3,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/99
Sana31.12.2021
Hajmi3,22 Mb.
#248537
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
Bog'liq
soliq inspektorining avtomatlashtirilgan ish joyi - jismoniy shaxslar

1.4.«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash» dasturiy mahsuli 
 
«Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash»  dasturiy mahsuli davlat soliq 
inspeksiyalarida  jismoniy  shaxslarning      asosiy  va  asosiy  bo„lmagan  ish 
joylaridan  olgan  daromadlari  haqidagi  ma‟lumotlarni  kompyuter  bazasiga 
kiritish,  qayta  ishlash  natijasida  hosil  bo„lgan  natijalarni  ShHVlarga 
o„tkazish,  jismoniy  shaxslarning  jami  yillik  daromadlari  to„g„risidagi      
deklaratsiya  blankalarini,  shuningdek  barcha  zaruriy  hujjatlarni  chop  etish 
uchun mo„ljallangan. 
DSIlarda  jismoniy  shaxslarning  jami  yillik  daromadlari  haqidagi        
ma‟lumotlar  dastur  yordamida  kompyuter  bazasiga  kiritiladi  va  Soliq 
deklaratsiyalarini  qayta  ishlash  markaziga  yuboriladi.  Ushbu  yuborilgan 
ma‟lumotlar  avtomatik  ravishda  saralanib,  jismoniy  shaxslarning  yashash 
manziliga qarab tegishli DSIlarga yetkazib beriladi. 
 Soliq  deklaratsiyasini  qabul  qilish,  dasturiy  mahsulga  kiritish  va 
qayta  ishlash  bo„yicha  xizmatlar  Davlat  soliq  qo„mitasining  rasmiy  web 
portali orqali quyidagi ko„rinishda amalga oshiriladi. 
 Davlat 
soliq 
qo„mitasining 
rasmiy 
web 
portalida 
soliq 
to„lovchilariga  tasdiqlangan  shakllardagi  soliq  deklaratsiyalarini  elektron 
ko„rinishda  shakllantirishda  quyidagi  ma‟lumotlar  ko„rsatilishi  lozimligi 
ko„zda tutilgan: 
soliq  to„lovchining  familiyasi,  ismi,  otasining  ismi,  tug„ilgan  yili, 
jinsi, fuqaroligi, doimiy yashash joyi manzili; 
soliq to„lovchining identifikatsiya raqami; 
soliq solinishi lozim bo„lgan daromadlar turlarga ajratib ko„rsatilgan 
holda  olingan  jami  yillik  daromad  (bir  martalik  operatsiyalardan  hamda 
mol-mulkni  ijaraga  berishdan  olinadigan  daromadlarni  deklaratsiya  qilish 
uchun  faqat  ushbu  operatsiyalarning  o„zidan  olinishi  mo„ljallanayotgan 
daromad aks ettiriladi); 
daromadlarning manbalari; 
daromad  olish  bilan  bog„liq xarajatlar,  majburiy  to„lovlar,  chiqimlar 
va ajratmalarning summalari
jismoniy  shaxslarning  daromadlaridan  olinadigan  soliq  bo„yicha 
imtiyozlar; 
hisoblab chiqarilgan soliq summasi; 
haqiqatda to„langan soliq summasi. 
Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to„g„risidagi deklaratsiyada 
jismoniy  shaxslarning  jami  yillik  daromadini  deklaratsiya  qilish  bilan 
bog„liq boshqa ma‟lumotlar ham ko„rsatilgan. 


 
14 
 Dasturiy 
mahsuldagi 
soliq 
deklaratsiyalarining 
himoyasini 
ta‟minlash maqsadida kriptografiya himoya vositalari qo„llaniladi.  
Soliq  deklaratsiyasining  dasturiy  mahsulga  kiritilgan  vaqti,  Davlat 
soliq  qo„mitasining  dasturiy-apparat  vositalari  mazkur  ma‟lumot  dasturiy 
mahsulga  kiritilgan  sana  va  vaqtni  ko„rsatgan  holda  avtomatik  tarzda 
tasdiqlanishini ta‟minlaydi. 
 Soliq  deklaratsiyalarini  dasturiy  mahsulga  kirituvchi  mas‟ul 
xodimlar  soliq  to„lovchilardan  qabul  qilingan  ma‟lumotda  ma‟lumotlar 
to„liqligini; ma‟lumotning barcha majburiy rekvizitlari (soliq to„lovchining 
identifikatsiya  raqamlari,  yuridik  manzili,  sanalar  va  shu  kabilarni) 
to„ldirilganligini;  ma‟lumotdagi  shakllarda  nazarda  tutilgan  barcha 
ko„rsatkichlarni  to„ldirishini,  agarda  mavjud  bo„lmagan  holda  bu  modda 
(qator, ustun chizib ("x" belgi bilan) qo„yilganligini tekshiradilar. 
 Ma‟lumotga  doir  e‟tirozlar  bo„lmagan  dastur  orqali  hisobot  kuniga 
hisoblangan soliq to„lovlari summalari ko„rsatkichlari yozuvlarini shaxsiy 
kartochkalariga  o„tkazish  va  budjet  bilan  o„zaro  hisob-kitoblarga  ko„ra 
operativ taqqoslanishni amalga oshirish uchun Soliqlar va boshqa majburiy 
to„lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish va  ma‟lumotlar bazasiga 
xizmat ko„rsatish bo„limiga topshiriladi, shundan keyin budjet bilan hisob-
kitoblar  haqidagi  ma‟lumotlar  ko„chirilib,  soliq  summalarining  shaxsiy 
kartochkalariga  o„tkazilganligi  to„g„risidagi  ma‟lumot  kompyuterdan 
chiqarilib,  belgilangan  tartibda  deklaratsiyalarni  qabul  qilish  bo„yicha 
mas‟ul xodimga topshiriladi. 

Download 3,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish