26
shifobaxsh maysa ustida egilib turgan qiz boshi ustidan uchib o’tibdi-da, katta harsangga
urilib, yerga tushibdi.
Cho’chib ketdan qiz o’rnidan sakrab turib, hayron bo’lib, o’q kelgan tomonga
qarabdi. Yigitning nigohi qizning qo’rquvdan dokadek oqarib ketgan ruxsoriga tushibdi-
yu – es-hushini yo’qotib qizga oshiq bo’lib qolibdi.
Yigit anchagacha qizning ortidan yurib undan uzr so’rabdi, qizning kiyim-boshi
tog’ maysalariga o’xshash rangda bo’lgani uchun uni payqamay qolganini tushuntiribdi.
U ichida shunday go’zal qizni mayib qilishiga bir baxya qolganidan ming pushaymon
bo’libdi.
Ammo qiz araz otidan tushmabdi – u yigitning uzrlariga e’tibor bermay, o’z
qishlog’i tomon ketaveribdi.
Umidsizlikdan yurak-bag’ri ezilgan yigit ham achchiq nadomat bilan o’z yurtiga
qaytibdi. Ammo ancha vaqt o’tsa ham o’sha gulyuz qizni unuta olmabdi. O’ylab-o’ylab,
qizga sovchi qo’yishga qaror qilibdi.
Sovchilar qirq kun tog’ning u tomoniga qatnabdilar. Qiz ularni rad javobi bilan
qaytaraveribdi. Qirq birinchi kuni qiz nihoyat g’ururidan tushib, rozilik beribdi.
Bu xabarni eshitgan yigit quvonchi ichiga sig’may to’y taraddudini ko’ra boshlabdi.
U shu qadar qiynalib erishgan mahbubining ko’nglini olish uchun to’yga bor bisotini
sarflabdi. U hatto to’ydan avvalgi kecha o’z uyidan to yorining mamlakati chegarasigacha
bo’lgan yo’lga suv septirib chiqibdi.
Ertasi kuni yigit ming hayajon va intiqlik bilan yangalar qizni olib kelishini kuta
boshlabdi. Ammo kun botishga yaqin kelsa ham, qiz yurtidan sahar tong yo’lga chiqqan
kelin karvoni yetib kelmabdi.
Yigit qattiq qayg’uga botibdi. Mahbubasidan xavotirlanib, hastalanib qolibdi.
Uning qishloqdoshlari tog ‘-u toshni kezib, kelin bo’lmish qizning qonga belangan
jasadini topib kelishibdi. Keyin bilishsa, yigit suv septirgan tog’ so’qmog’i ayozli tunda
muzlab qolgan, kelin mingan ot shu so’qmoqda sirpanib ketib, kelin bilan birga chuqur
jarga qulab tushgan ekan. Kelinni qutqarmoqchi bo’lgan yangalar ham, ular yetaklagan
sovg’a-salom ortilgan xachirlar ham jarga qulab halok bo’libdilar. Yigit esa uzundan uzoq
– biroq afsus va alamga to’la so’qqabosh hayotni yashab o’tibdi…
Yana bir g’amgin ertak. Ammo bunisi ham avvalgisi kabi juda ibratli. Ertaklar nega
ibratli bo’lishini bilasizmi? Chunki ular bizga
o’zgalarning
xatosi haqida so’zlaydi.
Odamzod har doim o’zgalarning xatosidan yaxshi saboq oladi – o’z xatolarini esa ko’ra
bilmaydi yoki ko’rsa ham, tan olmaydi.
Yuqoridagi qissadan hissa shu – kimki hayotidagi biror shaxs yoki vaziyatning
muhimligini haddan ziyod oshirib yuborsa, o’z istaklariga erisha olmaydi. Ertakdagi yigit
o’z mahbubasini va u bilan bo’lajak to’yini shu darajada ahamiyatli qilib yubordiki,
dunyo uni ikkisidan ham benasib qilib qo’ydi.
Bizni o’rab turgan dunyoda biror voqea, holat, shaxs yoki narsaga ortiqcha
ahamiyat berib yuborishimiz shu muhim deb hisoblangan voqea biz istamagan yo’sinda
sodir bo’lishiga, muhim bilingan shaxs yoki buyum bizga nasib qilmasligiga olib keladi.
Sizga yana bir sirni ochaymi?
Do'stlaringiz bilan baham: |