Soliq akademiyasi


Soliqni hisoblab chiqarishva ushlab qolish tartibi



Download 2,31 Mb.
bet11/25
Sana20.03.2017
Hajmi2,31 Mb.
#4929
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25

Soliqni hisoblab chiqarishva ushlab qolish tartibi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo’llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo’yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish ushbu bo’limda belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo’yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo’yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.



Soliq agentlari:

1) soliq davri tugaganidan so’ng o’ttiz kun ichida davlat soliq xizmati organlariga daromadlar olgan jismoniy shaxslar to’g’risida, asosiy ish joyi bo’yicha daromadlar olgan jismoniy shaxslar bundan mustasno, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma taqdim etishi shart, unda quyidagilar aks ettiriladi:

soliq to’lovchining - jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami;

soliq to’lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi manzili;

o’tgan soliq davri yakunlari bo’yicha daromadlarning umumiy summasi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan umumiy summasi;

soliq agentining identifikatsiya raqami;

soliq agentining nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);

2) yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etishi shart.

Rasshifrovkaning barcha ustunlari bo’yicha aniqlangan oy oxiriga qoldiqqatori ma’lumotlari keyingi oy uchun to’ldiriladigan rasshifrovkaning oy boshiga qoldiqqatorida qayd etilgan bo’lishi shart.

Yuqorida to’ldirilishi haqida batafsil keltirilgan har oyda tuziladigan rasshifrovkada ifodalangan ma’lumotlar asosida har chorakda bir marotaba yuridik shaxslar tomonidan «Hisoblangan va haqiqatda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risida»gi ma’lumot to’ldiriladi. Ushbu ma’lumotda yuridik shaxs yozuvlarninning haqqoniyligi va to’g’riligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Soliq kodeksining 187-moddasiga ko’ra, yuridik shaxslar yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kuniga qadar, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliya hisobotini taqdim etish muddatida davlat soliq xizmati organlariga hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi ma’lumotlarni belgilangan shaklda taqdim etishi shart ekanligi belgilangan.

2-chizma


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha hisob-kitobini to’ldirish tartibi

Hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi

M A ‘ L U M O Т L A R

1- ilova.

20__ yil ______ chorak uchun

to’langan daromadlar va o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hamda SHJBPHga badallar summasining

RASSHIFROVKASI

2-ilova.

20__ yil ______ chorak uchun

to’langan dividendlar va foizlar hamda o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasining

RASSHIFROVKASI

3-ilova.

20 ___ yil uchun

jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar

RASSHIFROVKASI

Тo’langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summalari to’g’risida

ma’lumotnoma

(20__ yil uchun

Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxsning daromadlari to’g’risidagi

dastlabki tarzdagi deklaratsiya

20____ yilda

mol-mulkni ijaraga berishdan olinishi taxmin qilinayotgan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi

ilova.

Uy-joyni ijaraga berishdan olinadigan soliq solinadigan daromadlarning hisob-kitobi

Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to’g’risidagi

DEKLARATSIYA

ilova.

20___ yilda uy-joyni ijaraga berishdan olingan soliq solinadigan daromadlarning hisob-kitobi

Soliq kodeksining 188-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga yuridik shaxslar tomonidan pul mablag’larini olish uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda hamda to’lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida o’tkazilishi ko’zda tutilgan.

 Prezidentimizning 2012 yil 16 iyul kuni «Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 4453-sonli Farmoniga asosan 2013 yildan e’tiboran taqdim etish davriyligi quyidagi soliq hisobotlari barcha soliq to’lovchi yuridik shaxslar tomonidan yilda bir marotaba taqdim etilishi belgilandi:

jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar rasshifrovkasi;

jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari rasshifrovkasi.

Soliqni to’lash tartibi:

Тo’lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to’lanadi:

pul mablag’larini olish uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda. Ish haqi bo’yicha oyning birinchi yarmi uchun bo’nak (avans) olish uchun hujjatlar taqdim etilganda soliqni to’lash amalga oshirilmaydi;

to’lov natura holida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to’lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo’lsa.

Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag’ida ish haqini to’lash va bir vaqtning o’zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga o’tkazish uchun mablag’lar yetarli bo’lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bank hisobvarag’idagi qoldiq mablag’larga mutanosib summada byudjetga o’tkaziladi.

Yangi soliq hisoboti shakllariga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha quyidagi hisobot shakllariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi:

- Hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi ma’lumotlar (keyingi o’rinlarda Ma’lumotlar deb yuritiladi);

- Тo’langan daromadlar va ushlab qolingan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summalari to’g’risida ma’lumotnoma;

- Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya.

Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berayotgan jismoniy shaxslarga alohida shakl, ya’ni Jismoniy shaxslarga mol-mulkni ijaraga berishdan olingan jismoniy shaxsning daromadlari to’g’risidagi dastlabki tarzdagi deklaratsiya mavjud.

Hisoblangan va amalda to’langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summalari to’g’risidagi ma’lumotlarga qanday o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilganini ko’rib chiqamiz:

Jismoniy shaxslar soni bo’yicha satrlar soni va mazmuni o’zgardi:

- 004, 005, 006-satrlar chiqarib tashlandi;

- endilikda 002-satrda asosiy ish joyi bo’yicha, 003 satrda esa - asosiy bo’lmagan ish joyi bo’yicha jismoniy shaxslar soni ko’rsatiladi.

Quyidagi satrlar chiqarib tashlandi:

- soliq davri boshiga qarzdorlik summalari ko’rsatilgan satrlar: 007, 008, 009-satrlar, ya’ni 2-bandi to’liq chiqarib tashlandi;

- tegishli ravishda, avvalgi soliq davri uchun daromad to’lash bo’yicha qarzdorlik hisobiga to’langan summalar ko’rsatiladigan satrlar: 018, 019, 020, 022, 024-satrlar chiqarib tashlandi.

004-satrda hisoblangan daromadlarning umumiy summasi aks ettiriladi. Hisobot yili uchun ushbu satr qiymati Ma’lumotlarga 3-ilovaning "Daromadlar summasi" ustuni 01-satri qiymatiga teng bo’lishi lozim.

005-satrda soliq agenti bilan mehnatga oid munosabatlarda bo’lmagan jismoniy shaxsning yozma arizasiga ko’ra jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i ushlab qolinmagan moddiy naf tarzidagi daromadlar aks ettiriladi (SKning 184-moddasi uchinchi qismiga asosan).

006-satrda SKning 179 va 180-moddalariga, shuningdek boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq soliq solishdan ozod qilinadigan daromadlarning umumiy summasi aks ettirildi. Hisobot yili uchun ushbu satr qiymati Ma’lumotlarga 4-ilovaning "Daromadlar summasi" ustuni 01-satri qiymatiga teng bo’lishi lozim.

Ma’lumotlarning 007-satrida soliq solinadigan daromadlarning umumiy summasi (soliq solinadigan baza) aks ettiriladi. Undan quyidagi daromadlar ajratib ko’rsatiladi:

- 008-satr - soliq solish shkalasi bo’yicha soliq solinadigan daromadlar. 2013 yil uchun soliq solish shkalasi quyidagi miqdorlarda belgilangan: EKIHning 5 baravarigacha bo’lgan daromadlardan - 8%, EKIHning 5 baravaridan ortgan va 10 baravaridan ko’p bo’lmagan daromad qismidan - 16%, EKIHning 10 baravaridan ortgan qismidan - 22%;

- 009-satr - dividend va foizlar tarzidagi daromadlar. Mazkur daromadlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 25 dekabrdagi PQ-1887-sonli qaroriga muvofiq 10% stavka bilan soliqqa tortiladi;

- 010-satr - Soliq kodeksining 181-moddasiga muvofiq JSHDSning eng kam stavkasi (8%) bo’yicha soliq solinadigan daromadlar (mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan ko’chmas mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar va boshqalar);

- 011-satr - jismoniy shaxsning arizasiga asosan JSHDSning eng yuqori stavkasi (22%) bo’yicha soliq solinadigan daromadlar.

O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga JSHDSning boshqa stavkalari (SKning 182-moddasiga muvofiq 6% yoki 20%li) bo’yicha soliq solinadigan daromadlar to’langanda 007-satr qiymati 008-011-satrlar yig’indisiga teng bo’lmasligiga e’tibor bering.

Хuddi shunday tarzda 012 "Byudjetga hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining umumiy summasi" - satri bo’lingan bo’lib, ularda, tegishlicha, 008, 009, 010 va 011-satrlarda ko’rsatilgan daromadlar bo’yicha byudjetga hisoblangan JSHDS summalari ko’rsatiladi. 012-satr qiymati 1-ilova 5-ustunining "Yil boshidan jami" satri + 014-satr qiymatlariga teng bo’lishi kerak. 012-016-satrlarda SHJBPHga badallar chegirilgan holda hisoblangan JSHDS summasi ko’rsatiladi. shuningdek, 014-satr qiymati ham 2-ilova 3-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatiga teng bo’lishi lozim.

017-satrda SHJBPHga hisoblangan badallarning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 4-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatiga teng bo’lishi kerak.

018-satr qiymati formula bo’yicha aniqlanadi (004-satr - 012-satr - 017-satr -fuqarolarning sug’urta badallari hisoblangan summasi).

019-satrda jismoniy shaxslarga to’langan daromadlarning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 6-ustunining "Yil boshidan jami" satri + 2-ilova 5-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatlariga teng bo’lishi lozim.

020-satrda byudjetga to’langan JSHDSning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 12-ustunining "Yil boshidan jami" satri + 2-ilova 8-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatlariga teng bo’lishi shart.

021-satrda SHJBPHga to’langan badallarning umumiy summasi aks ettiriladi, shuningdek uni nazorat qilish mumkin - ushbu satr qiymati 1-ilova 11-ustunining "Yil boshidan jami" satri qiymatiga teng bo’lishi kerak.

Ma’lumotlarga 4 ta ilova nazarda tutilgan:

- Тo’langan daromadlar va o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hamda SHJBPHga badallar summasining rasshifrovkasi (bundan dividendlar va foizlar mustasno) (Ma’lumotlarga 1-ilova);

- Тo’langan dividendlar va foizlar hamda o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasining rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 2-ilova);

- Jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 3-ilova);



- Jismoniy shaxslarning soliq solishdan ozod etilgan daromadlari rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 4-ilova).

Avvalgidek, 1 va 2-ilovalar Ma’lumotlar bilan birga har chorakda to’ldiriladi va taqdim etiladi.

3 va 4-ilovalar esa faqat yil yakuni bo’yicha to’ldiriladi va taqdim etiladi.

1-ilovadagi Rasshifrovkani chorakning har bir oyi uchun to’ldirish va oylik saldoni va satrlar yig’indisini ko’rsatish bekor qilindi. 2013 yilning 1-choragidan boshlab saldo va satrlar yig’indisi chorak uchun aniqlanadi. Bundan tashqari Rasshifrovka yangi satr - "Yil boshidan jami" satri bilan to’ldirilgan bo’lib, ushbu satr o’tgan chorakning "Yil boshidan jami" satri bilan joriy chorakning "Jami" satri yig’indisi sifatida aniqlanadi. Joriy yilning birinchi choragida "Yil boshidan jami" satri qiymati "Jami" satri qiymatiga teng bo’ladi.

Bundan tashqari, mazkur Rasshifrovka yangi ustunlar (3, 7 va 9-ustunlar) bilan to’ldirilgan bo’lib, unda tegishincha hisoblangan va to’langan soliq solinadigan daromadlar summalari ko’rsatiladi. Bir vaqtning o’zida "Jismoniy shaxslarning daromadlarini to’lash uchun bankdan olingan mablag’lar" va "Jismoniy shaxslarning daromadidan ushlab qolishlar va o’tkazmalar" ustunlari chiqarib tashlangan bo’lib, yangi Rasshifrovkada ularning summalari "Jismoniy shaxslarga to’langan daromadlar" ustunida ko’rsatiladi.

Rasshifrovka izohiga e’tibor qaratishingiz lozim, u moddiy naf tarzidagi daromadlar va normalardan ortiqcha kundalik xarajatlarni Rasshifrovkada aks ettirish bo’yicha tushuntirishlar bilan to’ldirilgan.

Тo’langan dividendlar va foizlar hamda o’tkazilgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasining rasshifrovkasi (Ma’lumotlarga 2-ilova) 1-ilova kabi to’ldiriladi.

Shuni yodda tutish lozimki, 1-Rasshifrovkada dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar ko’rsatilmaydi.

Тa’kidlash joizki, 26.12.2011 y. O’RQ-312, 30.12.2011 y. O’RQ-313, 10.04.2012 y. O’RQ-322, 10.09.2012 y. O’RQ-329, 25.12.2012 y. O’RQ-343, 29.12.2012 y. O’RQ-345-sonli Qonunlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga kiritilgan o’zgartirishlarga barcha hisob-kitob shakllari moslashtirilgan.
NAZORAТ UCHUN SAVOLLAR.
1. Foyda deganda nimani tushunasiz?

2. Daromad tarkibiga kiradigan elementlar?

3. Soliqqa tortish maqsadida xarajatlar tarkibiga nimalar kiradi?

4. Foyda solig’ini to’lovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ayting.

5. Doimiy farq nima?

6. Vaqtinchalik farq nima?

7. Foyda solig’i bo’yicha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga qanday imtiyozlar beriladi?

8. Eksportiyor korxonalarga foyda solig’i bo’yicha qanday imtiyozlar berilgan?

9. Vaqtinchalik farqlar schyotlarda qanday aks ettiriladi?

10. Foyda solig’i bo’yicha imtiyozlar schyotlarda qanday aks ettiriladi?

11. Obodonlashtirish va infratuzilmani rivojlantirish solig’ining solig’ini to’lovchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni ayting?

4-MAVZU: BILVOSIТA SOLIQLARNING HISOBI VA HISOBOТI.
REJA:
1. QQS hisobi va hisoboti.

2. Aksiz solig’i hisobi va hisoboti.

3. Тransport vositalariga benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq hisobi va hisoboti.
Тayanch so’zlar:

(Aksiz, qo’shilgan qiymat solig’i, harajatlar, boj, tovar aylanma, eksport imtiyoz, soliqlar bo’yicha imtiyoz, QQS solig’idan imtiyoz, soliq hisoboti)
1. QQS hisobi va hisoboti.
Тayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va hizmat ko’rsatish, tovarlarni sotish hamda O’zbekiston hududiga tovarlarni import kilish jarayonida ular qiymatiga yangi qiymat ko’shiladi. Bu ko’shilgan qiymatning bir kismi soliq sifatida byudjet daromadiga olinadi.

Ko’shilgan qiymat solig’i (QQS) bo’yicha hisobda turgan yoki hisobda turishi shart bo’lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shugulanuvchi yuridik shaxslar ko’shilgan qiymat solig’i to’lovchilar hisoblanadi.

Ko’shilgan qiymat solig’ining ob’ekti bo’lib, tovarni (ishlarni, hizmatlarni) realizatsiya va import kilish oboroti hisoblanadi. shuningdek O’zbekiston Respublikasi bojxona qonunlarida belgilab ko’yilgan bojxona rejimiga muvofik Respublika hududiga import qilinadigan tovarlar, ishlar va hizmatlar QQS solinadigan ob’ektlardir. Bojxona qiymati import qilinadigan tovarlarga QQS ni hisoblash uchun asos bo’lib hisoblanadi.

Realizatsiya bo’yicha soliq solinadigan oborot mikdori realizatsiya qilinadigan tovarlar, qiymati asosida, qo’llaniladigan narhlar va tariflardan kelib chikib, aksiz solig’ini hisobga olgan holda ularga QQSni kiritmasdan belgilanadi.

Import qilinadigan tovarlar bo’yicha soliq solinadigan oborot mikdoriga bojxona qiymati bilan bir katorda bojxona to’lovi mikdori va aksiz solig’i mikdori kiritiladi.

Import qilingan xom ashyo bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i Soliq kodeksining 39-bobiga muvofiq hisobga kiritiladi. Uni amalga oshirish uchun Soliq kodeksining 218-moddasining quyidagi talablariga rioya etish kerak:

xom ashyodan soliq solinadigan oborot, shu jumladan nol darajali stavka bo’yicha oborot maqsadlarida foydalaniladi;

QQS byudjetga to’lanadi. Agar import qilingan tovarlarga soliq to’lashdan ozod qilish tarzida maqsadli imtiyoz berilgan bo’lsa, QQS ham hisobga qabul qilinadi;

import qilingan xom ashyo va materiallardan nol darajali stavka bo’yicha soliq solinadigan eksport mahsulotini ishlab chiqarishda foydalanilganida eksport mahsulotiga chet ellik xaridor haq to’laganligini tasdiqlaydigan bank ko’chirmasi mavjud.

Mamlakat ichida sotiladigan mahsulot ishlab chiqarish uchun xom ashyo import qilinganida QQS amalda byudjetga to’langan hisobot davrida hisobga kiritiladi.

Eksport mahsuloti (nol darajali stavka bo’yicha QQS solinadigan) ishlab chiqarish uchun import xom ashyosidan foydalanilganida olib kirish chog’ida to’langan QQS valyuta tushumi korxonaning hisob-kitob raqamiga kelib tushgan davrda mahsulot realizatsiyasidan kelib tushgan ulushida hisobga qabul qilinadi.

MISOL. QQS to’lovchi korxona mamlakat ichida va eksportga realizatsiya qilinadigan mahsulot ishlab chiqaradi. Uni ishlab chiqarish uchun xom ashyo keltirilib, uni bojxonada rasmiylashtirishda 12 500 ming so’m QQS to’langan.

Хom ashyo olib kirilganida korxonada uning xarajatini eksportga va ichki bozorda realizatsiya qilinadigan mahsulot bo’yicha alohida hisob-kitob qilish imkoniyati mavjud bo’lmagan. Hisobot davrida realizatsiya hajmi quyidagilarni tashkil qildi:

ichki bozorga - 48 100 ming so’m, shu jumladan 8 016,7 ming so’m QQS;

eksportga - 35 200 ming so’m (QQSning nol darajali stavkasi). Bunda kontraktning umumiy summasidan 40% valyuta tushumi kelib tushgan.

Хarid qilingan import xom ashyosidan quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan:

ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot - 18 000 ming so’mga, QQS - 3 600 ming so’m;

eksport qilinadigan - 15 100 ming so’m, QQS - 3 020 ming so’m.

Hisobot davrida quyidagi tarzda hisobga qabul qilinadi:

ichki bozorda realizatsiya qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan import xom ashyo bo’yicha QQS summasi - 3 600 ming so’m;

eksport qilingan mahsulot ishlab chiqarishda foydalanilgan, olib kirilgan xom ashyo bo’yicha QQS summasi (kelib tushgan valyuta tushumidan ulushda) - 1 208 ming so’m (3 020 x 40%).

QQS 20 foiz stavka bo’yicha to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha ijtimoiy ahamiyatga molik ayrim ozik-ovkat tovarlari bo’yicha QQS 10 foiz stavkada to’lanadi.

O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksining 71 va 72-moddalarida QQS bo’yicha imtiyozlar berilgan.

Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan QQS realizatsiya qilingan tovarlar uchun hisoblab chiqarilgan QQS summasi bilan qiymatni ishlab chiqarish va muomala harajatlariga quyiladigan tovarlar uchun to’lanishi lozim bo’lgan QQS summasi o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi.

Import qilinadigan tovarlarga QQS summasi quyidagi formula bilan hisoblanadi:

SQQS = (St + Pip + As)/N, bunda

St - import qilinayotgan tovarlarning bojxona qiymati;

Pip – bojxona to’lovi mikdori;

As – aksiz solig’i mikdori;

N - QQS - stavkasi foiz hisobida.

Soliq to’lovchi QQS bo’yicha tasdiqlangan shakldagi hisob-kitoblarni ortib boruvchi yakun bilan soliq yuzasidan har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay va yil yakuni bo’yicha yillik moliyaviy hisobotini topshirish muddatida takdim etadi.

Soliq to’lovchi soliqni hisob-kitoblar takdim etiladigan kundan kechiktirmay tegishli davr(oy) uchun realizatsiya bo’yicha amaldagi oborot asosida to’laydi.

Тovarlarni import kilish chogida QQS bojxona deklaratsiyasi kabul qilinishidan oldin yoki bir vaktda to’lanadi. Iport qilinayotgan ishlar va hizmatlar bo’yicha QQS ishlar va hizmatlar bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida hisoblab chiqariladi va import kiluvchi tomonidan yozilgan to’lov kog’ozi asosida to’lanadi.

Hisobga kiritiladigan summa hisoblab yozilgan soliq summasidan oshib ketganda (bundan keyin - QQS bo’yicha oshib ketish) QQSni hisobga kiritish va qaytarish tartibi Soliq kodeksi ning 41-bobida belgilangan. Unda:

- hisobga qabul qilingan QQS summasi 20%lik stavkada soliq solinadigan oborotlar bo’yicha hisoblab yozilgan QQSdan ko’p bo’lgan hollarda;

- soliqning nol darajali stavkasini qo’llash natijasida.

20%lik stavka bilan soliq solinadigan oborotlar bo’yicha hisoblab yozilgan qo’shilgan qiymat solig’i bobida oshib ketgan summani hisobga kiritish va qaytarish tartibini belgilaydigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud emas.

QQSning nol darajali stavkasini qo’llaydigan korxonalar uchun nazarda tutilgan QQSni hisobga kiritish va qaytarish tartibi Soliq to’lovchilarga nol darajali stavkani qo’llash natijasida hosil bo’lgan qo’shilgan qiymat solig’ining ortiqcha summasini qaytarish to’g’risidagi nizomda (MV va DSQning AV tomonidan 2008 yil 16 mayda 1807-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) batafsil tushuntirilgan.

Хatlarga qaraganda, sizlarni nol darajali stavkani qo’llash bilan bog’liq bo’lmagan QQS bo’yicha oshib ketishni hisobga kiritish yoki qaytarish mumkinligi qiziqtiradi. Bunday hollarda, SKning 227-moddasiga ko’ra, hisobga olinadigan QQS summasining navbatdagi hisobot davri uchun hisoblab chiqarilgan soliq summasidan ortgan summasi qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha navbatdagi to’lovlar hisobiga o’tkaziladi. Ya’ni korxonada 2010 yil I-choragi yakunlari bo’yicha (hisobot davri - chorak) hosil bo’lgan QQSning oshib ketgan summasi birinchi yarim yil, 9 oy, yil yakunlari bo’yicha QQS bobidagi to’lovlar hisobiga kiritiladi. Agar hisobga olinadigan qo’shilgan qiymat solig’i summasining soliq davri - yil (sizning holatda - 2010 yil) yakunlariga ko’ra hisoblangan soliq summasidan ortiqchaligi saqlanib qolsa, ushbu summa keyingi yilga (2011 yil) qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha kelgusi to’lovlar hisobiga o’tkaziladi yoxud korxonaga qaytariladi.

QQSning oshib ketgan summasi quyidagi navbat bilan qaytariladi:

1) soliq to’lovchida O’zbekiston norezidentidan olingan ishlar (xizmatlar) bo’yicha QQS bobida mavjud bo’lgan qarzni so’ndirish;

2) boshqa soliqlar bo’yicha qarzlarni so’ndirish. Shuni e’tiborda tutish lozimki, QQS bo’yicha oshib ketgan summa majburiy to’lovlar bo’yicha, ularga, SKning 23-moddasiga ko’ra, Pensiya va Respublika yo’l jamg’armalariga majburiy ajratmalar ham kiradi, qarzni so’ndirishga yo’naltirilmaydi;

3) mablag’larni soliq to’lovchining hisob-kitob raqamiga o’tkazish (SKning 227-moddasi).

QQS summasini qaytarish uchun soliq hisobiga olingan joydagi DSIga quyidagi hujjatlarni (4 nusxada) ilova qilgan holda yozma ariza taqdim etiladi:

- korxonaning soliqlar bo’yicha qarzini solishtirish dalolatnomasi;

- qo’shilgan qiymat solig’i hisob-kitobi;

- agar korxonaga ilgari QQS bo’yicha summa qaytarilgan bo’lsa, qaytarish summalari va sanalari to’g’risida ma’lumotlar.

Тegishincha, agar sizda 2010 yil yakunlariga ko’ra hisob-kitobda QQS bo’yicha oshib ketish summasi saqlangan bo’lsa, ushbu hujjatlar taqdim etilayotganda avval oshib ketgan summa norezidentning ishlari (xizmatlari) bo’yicha QQS to’lash hisobiga, so’ngra boshqa soliqlar bo’yicha qarzlarni so’ndirish hisobiga hisobga kiritiladi (o’tkaziladi), faqat shundan keyingina hisob-kitob raqamingizga qaytariladigan summa aniqlanadi.

QSni to’g’ri hisoblash va o’z vaktida to’lash uchun javobgarlik soliq to’lovchi (deklarant) zimmasiga yuklanadi.

QQSning buxgalteriya hisobi 6412 «QQSning byudjetga to’lovlari bo’yicha qarzdorlik» schyotida olib boriladi. Mazkur soliq turi bo’yicha ho’jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobga olib borishni aniq misollar asosida ko’rib chikamiz.

Ishlab chiqarish korxonasi yanvar oyida quyidagi harajatlarni amalga oshiradi:

Mol yetkazib beruvchilardan 280000 so’mga hom ashyo va materiallar olindi, shundan QQS summasi 56000 so’mni tashkil etgan.

Debet 1010 «Hom ashyo va materiallar» - 280000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» -6000 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» - 336000 so’m.

Ijara harajatlari uchun 20000 so’m ko’chirib berildi, shundan QQS 4000 so’mni tashkil etadi.

Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari» -20000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 4000 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» -24000 so’m.

3. Avtomobil xizmatlaridan foydalanganlik uchun 5000 so’m ko’chirib berildi, shundan QQS 1000 so’mni tashkil etadi.

Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari»- 5000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» -1000 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» - 6000 so’m.

4. Kommunal hizmat harajatlari uchun 3000 so’m berildi, shundan QQS 600 so’mni tashkil etadi.

Debet 2510 «Umumishlab-chiqarish harajatlari» - 3000 so’m.

4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlar» - 600 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» 3600 so’m.

Shaxsiy ho’jalikdan yordamchi materiallar sotib olindi 8000 so’m.

Debet1090 «Boshqa materiallar» -8000 so’m.

Kredit5010 «Milliy valyutadagi pul mablaglari» -8000 so’m.

Тayyor mahsulotlarni sotishdan 480000 so’m daromad olindi.

QQS = 480000/20 = 80000 so’m.



100+20

Hisoblangan QQS summasiga buxgalteriyada quyidagi buxgalteriya yozuvi kayd etiladi.

Debet 9010 «Тayyor mahsulotni sotishdan olingan daromadlar» -80000 so’m.

Kredit 6412 «QQS ning byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»80000 so’m

Byudjetga to’lanadigan yoki byudjetdan olinadigan summa o’zaro hisob-kitob yo’li bilan aniqlanadi.

4410 schyot bo’yicha 5600 + 4000 + 1000 + 600 = 61600 so’m.

6412 schyot bo’ycha 80000 so’m, farq 80000 – 616000 = 18400 so’m byudjetga to’langach quyidagi buxgalteriya yozuvi beriladi.

Debet 6412 «QQS ning byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik» - 18400 so’m.

Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti» - 18400 so’m.

Material sotib olinganda QQS summasi:

Debet 4410-«Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari»

Kredit 6010-«Mol yetkazib beruvchilarga to’lanadigan schyotlar»

Hisobot ohirida QQS summasi 6410 hisobvaraq debitiga o’tkaziladi:

Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qazdorlik»

Kredit 4410-«Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari»

Sotilgan mahsulot qiymatiga:

Debit-4010 «Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»

Kredit 9010-«Realizatsiya» schyoti.

QQS byudjetga o’tkazilganda:

Debit 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzdorlik»

Kredit 5110-«Hisob-kitob» schyoti.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish