Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/108
Sana24.01.2022
Hajmi1,11 Mb.
#407371
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108
Bog'liq
l

 

28 

Xalqimizning  “shoshilgan  qiz  –  erga  yolchimas”  degan  dono  gapi  bor.  Bunda 

turmush o’rtoq topish tadbirini o’ta muhim qo’yib yuborgan odam – bu istagiga erisha 

olmasligi nazarda tutilgan. Zamonamizda bu maqol taxminan quyidagicha qilib aytilishi 

mumkin: “qizini turmushga berishga shoshilgan ota-onaning qizi ersiz qoladi”. Albatta, 

bu juda kulgili eshitiladi. Ammo, afsuski, atrofimizda aynan ana shunday holatlar juda 

ko’p uchrayapti. 

Shoshqoloqlik  –  tashqi  muhimlik  belgisi.  Shoshilgan  odam  ruhiy  noturg’un  va 

notabiiy holatda bo’ladi. Bu narsa tashqi xatti-harakatlarda ham namoyon bo’ladi – odam 

bir joyda turolmay qoladi, ko’zi har tomonga qaraydi, tishini tishiga bosadi va hokazo. 

Muhimlik – sizning faqat ruhiy emas, balki kuchli jismoniy zo’riqishingizga ham sabab 

bo’ladi. 

Injiqlik, talabchanlik, qattiqqo’llik, qaysarlik kabi holatlar ham kishi nimagadir o’ta 

katta ahamiyat berib yuborayotganidan dalolat. Bunga nikoh to’yi bo’layotgan qizga to’y 

libosi  ham,  dasturxondagi  noz-ne’matlar  ham,  bazm  zalining  bezatilishi  ham  yoqmay 

qolgan  holati  misol  bo’lishi  mumkin.  U  hammasi  bekam,  dabdabali,  esda  qoladigan 

bo’lishini shu darajada qattiq istaydiki, o’z injiqligi bilan hammaning ko’nglini buzadi. 

Agar kelin bo’lmish muhimlikni haddan tashqari oshirib yuborsa, u o’z to’yini o’zi buzib 

qo’yishi  tayin.  Bunday  to’y  rostdan  ham  unutilmas  bo’ladi  –  uni  hamma  anchagacha 

masxara bilan esga olib yuradi. 

Erkaklar o’z avtomobillarini o’ta yaxshi ko’rishlari – tashqi muhimlik tuyg’usiga 

yana  bir  kulgili  misol.  Ba’zilar  o’z  “temir  tulpor”larini  shu  darajada  ehtiyotlashadiki, 

Xudo ko’rsatmasin, biror yerini bilmay chizib qo’ying – naqd baloga qolasiz. Eng qizig’i, 

ba’zi avtosevarlar o’ta ehtiyotkor bo’lganidan avtomobilini biror joyga o’zlari urib  oladi. 

Hammamiz Ergash Karimov qoyilmaqom qilib rol o’ynagan kichik miniatyuralarni 

ko’rganmiz.  Ularning  birida  aktyor  Paxtakor  futbol  jamoasining  ishqibozi  rolini 

o’ynaydi.  Esladingizmi?  Paxtakor  yutgan  kuni  –  dunyo  gulzor.  Xudo  urib,  Paxtakor 

yutqazib qo’ysa – oila boshlig’i ichiga shayton kirib oladi. Uning oila a’zolariga bo’lgan 

munosabati uning shaxsiy hayotiga hech bir aloqasi bo’lmagan futbol o’yiniga bog’liq. 

O’z  ishqibozligini  hamma  narsadan  muhimroq  hisoblagani  uchun,  lavha  qahramoni 

alamidan qutula olmay, rahmatlik onasidan qolgan toshoynagacha hamla qilishga tayyor 

bo’lib qoladi. 

Bu,  albatta,  bo’rttirilgan  holat.  Ammo  oramizda  tashqi  jarayonlar  ahamiyatini 

oshirib, yaqinlari hayotini zaharlash darajasiga borgan kimsalar ham bor. Bunday xatoga 

har  kim  yo’l  qo’yishi  mumkin.  Axir,  qanchadan-qancha  odam  o’z  ishini,  firmasini, 

biznesini va yana nimasinidir yaqinlarining mehridan ustun qo’yib adashadi. 

O’z maqsadining muhimligini oshirish – eng mudhish holatdir. Bunda odam o’z 

niyatiga  erishish  yo’lida  hech  narsadan  qaytmaydigan  bo’lib  qolishi  mumkin.  Bunday 

odamning hayotini muhimlik to’lig’icha egallab olgan, unda zarracha baxt uchun ham joy 

qolmagan bo’ladi. 

Tashqi  muhimlik  tuyg’usi  va  u  keltirib  chiqaradigan  muammolar  haqida  soatlab 

gapirish mumkin. O’ylaymanki, endi o’zingiz hayotingizda nimalarga o’ta katta ahamiyat 

berib  yubordingiz-u,  bu  sizga  qanday  tashvishlar  yaratib  berganini  tahlil  qila  olasiz. 




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish