19
SESHANBA
Muhimlik
Hayotiy quvvat
O’zimizni tadqiq qilishni davom ettirishdan avval, keling,
hayotiy quvvat
tushunchasi bilan tanishib olaylik. Bu tur energiya haqida odamlar yaqin-yaqingacha
ilmiy tushunchaga ega bo’lishmagan. Umuman – bu soha hali yaxshi o’rganilmagan.
Ammo biz uchun hozirgacha to’plangan bilimlar yetarli.
Har bir organizmda ikki xil quvvat mavjud – jismoniy (fizik) va hayotiy. Jismoniy
energiya,
anglab turganingizdek, muskullar quvvati, tana harorati
va biologik faollik
uchun zarur boshqa quvvat turlari.
Hayotiy energiya – bu sizning ruhiy holatingizni belgilab beruvchi kuchdir. Agar
sizda g’ayrat-shijoat to’lib turgan bo’lsa, hayotiy quvvatingiz juda yuqori demak. Agar
siz hech bir ishtiyoqsiz, hamma narsaga befarq yashayotgan bo’lsangiz – unda hayotiy
quvvatingiz o’ta tushib ketgan.
Hayotiy quvvat jo’sh urib turgan tana o’zini juda tetik va yengil his etadi. Kuchli
sevinch hissi hayotiy quvvat oqimini kuchaytirib beradi. Misol uchun,
siz uzoq payt
ko’rmagan qadrdoningiz shaharga kelayotganini eshitib qoldingiz. Uni kutib olgani
borayotganda quvonchdan bosgan qadamingiz vaznini ham his etmaysiz.
Yoki katta xushxabar bemor odamni davolab qo’yishi mumkin. Va aksincha, kuchli
ruhiy zo’riqish hayotiy quvvatingizni shu darajada tushirib yuboradiki, bu sog’lig’ingizga
ham katta ta’sir ko’rsatadi. Noxush xabardan odamning hushini yo’qotishi bunga isbot.
Barchamiz tug’ilganimizda ma’lum miqdorda hayotiy
energiya bilan dunyoga
kelamiz. Hayot davomida uni turli narsalarga sarf qilamiz va shu zahira tugashi bilan
hayotdan ko’z yumamiz.
Tashvishlar, diqqatpazlik, kuchli ruhiy zo’riqish, turli salbiy tuyg’ular – bularning
bari hayotiy quvvat kushandalaridir. Nisbatan uzoq umr ko’rganlardan so’rab bilsangiz,
ularning hayoti bir maromda, keskin burilishlar va katta muammolarsiz o’tgan bo’ladi.
Hayotiy energiya zahirasini to’ldirish juda qiyin. Buning hozirda bizga ma’lum
yagona usuli – bu zavqlanish. Tabiat go’zalligi, diltortar musiqa yoki sevimli mashg’ulot
kishiga zavq berish bilan uning hayotiy quvvat darajasini ko’taradi. Tabiatga va san’atga
shunchalik qattiq bog’langanligimiz sababi ana shunda.
Kimdir Tangri yaratgan tabiat yoki inson yaratgan san’at na’munalaridan
bahra
olsa, yana kimdir o’zi yaratuvchilik qilib maroqlanadi. Boshqa odamlarga yordam berib
zavqlanuvchi insonlar ham bor. Va aksincha – boshqalarning tinchini buzib
zavqlanadiganlar ham bor. Bular quvvatxo’r odamlardir – ular sizning nozik yeringizdan
tutib, hayotiy quvvatingizni o’g’irlashtiradi. To’g’rirog’i, o’zingiz ularning nayrangiga
uchasiz va hayotiy quvvatingizni ularga berib qo’yasiz.
Hayotiy quvvatingizni ehtiyot qiling. Qitmir odamga duch kelsangiz – unga
nisbatan mutlaqo befarq bo’ling. U sizni u yoqdan bu yoqdan ilmoqchi bo’lib tirishadi –
ammo agar siz oxirigacha befarq qola bilsangiz, u sizni o’z holingizga qo’yadi. Qaytanga,
u sizning g’ashingizga tegish
uchun quvvat sarflaydi-yu, hech vaqoga erisha olmaydi.