18
Arxaik yoki ibtidoiy madaniyat-mavjud insoniyat madaniyatning
ibtidosi va eng uzoq
davom etgan davridir. Bu davr insoniyat tarixi umumiy ko’lamining 99 foizini tashkil qilgan
holda zamonaviy madaniyatga beqiyos ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. O’sha
vaqtda vujudga
kelgan arxaik madaniyatning ayrim ko’rinishlari bo’lmish fikrlash tarzi, fe’l-atvor xozirga qadar
yo’qolgan emas. Insoniyat hayotining boshlang’ich davri keyingi barcha o’zgarishlarga zamin
tug’dirgani sababli bu davrni o’rganish insoniyat
evolyutsiyasi asoslarini, uning madaniyati
negizini tushunish va sharhlashga yordam beradi.
Ibtidoiy bosqichdagi madaniyat rivojining qiyofasini qayta tiklash o’ta qiyin vazifa.
Olimlar to’plagan ma’lumotlar 2 xil bo’lib:
I Antropologik va arxeologik topilmalar-ibtidoiy odamning
jismoniy va madaniy
rivojlanishi, ovchilik jamoasining turmush tarzini yorug’ olamga chiqardi. Bu ma’lumotlar
o’ziga xos belgilari bilan emprik (tajriba) tahlilni yuzaga chiqardi va ibtidoiy bosqichni umum
qabul qilgan tasnifiga asos soldi:
1. paleolit-qadimgi tosh asri,
2. Neolit-yangi tosh asri.
Paleolit bosqichining o’zi ham ilk va so’ngi davrlarga bo’linadi. Shuningdek, paleolit va
neolit bosqichining o’rtasi mezolit-o’rta tosh asri davriga bo’linadi.
II Etnografik ma’lumotlar-zamonaviy xalqlar va xozirgi vaqtda ham ovchilik va
termachilik bilan kun ko’ruvchilarning hayoti haqida. Bu ma’lumotlar
saqalanib qolgan arxaik
madaniyat o’rinishini etnik, ijtimoiy va ruhiy o’hshashliklar bo’yicha qayta tiklashga yordam
beradi.
Тosh asrining davri bundan 2,6 mln. yildan to eramizgacha 2ming yilgacha bo’lgan
vaqtni o’z ichiga oladi. O’z navbatida paleolit bosqichidagi eng uzoq davr ilk paleolit bo’lib,
bundan 40-35 ming yil oldin tugaydi. Ilk poleolitda antropogenez jarayonining sodir bo’lishi,
qazib topilgan gominid qoldiqlarining alohida turlari yashagan davrlarda madaniyatning alohida
ilk namunalari vujudga keldi: qo’pol tosh qurollari tayyorlash olovdan
foydalanish, oddiy turar
joylarning qurilishi, muomala vositalarining rivojlanishi, atrof muhit haqida dastlabki murakkab
tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi
Detsentrizm farazi insoniyat paydo bo’lishini ikki o’choq
Afrika va Osiyo bilan
bog’laydi, zero hozirgi vaqtda eng qadimgi odam qoldig’i ham Afrika mintaqasida topilan.
Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston xududida qazib topilgan gominidlar ham ilk paleolit
davriga oiddir. Arxeolog U. Ismoilov Selung’ir g’oridan topgan “fergantrop” qoldig’ining yoshi
700 ming yilag teng.
Ilk paleolitning oxirgi davri ko’pincha alohida davrga ajralib “o’rta” yoki “muste’” deb
nomlanadi. Bu qonuniy hodisa bo’lib, muste’ davrida madaniy ijodkorlik jarayonining o’sishi
sezilvadi, ya’ni bu davrda neandertallar paydo bo’ldi. Neandertallar
keng xududlarga tarqalib
murakkab va turli xil qurollar tayyorlagan, eng muhimi ulardan ma’lum marosim va madaniyatni
rivojlantirish boshlandi. Neandertallar yashagan g’orlaridan ayiqni bosh suyagi topilgan, maxsus
o’rntailgan tosh supa olovda qoraygan, unda ma’lum marosim o’tkazilgan. Neandertallar qabri
ko’pincha Sharq-G’arb yo’nalishi bo’yicha joylashib, murda “yonbosh
uxlayotgan holatda,
tizzalari engagiga qayrilgan yoniga tosh qurollar qo’yilan”. Bu marosim udumi o’limdan keyingi
hayot mavjudligi haqidagi tasavvurning madaniyatidagi eng qadimgi va barqaror paydo
bo’lganligiadg dalolatdir. Neandertal qabri O’zbekistonning Тeshiktosh g’oridan
ham topilan,
shunigdek, o’sha davrga oid ko’plab manzilgohlar ochib o’rganilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: