Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
55 
Juda oddiy narsalar, shunday emasmi? Ammo bu oddiy narsalar ortida nooddiy 
sirlar yashirin. Maqsadga erishishda shubhani yengib o’tishning siri juda oddiy – 
o’z 
ishonchingizni bilim darajasiga yetkazing
. Ya’ni uni quruq ma’lumot tarzida emas
amaliy faollik sifatida namoyon qiling. 
Men sizga “Koptokni osmonga otsam, u yerga qaytib tushadi” desam – bunga 
ishonasizmi yoki buni bilasizmi? Buni bilasiz – buni isbotlashim shart emas. “Odam ucha 
oladi” desam-chi? Buni bilish tugul, ishonishingiz amri mahol. 
Maqsadga bo’lgan ishonchni bilimga aylantirish uchun – harakat kerak. Shunchaki, 
xayol surish – bu aqlning quruq ma’lumot bilan o’ynab o’tirishi. Aqlingiz bir narsaga 
dalil topsagina ishonadi – ungacha u shubhaning soyasidan chiqa olmaydi. Ammo isbotni 
kutib, siz vaqtni boy berib qo’yishingiz mumkin. 
Qalb – ishonmaydi. Bu gapimdan hayron bo’lmang. Qalb – rostdan ham hech 
narsaga ishonmaydi. U – hamma narsani biladi. Unga shubha notanish. U bir nimani 
istadimi – dunyo unga shu narsani berishini biladi. U shu bilimi bilan hayotiy 
energiyangizni maqsad tomon bexato burib beradi. Ammo tag’in o’yinga aql aralashib, 
fikr yuritadi: “Shoshmay tur – buni yaxshilab o’ylab ko’rish kerak. Rostdan ham buning 
iloji bormikan? Buni aynan shu usulda qilish kerakmikan? Buning oqibati yomon bo’lsa-
chi? Men kutgan narsalar sodir bo’lmasa-chi?..” Ana – shubha soyasi ortidan 
quvlashmachoq o’yini boshlandi. 
Aqlning shubha qopqoniga tushmaslik uchun 
– harakat qiling
. “Sendan harakat – 
mendan barokat” — deb Yaratgan bekorga aytmagan. Bu buyuk va’da. Tangri shu 
va’dasida turishiga ishonish shart emas – axir, siz buni bilasiz. Tangrining qudratiga 
shubha qilmaysiz-ku. 
Siz dunyoga o’z istagingizdagi buyurtmani berib qo’ying-da – shubhalarni 
o’zingizga yaqin keltirmang. 
Tasavvur qiling, rahbar xodimiga “Mana bu ishni qiling” deb buyursa-yu, xodim 
endi ishga kirishganda “Yo’q, shoshmang. Buni qilish shartmikan. O’ylab ko’ray. Yo’q 
– buning iloji borligiga ko’zim yetmaydi. Bu ishni qo’ying” desa. Keyin “Yana o’ylab 
ko’rsam, buni amalga oshirsa bo’larkan. Mayli, shu ishni qilganimiz bo’lsin. Ishni 
boshlayvering” desa. Zum o’tmay “Yo’q. Ming qilsa ham, bunga ko’zim yetmayapti” 
desa… 
Bunday betayin rahbardan naf kattamikan? U ikkilanish-u, shubhalari bilan o’zi 
istagan narsa ro’yobga chiqishini shuncha kechiktirib boraveradi. 
Dunyoga buyurtma berishda ham xuddi shu tamoyil ish beradi. Siz o’z 
buyurtmangizni shubha-yu ikkilanishlar bilan qancha “xiralashtirsangiz” – dunyo uni 
ro’yobga chiqarishga shuncha qiynaladi. Yana ham u sabrli – betayin rahbar qo’lidagi 
xodim jonidan to’yib, bir kun ishdan bo’shab ketishi mumkin, ammo dunyo har narsaga 
ko’naveradi. 
Bugungi subatni qo’rquvlardan boshlab, shubhalar bilan yakunlaganim bejiz emas. 
Har qanday shubha – qo’rquvning bolasi. Hayotimizni chigallashtiradigan shubhalar 
ijtimoiy qo’rquvlarimizdan kelib chiqadi. O’z qo’rquvlaringizni bartaraf etishdek ezgu 
amalni esa men siz aziz sirdoshim ixtiyoriga qoldiraman. Axir, siz endi shunday qila 
olishingizga ishonmaysiz 
– siz buni bilasiz




Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish