«Soha iqtisodoyoti va menejment» fanidan
Ma’ruzalar tuplami
Nukus-2020
Ma’ruza 1. KIRISh
Menejment va Iqtisodiyot fan sifatida
Moddiy noz-ne’matlarni ishlab chikarish kishilik jamiyati rivojlanishining asosidir.Buning uchun kishilar ishlashlari va moddiy boyliklar yaratishlari kerak. Kishilar moddiy boyliklar yaratish uchun uzaro birlashib, mexnat kiladilar shuning uchun moddiy boyliklar yaratish ijtimoiy ishlab chikarish xisoblanadi.
Ijtimoiy ishlab chikarish tabiiy, texnika va sotsial- iqtisodiy fanlar tamonidan urganiladi.
Ishlab chikarish munosabatlarini kupgina fanlar katorida, iqtisodiy bilim asoslari va iqtisodiy fanlar orkali ayrim tarmoklarda namoyon bulishi va ta’sir kilish shakllarini urganadi.
Tarmok iqtisodiyoti ijtimoiy ishlab chikarish samaradorligini taminlovchi, jamiyatning rivojlanish ob’ektiv konunlarini, ishlab chikarish sharoitlari va omillarini urganadi.
O`zbekiston respublikasi konchilik sanoatining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi xolati
Xozirgi vaktda O`zbekiston xududida 1821 sanoat korxonasi ishlab turibdi, shundan kariyb 45 foizi ogir sanoat va 35 foizi engil sanoat tarmoklariga xos, kolganlari agrosanoat majmuiga kiradi.
O`zbekiston konchilik sanoatida xozir 94 turdagi mineral xom ashyodan foydalanityapti. 370 dan zied rangli metallar, kumir, gaz kazib chikaruchi korxonalar, neft konlari, shaxtalar, turli konlar, 200 ga yakin suv xavzalari , mineral suv tayerlash korxonalari ishlab turibdi.
Ular tarkibiga Olmalik, Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Tuytepa plavikoshpat (erituvchi shpat), Marjonbulok, Zarmiton, Ingichka va Kuytosh rudniklari, kiyin eriydigan va utga chidamli metallar kombinati, “Uzbekneftgaz Xolding kompaniyasi”, Uzbek marmar ikkilamchi xom ashyodan- alyuminiy ishlab chikarish zavodlari ishlab turibdi.
O`zbekistonda katta zaxiralarga ega bulgan uttizta uran koni bor. Xar yili 80 ming tonna mis kazib chikarilmokda. O`zbekiston rivojlangan kudratli energetika bazasiga ega. O`zbekistonda 20 dan ortik kumir konlari mavjud bulib, ulardan Angren va Shargun konlari kazib chikarish ishlari olib borish uchun kulay. Bozor munsosabatlari sharoitida O`zbekiston Respublikasini oldida uzini uzi kumir bilan ta’minlash muammosini xal etish kerak.
O`zbekiston konchilik sanoatini xozirgi bozor iqtisodieti shakllanaetgan sharoitda rivojlantirish maksadida Respublika raxbariyati tashabbusi bilan 1990 yilda davlat birlashmasi O`zbekiston metallurgiya sanoati kontserni “Uzmetallurgprom” tuzildi. 1991 yilda Kizilkum mintakasini tabiiy boyliklarini tularok uzlashtirish maksadida kimmatbaxo va noeb metallar buyicha davlat kontserni “Kizilkumpredmetzoloto” tashkil kilindi va 1992 yilda O`zbekiston respublikasi kimmatbaxo metallar davlat kumitasi tuzildi.
Uzbekiton konchilik sanoatining xozirgi bozor iqtisodieti munosabatlariga utish sharoitidagi vazifalaridan biri fan texnika yutuklarini keng kulamda joriy kilish va ular xisobiga texnika, texnologiya va ishlab chikarish samaradorligini oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |