Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munoabati bilan o’tkazilgan “Zakovat” intellektual o’yini savollari



Download 33,5 Kb.
Sana24.06.2022
Hajmi33,5 Kb.
#699095
Bog'liq
A.Temur Zakovat


Sohibqiron Amir Temur tavalludining 682 yilligi munoabati bilan o’tkazilgan
Zakovat” intellektual o’yini
SAVOLLARI


1. Amir Temur davlatning poytaxti Samarqand kattaligi, go’zalligi hamda tevarak-atrofning obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog’i lozim edi. Sohibqiron buning uchun qay tadbirni qo’llagan?
Javob: Amir Temur davlatining poytaxti Samarqand atrofida qad ko’targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Damashq, Misr, Bag’dod, Sultoniya, Sheroz nomlari bilan atadi.
2. Amir Temurning pirlari kimlar?
Javob: Shayx Shamsiddin kulol, Sayyid Baraka.
3. Amir Temur kimga qarshi kurashib Yevropa xaloskori degan unvonga ega bo’ldi?
Javob: Turkiya sultoni Boyazid Yildirimga.
4. Amir Temurning mashhur iborasi, ,,Bizning kuch -qudratimizga ishonmasangiz biz qurdirgan binolarga boqing”, qayerda yozilgan? -
Javob: Oqsaroy peshtoqida
5. Amir Temurning qo’shinida qo’mondon qarorgohi va zahira qismlari qanday nomlangan?
Javob: Izofa
6. Amir Temurning harbiy san’at va davlat boshqaruvi haqidagi asari? -
Javob: ,,Temur tuzuklari”
7. Bizga ma’lumki, Amir Temur barlos urug’idan bo’lib, xonlar avlodiga mansub emas edi. Taxtga o’tirishda xon bo’lish talab etilgan, hech bo’lmaganda xon qiziga uylangan bo’lishi kerak edi. Amir Temur kimga uylanib ,,ko’ragon” ( xonning kuyovi ) unvoniga ega bo’ldi?
Javob: Bibixonimga.
8. Amir Temurning harbiy yurishlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” asarini yozib qoldirgan. Biroq Ulug’bek bobosi kabi jang-u jadallar qilib yurishni xoxlamagan, u olimlikni afzal ko’rgan. Mirzo Ulug’bekning “Zafarnoma”si haqida nima bilasiz?
Javob: Mo’gulistondagi g’alabasi haqida Jizzax yaqinidagi Ilono’tti darasida Ulug’bek tomonidan qoyatoshga yozdirilgan
9. “Ota qotili” va uning taqdiri haqida nimalarni bilasiz?
Javob: Ulug’bekning o’g’li Abdullatif fitna tufayli o’ldirilib, kallasi Ulug’bek madrasasi peshtoqiga osib qo’yildi.
10. Temuriylar davrida yirik mulk egalariga yorliq berilgan. Uni olganlar barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Bu qanday yorliq.
Javob: Tarxon yorlig’i.
11. Ulug’bek qayerlarda madrasa qurdirgan?
Javob: Samarqand, Buxoro, G’ijduvonda.
12. Sohibqironning Toshkentdagi haykalida bir qo’lini baland ko’tarib turishi qanday ma’noni ifodalaydi?
Javob: barcha insonlarga tinchlik-omonlik, baxtu saodat tilayotgan asnoda aks ettirilgan.
13. Bir soha kishilari borki, Amir Temur ularni “olamni obod etar” deya ta’riflaydi. Ular kimlar?
Javob: Savdogarlar. “Savdo ahli olamni obod etar” degan Amir Temur.
14. Temuriylar davrida Samarqand bozorlarida osiyoiy, zargaron, sedana payvand kabi turlari bilan mashhur qanday mahsulot sotilgan?
Javob: Non.
15. Amir Temurga tegishli quyidagi fikrni to’ldiring: «Tajribamda ko‘rilgankim, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta ....,.....dan yaxshiroqdir»
Javob: tadbirsiz, loqayd kishi
16.A.Temur va Amir Xusayin o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tdi?
Javob:1370-yil 10-aprelda.


17.Amir Temur Xorazm ustiga besh marta yurish qilib va nechanchi yilda to’liq bo’ysundirishga muvafaq bo’ldi?
Javob:1388-yilda


18.A.Temur lashkarining minglik qismi nima deb atalgan?
Javob:Hazora
19.A.Temur va To’xtamishxon o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tdi?
Javob: 1395-yil 15-aprelda.


20.A.Temur va Boyazid Yildirim o’rtasidagi hal qiluvchi jang qachon bo’lib o’tdi?
Javob: 1402-yil 20-iyulda.


21.Loy janggi qaysi tomonlar o’rtasida bo’lib o’tdi?
Javob:A.Temur va Ilyosxo’ja o’rtasida.


22.A.Temurga yevropa xaloskori maqomini bergan jang qaysi?
Javob: A.Temur va B.Yildirim o’rtasidagi jang.


23.Loy jangi qachon va qayerda bo’lib o’tdi?
Javob:1365-yil 22-mayda Toshkent va Chinoz o’rtasida Chirchiq daryosi yonida.


24.Sarbadorlar harakati boshchilarini ayting?
Javob: Movlonzoda,Xurdakiy, Kalaviylar.


25.Sarbador so’zining ma’nosi nima?
Javob: Boshini dorga tikkanlar.
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish