Sogʼliqni sаqlаsh vаzirligi


Davolash faoliyati bilan bog‘lik o‘rta maxsus professional ta’lim yo‘nalishlari uchun



Download 0,78 Mb.
bet121/126
Sana16.01.2023
Hajmi0,78 Mb.
#899907
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126
Bog'liq
o`zbek majmua tkk oxirgisi (3) (2)

Davolash faoliyati bilan bog‘lik o‘rta maxsus professional ta’lim yo‘nalishlari uchun:
gumanitar va ijtimoiy-iktisodiy modullar bloki; umumkasbiy modullar bloki; klinik modullar bloki;
elektiv modullar (1-, 2-, 3- blok modullari uchun, xududiy komponent) bloki.
Davolash faoliyati bilan bog‘lik bo‘lmagan o‘rta maxsus professional ta’lim yo‘nalishlari uchun:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar bloki; umumkasbiy modullar bloki; maxsus modullar bloki;
elektiv modullar (1-, 2-, 3- blok modullari uchun, xududiy komponent) bloki.
Davolash faoliyati bilan bog‘lik bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar bloki; klinika oldi modullar bloki; klinik modullar bloki;
elektiv modullar (1-, 2-, 3- blok modullari uchun, xududiy komponent) bloki.
Davolash faoliyati bilan bog‘lik bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun:
gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar bloki; umumkasbiy modullar bloki;
maxsus modullar bloki;
elektiv modullar (1-, 2-, 3- blok modullari uchun, xududiy komponent) bloki.
Magistratura mutaxassisliklari uchun:
umummetodologik modullar bloki;
mutaxassislik modullar bloki;
tanlov modullar bloki;
ilmiy faoliyat modullar bloki.
Klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari uchun:
umummetodologik va nomutaxassis yondosh modullar bloki;
mutaxassislik modullar bloki;
yondosh mutaxassislik modullar bloki;
qo’shimcha modullar bloki;
attestatsiya.
Birlamchi maqsadli ixtisoslashgirish uchun:
Asosiy mutaxassislik: shu jumladan, mutaxassislik modullar bloki;
yondosh (klinik) mutaxassisliklar modullari va modullar bloki; Attestatsiya.

  1. Ta’lim oluvchi belgilangan tartibda ta’lim oluvchilar reytingini xisobga olish elektron tizimi vositasida va ta’lim muassasasi binolarining elektron e’lon taxtalarida joylashtirilgan e’lonlardan joriy, oraliq va Yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga majburdir.

  2. Ta’lim oluvchining ijtimoiy xususiyatlarini baxolash ularning mas’uliyati va tashkiliyligini oshirish, zarur bilimlarni chuqur va xar tomonlama o‘zlashtirishga turtki berish, shuningdek, tizimli ish ko‘nikmalari va kompitensiyalarni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladigan o‘quv jarayonining ajralmas qismi sifatida qaraladi.

Ta’lim oluvchilarning shaxsiy ijtimoiy xususiyatlarini baxolash pedagog tomonidan semestr da bir marta amalga oshiriladi.
Kreditlar to‘plami va ta’lim oluvchilarni o‘qitishning individual yo‘nalishlarini tashkil qilish:
o‘rta maxsus professional ta’lim diplomini olish uchun ta’lim oluvchi yo‘nalishiga va o‘qish muddatiga muvofiq kamida 180 gacha kredit to‘plashi kerak;
bakalavr diplomini olish uchun bakalavriat talabasi ta’lim yo‘nalishiga va o‘qish muddatiga muvofiq kamida 180 dan 360 gacha kredit to‘plashi kerak;
magistr diplomini olish uchun magistratura mutaxassisligiga o‘qish muddatiga muvofiq kamida 144 dan kam bo‘lmagan kredit to‘plashi kerak;
klinik ordinator (rezident) guvoxnomasini olish uchun mutaxassisligiga o‘qish muddatiga muvofiq kamida 72 dan kam bo‘lmagan kredit to‘plashi kerak;
birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish sertifikatini olish uchun 72 dan kam bo‘lmagan kredit to‘plashi kerak.

  1. Kreditlar soni ta’lim oluvchilarning umumiy yuklamasi, jumladan o‘quv yuklamalari (ma’ruzalar, seminarlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, o‘quv yoki o‘quv klinik amaliyot, magistrlik dissertatsiya va boshqalar), mustaqil ishlar, bilimlarni sinovdan o’tkazishning barcha turlari, ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti va bitiruvchilarning davlat imtixonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazish (Yakuniy davlat attestatsiyasi)ning barcha turlarini qamrab oladi.



3-bob. Ta’lim oluvchilar bilimini baholashning umumiy qoidalari



  1. Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baxolashning maqsadi - yuqori malakali, rakobatbardosh, zamonaviy xalqaro standartlarga javob bera oladigan tibbiy (farmatsevt) kadrlarni tayyorlash xamda ta’lim oluvchilarda mustaqil ta’lim olish, ta’lim sifatini boshqargan xolda tibbiyotning tegishli soxalarida bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baxolashning asosiy vazifalari quyidagilar xisoblanadi:
ta’lim oluvchilarda davlat ta’lim standartlari, mutaxassislik bo‘yicha tibbiyot kadrlarni klinik ordinatura (rezidentura), birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda qayta tayyorlash kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarga muvofiq tegishli bilim, ko‘nikma, kompetensiya va malakalar shakllanganlik darajasini nazorat qilish va taxlil kilib borish;
ta’lim oluvchilar bilimi, ko‘nikma, kompetensiya va malakalarini baxolashning asosiy tamoyillari: davlat ta’lim standartlari, mutaxassislik bo‘yicha tibbiyot kadrlarni klinik ordinatura (rezidentura), birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda qayta tayyorlash kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarga asoslanganlik, aniqlik, xakkoniylik, ishonchlilik, bilimlarni baxolashda shaffoflikni ta’minlash;
o‘quv materialining ta’lim oluvchilar tomonidan tizimli ravishda va belgilangan muddatlarda o‘zlashtirilishini tashkil etish va taxlil qilish;
ta’lim oluvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, axborot resurslari manbalaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
ta’lim oluvchilar bilimini xolis va adolatli baxolash xamda uning natijalarini o‘z vaqtida ma’lum qilish;
ta’lim oluvchilarning o‘quv rejasi doirasida kompleks xamda o’zluksiz tayyorgarligini ta’minlash;
o‘quv jarayonining tashkiliy ishlarini kompyuterlashtirishga (rakamlashtirishga) sharoit yaratish.

  1. Ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosarlari (prorektor, filial direktori o‘rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari) tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) mudirlari bilan kelishilgan xolda xar bir modul bo‘yicha modul raxbarini, ya’ni aloxida modulni o‘qitishning sifati, o‘quv materialini shakllantirish, shuningdek, barcha turdagi nazorat savollarini tuzish, ta’lim oluvchilar bilimini tekshirishda yagona standartlarni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan pedagog xodimlarni belgilaydi.

Kredit-modulli ta’lim tizimi bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilimini semestr davomida baxolab borish nazorat jadvallari va baxolash mezonlari asosida amalga oshiriladi.

  1. Modulning dasturi mazmunini o‘zlashtirish kreditni - ta’lim oluvchilarning o‘quv yuklama xajmini aniqlashning shartli birligini qo‘llagan xolda belgilanadi.

  2. Tibbiyot va farmatsevtika o’zluksiz kasbiy ta’lim muassasalararo Muvofiqlashtiruvchi kengashi xar bir modul bo‘yicha kreditlar sonini, shuningdek, xar bir kurs va umuman o‘qish davrini tamomlash uchun ta’lim oluvchi tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlarning umumiy sonini belgilaydi.

  3. Ta’lim oluvchilar mazkur Nizomga muvofiq modul dasturi mazmunini o‘zlashtirgan (reyting ballari konikarli) takdirda, u tegishli modul bo‘yicha kreditlarning zarur sonini to‘plagan deb xisoblanadi.



4- bob. Ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish turlari va shakllari

  1. Ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasini davlat ta’lim standartlari, mutaxassislik bo‘yicha tibbiyot qadrlarni klinik ordinatura (rezidentura), birlamchi maqsadli ixtisoslashtirishda qayta tayyorlash kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun ta’lim muassasasida:

joriy, oraliq va Yakuniy nazorat(attestatsiya);
integratsiyalashgan klinik-oldi (umumkasbiy), klinik (maxsus) imtixonlari;
bitiruvchilarning davlat imtixonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan o‘tkazish (Yakuniy davlat attestatsiyasi)nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Nazorat (imtixon) shakllari - modul bo‘yicha test, imtixon (yozma, ogzaki, amaliy (klinik), ob’ektiv tizimlashtirilgan klinik imtixon (OSCE), ob’ektiv tizimlashtirilgan imtixon (OSE) va boshqalar), magistrlik dissertatsiyasi ximoyasi va boshqalar.

  1. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni xamda joriy, oraliq va Yakuniy nazoratlar uchun belgilangan ballar to‘g‘risidagi ma’lumotlar pedagog xodim tomonidan birinchi mashg‘ulotda ta’lim oluvchilarga e’lon qilinadi.

  2. Nazorat turlarini o‘tkazish va ta’lim oluvchilar bilimini baxolash tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) mudiri tomonidan tashkil etilgan pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.

  3. Nazorat turlarini o‘tkazish va ta’lim oluvchilar bilimini baxolash ga kelishuv asosida boshka tashkilotlarning soxa mutaxassislari xam jalb qilinishi mumkin.

5-bob. Joriy nazoratni o‘tkazish



  1. Joriy nazorat ta’lim oluvchining modul mavzulari bo‘yicha bilimi, amaliy ko‘nikmalar va kompetensiyalarni egallaganlik darajasini aniqlash va baxolash usuli xisoblanadi. Joriy nazorat ta’lim oluvchi tomonidan modul mavzusi mazmunini o‘zlashtirganlik darajasini baxolashga karatiladi, shuningdek, o‘quv materialini konstruktiv ravishda sharxlash va taxlil qilish, modulga oid ko‘nikmalarini rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalar (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetensiyalarni egallash, kasbiy amaliy ko‘nikmalarni qo‘llashga yo‘naltirilgan muammoli vaziyatlarni xal etish (keys-stadi), jamoada ishlash, prezentatsiyalar tayyorlash va x. k. ni baxolashga qaratiladi.

  2. Modulning mazmunidan kelib chiqqan xolda bir semestrda o‘qitiladigan kundalik mashg‘ulotlar yoki bir-biriga bog‘lik mavzulari kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) tomonidan bloklarga birlashtiriladi va ularni o‘zlashtirish natijasida ta’lim oluvchilar modul doirasida kelgusi kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan mustaqil nazariy bilim, amaliy ko‘nikmalar va kompetensiyalar majmuiga ega bo‘lishlari shart.

  3. Modulning kundalik mashg‘ulotlar yoki xar bir blok mavzusi doirasida joriy nazorat seminar, o‘quv(klinik) amaliyoti, nazariy, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida, odatda, quyidagi shakllarda utkaziladi: ogzaki so‘rov (mantikiy muammoli savollarni ko‘llagan xolda), takdimot (modulning tegishli mavzusi bo‘yicha kichik-guruxlar doirasida), kasbiy amaliy ko‘nikmalarni ko‘llashga qaratilgan muammoli vaziyatlarni xal etish (keys-stadi), jamoada ishlash (zamonaviy interfaol uslublarni qo‘llagan xolda va x.k.), modulga oid muammolarpi taxlil qilish, amaliy (shu jumladan klinik) ko‘nikmalarini (sifati va belgilangan soni jixatdan) o‘zlashtirish, kompetensiyalarni egallash xamda kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) tomonidan belgilanadigan boshka shakllarda utkaziladi. Joriy nazorat shakllari modulning dasturida kayd etiladi.

  4. Modulning kundalik mashg‘ulotlari bo‘yicha xar kuni yoki xar bir mavzular bloki o‘qitiladigan oxirgi kuni pedagog xodim joriy nazoratni yakunlaydi va ushbu nazorat turi bo‘yicha ta’lim oluvchilarning ballarini kuyadi. Bunda, kundalik baxolash yoki xar bir modul mavzulari bloki bo‘yicha ta’lim oluvchi olgan baxolar yig‘indisi mashg‘ulotlar soni yoki mos ravishda, modul bloklari soniga bo‘linadi va semestr davomida tuplangan joriy nazorat baxosi aniqlanadi. Semestrdan-semestrga o‘tuvchi modullar bo‘yicha xar bir semestrda to‘plangan joriy nazorat o‘rtacha baxolarning yig‘indisi semestlar soniga bulish orqali modulning o‘rtacha joriy nazorat baxosi aniqlanadi.

31. Joriy nazorat uchun o‘qituvchi jurnallari (elektron jurnal) o‘quv bo‘limi (boshqarmasi) tomonidan tayyorlanadi, bo‘lim (boshqarma) boshlig‘i tomonidan tasdiklanadi xamda tegishli o‘quv yili boshlanishidan oldin tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x-k.)larga takdim kilinadi.

  1. Joriy nazorat natijalari kundalik mashg‘ulotlarni yoki xar bir modul mavzulari bloki bo‘yicha aloxida ravishda pedagogning elektron jurnalida xamda ta’lim oluvchi reytingini xisobga olish elektron tizimiga tegishli pedagog xodim tomonidan ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosarlari (prorektor, filial direktori o‘rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari) tomonidan belgilanadigan muddat ichida, oraliq nazorat davri boshlangunga kadar kiritilishi shart. O‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosarlari (prorektor, filial direktori o‘rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari)ning bildirgisiga asosan muddatni bo’zgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin. Modul bo‘yicha joriy nazoratning natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan (tayyorlangan elektron) qaydnoma ko‘rinishida shakllantiriladi.

  2. Joriy nazorat natijalarining o‘z vaqtida ta’lim muassasalari o‘quv bo‘limlari va dekanatlariga takdim etilishi, shuningdek, o‘qituvchi jurnali xamda ta’lim oluvchilar reytingini xisobga olish elektron tizimida uni to’liqva to‘g‘ri aks ettirish uchun javobgarlik tegishli modulni o‘qitadigan pedagog xodimlar zimmasiga yuklanadi.

  3. Kundalik mashg‘ulotlarda yoki modul mavzulari bloklari bo‘yicha joriy nazoratni o‘z vaqtida topshira olmagan xamda darsda katnashmagan ta’lim oluvchilarga, joriy nazoratni o‘quv semestri davomida qayta topshirishga ruxsat etiladi.

  4. Joriy nazoratni to’liq o‘zlashtirmagan ta’lim oluvchilar oraliq va Yakuniy nazoratga ko‘yilmaydi.

6-bob. Oraliq nazoratni o‘tkazish

  1. Oraliq nazorat semestr davomida yoki semestrdan-semestrga o‘tuvchi yakunlanmagan modul dasturining tegishli (modulning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugagandan keyin ta’lim oluvchining bilim darajasini baxolash va amaliy ko‘nikmani (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetensiyalarni egallaganligini aniqlash usuli xisoblanadi va o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi.

  2. Oraliq nazorat ta’lim oluvchi tomonidan modul dasturining tegishli bo‘limlari mazmunini o‘zlashtirish darajasi, ta’lim oluvchining adabiyotlardan foydalanishi, kasbiy amaliy ko‘nikmalarni ko‘llashga qaratilgan muammoli vaziyatlarni xal etish (keys-stadi), tizimli taxlil, mashqiy fikrlash, mustaqil tadqiqot olib borish, amaliy ko‘nikmani (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetensiyalarni egallaganligini, o‘z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish kobiliyatini baxolashga qaratilgan.

  3. Pedagog xodimlar oraliq nazorat natijalarini o‘quv bo‘limiga topshirishi va ta’lim oluvchilar reytingini xisobga olish elektron tizimi xamda o‘qituvchi (elektron) jurnaliga kiritishi shart.

  4. Tegishli pedagog xodim tomonidan ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosarlari (prorektor, filial direktori o‘rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari) tomonidan belgilanadigan muddat ichida, Yakuniy nazorat davri boshlangunga kadar kiritilishi shart. O‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari)ning bildirgisiga asosan muddatni bo’zgan pedagog xodimga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanishi mumkin. Modul bo‘yicha oraliq nazoratning natijasi pedagog xodim tomonidan imzolanadigan (tayyorlangan elektron) kaydnoma kurinishida shakllantiriladi.

  5. Oraliq nazorat jadvallari o‘quv reja asosida o‘quv bo‘limi tomonidan to’ziladi va o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o’rinbosarlari, filial direktori o’rinbosarlari) tomonidan tasdiklanadi.

  6. Oraliq nazorat shakli va muddati modulning xususiyagidan kelib chiqib tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) tomonidan belgilanadi.

  7. Oraliq nazorat topshiriklari tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) pedagoglari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur raxbariyat tomonidan tasdiklanadi.

  8. Ta’lim oluvchi modul bo‘yicha Yakuniy nazorat turi utkazilgan muddatga kadar oraliq nazorat turini topshirgap bo’lishi shart.

  9. Ta’lim oluvchi o’zrli sabablarga kura oraliq nazorat turiga kirmagan takdirda ushbu ta’lim oluvchi tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.

  10. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha konikarsiz baxo olgan ta’lim oluvchi Yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.

  11. Oraliq nazorat o’tkazish belgilangan muddatda modul bo‘yicha oraliq nazoratga kuyilmagan va konikarsiz baxo olgan ta’lim oluvchi, akademik karzdor xisoblanadi, unga yangi semestr boshida bir oy davomida akademik karzdorlikni bartaraf etish uchun qayta topshirishga ruxsat beriladi.

7-bob. Yakuniy nazoratni o‘tkazish



  1. Yakuniy nazorat muayyan modul bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarini o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikmalar (sifati va belgilangan soni jixatdan) va kompetensiyalarni egallaganlik darajasini baxolash usuli xisoblanadi va semestr yoki modul yakunida o‘tkaziladi.

  2. Yakuniy nazorat ta’lim oluvchining modul dasturi mazmunini o‘zlashtirganlik darajasi, uning mantikiy fikrlashi, modulga oid bilimlarni nazariy va amaliy jixatlarini o‘zlashtirish, amaliy ko‘nikmalarni to’liq egallash, kasbiy amaliy ko‘nikmalarni kullashga karatilgan muammoli vaziyatlarni (keys-stadi) xal etish, tizimli, tankidiy taxlil qila olishi, dalillarga asoslangan tibbiyotni ko‘llashda o’z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish kobiliyaglarini baxolashga karatilgan.

  3. Yakuniy nazorat shakli va muddati modulning xususiyatidan kelib chiqib tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) tomonidan belgilanadi va ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiklanadi.

  4. Yakuniy nazorat uchun tayyorlangan topshiriklar, Qoida tariqasida, tegishli kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) pedagoglari tomonidan modul doirasida o‘tilgan mavzularni qamrab olgan xolda tayyorlanishi lozim va ta’lim muassasasi Kengashi tomonidan tasdiklanadi.

  5. Yakuniy nazoratni o‘tkazish o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, filial direktori o’rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o’rinbosarlari) tomonidan tasdiklangan jadval asosida utkaziladi.

  6. Auditoriya raxbarlari va ko’zatuvchilarning tasdiklangan ruyxati ta’lim muassasasi tarkibiy bo‘linmalari e’tiboriga etkaziladi.

Yakuniy nazoratni o‘tkazishda kelishuv asosida boshka ta’lim muassasalarining tegishli modul bo‘yicha pedagoglari jalb kilinishi mumkin.

  1. Yakuniy nazoratga pedagog xodimning sababsiz kelmasligi (yoki kechiqib kelishi) ularga nisbatan intizomiy choralarni kullashga asos buladi. Kelmagan pedagog xodimning almashtirish majburiyati tegishli kafedra mudiri zimmasiga yuklatiladi.

  2. Ta’lim oluvchilar Yakuniy nazorat utkazilayotgan auditoriyaga fakat ta’lim oluvchilar guvoxnomasi yoki shaxsini tasdiklovchi boshka xujjatni takdim etganlaridan sung kiritiladi.

  3. Imtixon jadvalida belgilangan nazorat (imtixon) vaqti rasman boshlangandan sung kelgan ta’lim oluvchilar unda ishtirok etishga kuyilmaydi. Kechiqib kelishning sababi o’zrli deb topilganda, ta’lim oluvchi auditoriya raxbarining roziligi bilan kiritilishi mumkin.

  4. Yakuniy nazorat utkazilayotgan auditoriyaga imtixon komissiyasi a’zolari, auditoriya raxbari va ko’zatuvchilardan boshka shaxslarning kirishi kat’iyan takiklanadi. Yakuniy nazorat o’tkazish jarayoni rektor (direktor), o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, filial direktori o‘rinbosarlari va o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o’rinbosarlari)xamda fakultet dekanlari (o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo‘lim boshliklari) tomonidan nazorat kilib turilishi mumkin.

  5. Nazorat (imtixon) utkazilayotgan modul bo‘yicha kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) mudiri Yakuniy nazorat imtixonining borishi, xususan, tegishli pedagog xodimlarning o‘z majburiyatlarini bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

  6. Yakuniy nazorat o‘tkazishga mas’ul pedagog xodimlarning majburiyatlari:

ta’lim oluvchilarni Yakuniy nazorat boshlanishidan avval uni o‘tkazish tartibi va davom etish vaqti xakida xabardor qilish;
ta’lim oluvchilarning mobil telefonlarini uchirishlari va topshirishlarini ta’minlash;
ta’lim oluvchilarga Yakuniy nazorat davomida foydalanish takiklangan barcha predmetlarni ko’zatuvchilarga o’z ixtiyorlari bilan topshirishlarini taklif etish;
ta’lim oluvchilarni auditoriyada bir-birlaridan ko‘chirishlari va o’zaro gaplashish uchun imkon bulmaydigan xolda joylashtirish;
Yakuniy nazorat utkazilayotgan vaqt davomida tartibga lozim darajada rioya qilinishini ta’minlash;
zarur bo‘lganda ta’lim oluvchilarga kayd etilgan noaniqliklar, texnik xatolar yoki topshirikni bajarishga kuyiladigan maxsus talablar xakida ma’lumot berish;
Yakuniy nazorat o‘tkazish qoidalarini bo’zgan ta’lim oluvchilarni tegishli dalolatnoma to’zgan xolda imtixondan chetlashtirish.

  1. Yakuniy nazorat o’tkazish davomiyligi ta’lim muassasasining o‘quv-uslubiy bo‘limi va fakultet dekanati (o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo‘lim boshliklari) tomonidan belgilanadi. Nazorat (imtixon) vaqti auditoriya raxbari tomonidan yo‘l-yo‘rik berilgan vaqtdan boshlanadi.

  2. Yakuniy nazorat o‘tkazish vaqtida ta’lim oluvchilarning imtixon topshiriklarining mazmuni to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqilmaydi.

  3. Yakuniy nazorat ta’lim oluvchi tomonidan mustaqil ravishda bajarilishi va topshirilishi shart.

  4. Yakuniy nazorat imtixoniga ta’lim oluvchi urniga boshka ta’lim oluvchi yoki boshka shaxs kirgan xolatlar aniqlanganda, ta’lim oluvchiga nol reyting bali ko‘yilib, ta’lim muassasasining ichki tartib koidalariga muvofiq javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi.

  5. Bir kunda bitgadan ortik modul bo‘yicha Yakuniy nazorat turi o‘tkazilishiga yo‘l kuyilmaydi. Yakuniy nazorat turlarini o’tkazish kamida 2 kun oraligida belgilanishi lozim.

8-bob. Nazoratning obektivligini ta’minlash

  1. Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha to’zilgan topshiriklarning mazmuni ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishini shaffof, xolis (ob’ektiv) va aniq baxolash imkoniyatini berishi shart.

  2. Joriy, oraliq va Yakuniy nazorat topshirish reyting (yoki elektron) kaydnomalari o‘quv bo‘limiga belgilangan muddatlarda takdim kilinishi (rasmiylashtirilishi) kerak.

  3. Kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x,.k.)ning pedagog xodimlari joriy nazoratni o’tkazish davrida ta’lim oluvchilar bilimi, amaliy ko‘nikmalar va kompetensiyalarni xolis va ob’ektiv baxolashlari, oraliq va Yakuniy nazoratlarni o‘tkazish jarayonida imtixon komissiyasi tarkibiga kiritilgan a’zolar tomonidan adolat va shaffoflik mezonlarini ta’minlanishi kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x-k.) mudiri, fakultet dekanlari, o‘quv ishlar bo‘yicha raxbar o’rinbosarlari (prorektor, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, filial direktori o’rinbosarlari) tomonidan doimiy ravishda nazorat kilib boriladi.

  4. Joriy nazorat natijalari kundalik yoki blokli modullar bo‘yicha nazorat o‘tkazilgan kuni, oraliq xamda Yakuniy nazorat natijalari ikki kun muddat ichida ta’lim oluvchilar e’tiboriga etkaziladi.

  5. Baxolash jarayonida noxolislik va sub’ektivlikka yul kuygan pedagog xodimlarga nisbatan o‘quv ishlari bo‘yicha raxbar o‘rinbosarlari (prorektor, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalari direktorlarning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari, filial direktori o‘rinbosarlari) takdimnomasiga ko‘ra intizomiy jazo choralari qo‘llanishi mumkin.

  6. Fakultet dekanati (o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo‘limi)

va kafedra (bo‘lim, laboratoriya va x.k.) tekshirilgan ob’ektiv strukturalashtirilgan (klinik) imtixon (OSI/OSKI) baxolash varakalarini, yozma ishlar bilan tanishish uchun ta’lim oluvchilarga imkon yaratib beradi. Ta’lim oluvchi kuyilgan balldan norozi bulsa, o’z ishi bilan tanishgandan so‘ng bir sutka davomida (joriy nazorat natijasidan norozi bo‘lganda — joriy nazorat natijalaridan xabardor bo‘lgan vaqtdan boshlab bir sutka davomida) fakultet dekani (o‘rta maxsus professional ta’lim muassasasi bo‘lim boshligi) nomiga apellyasiya shikoyatini berishi mumkin. Appelyasiya shikoyat arizasi tushgan kundan boshlab 3 kun ichida kurib chiqilib, xulosa beriladi.

  1. OSE/OSCE imtixonini baxolash o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Test imtixoni kompyuter vositasida maxsus o‘rnatilgan elektron dasturda amalga oshiriladi va test natijasi test yakunlangan sung ta’lim oluvchi e’tiboriga etkaziladi.

  2. Ta’lim muassasasida nazorat turlarini utkazilishi tegishli ta’lim muassasasining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (xodimi) tomonidan doimiy ravishda o‘rganib boriladi. Bunda nazorat turlarini utkazilish tartibi va ob’ektivlikni bo’zilish xolatlarida, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi xamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish