5-VARIANT
Topshiriqlar
1-topshiriq. 8-sinf o‘quvchilariga “Sodda va murakkab rejalar” mavzusini o‘qitish bo‘yicha bir soatlik dars ishlanma tayyorlang. Ushbu jarayonda nutqiy ko‘nikmalarning shakllanishiga alohida e’tibor bering.
Mavzu: Sodda va murakkab rejalar
Darsning maqsadi:
a) Ta'limiy: Sodda va murakkab rejalar haqida nazariy ma'lumot berish, o'quvchilarda sodda va murakkab reja haqida bilim,ko'nikma hosil qilish.
b) Tarbiyaviy: O'quvchilarda insoniy, ma'naviy-axloqiy fazilatlarni yanada shakllantirish.
d) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarning ilmiy va badiiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin va noodatiy fikrlashga ,muammoli vaziyatlarda qanday fikrlashga o‘rgatish.
Darsning turi: ta'limiy.
Dars jihozlari: multimedia vositalari,badiiy va ilmiy kitoblar,darslik, ko‘rgazmali qurollar.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism:
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
d) Siyosiy daqiqa
II. O‘tgan mavzuni mustahkamlash,uyga vazifani so'rab ,baholash.
III. Yangi mavzu bayoni: Butun bo‘lak (qism)lardan tashkil topadi. Shuningdek,
ushbu bo‘laklar yana qismlarga bo‘linishi mumkin. Biz
inshoda ham yoritilayotgan mavzuni oddiy «bo‘laklashi-
miz» – bir necha qismlarga ajratishimiz, ba’zan esa ularni
batafsilroq yoritish uchun bu bo‘laklarning ham ichki
qismlarini aniqlab olishimiz zarur bo‘ladi. Natijada, mu-
rakkab reja tuzishga to‘g‘ri keladi. Albatta, oddiy rejada
yozilgan inshoda ham kirish, asosiy qism, xulosa bilinib
turadi. Lekin murakkab rejada u yaqqol ko‘rinadi.
Murakkab rejani tuzish oddiy rejaga nisbatan qiyinroq,
lekin bu qiyinlik insho yozishni yengillashtiradi.
Bilib oling
Oddiy reja insho mavzusini bir bosqichda qismlarga
ajratish bo‘lsa, murakkab reja ajratilgan qismlarni yana
ichki qismlarga bo‘lish demakdir.
Sodda reja:
Sarlavha (insho mavzusi)
Reja:
1. Rejaning birinchi bandi.
2. Rejaning ikkinchi bandi.
3. Rejaning uchinchi bandi.
Murakkab reja
Sarlavha (insho mavzusi)
Reja:
I. Kirish. Insho yoʻnalishini ochib beruvchi band.
II. Asosiy qism:
1. Asosiy qismning birinchi bandi.
2. Asosiy qismning ikkinchi bandi.
3. Asosiy qismning uchinchi bandi.
4. Asosiy qismning toʻrtinchi bandi.
III. Xulosa. Insho mavzusini xulosalaydigan band.
Mustahkamlash uchun topshiriqlar.
1-topshiriq."Dunyoning ishlari" asaridan olingan hikoyani o'qing. Shu hikoya asosida sodda va murakkab reja tuzing . O'ylab ko'ring siz bu hikoyaga yana qanday sarlavha qo‘ygan bo‘lar edingiz?
SURAT
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
- O‘tirsang-chi, bolam. Birpas o‘tirgin.
- Bo‘ldi, ketdim.
- Shoshma, bolam. - Onam ko‘zimga odatdagidan boshqacha, qandaydir mung bilan termildi. - Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali yoqilg‘i olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...
- Nima edi?
Onam ko‘zimga hamon ma’yus termilib o‘tirardi.
- Suratga tushaylik, - dedi to‘satdan.
Ajablandim.
- Nega?
- Yaqinda men o‘laman.
Onam bu gapni xuddi: "Qo‘shninikiga chiqib kelaman", degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
- Qo‘ysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqdim ketdim.
Oradan ikki hafta o‘tdi-yu... Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman, o‘ylayman: sen nomard, sen ahmoq nimaga, nimaga o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bolsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko'chada... Nima, sen kino-yulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q!
2-topshiriq. Quyida "Xalqim-- faxrim" mavzusida bir qator rejalar berilgan. Siz bu rejalarni tartibga keltirib sodda va murakkab reja tuzing.
1. «Xalqim, ajdoding izi – moziyning qat-qatida».
2. Tenglar ichra teng.
3. Qo‘llari qadoq ona xalqimning.
4. Hurlik shamollari esdilar, mana.
5. «Qayga borsam, boshda do‘ppim, g‘oz yurarman gerdayib».
6. Yoshlar – xalqim qanoti va suyanchi.
7. Mangu yashaydi ozod o‘zbegim.
Uyga vazifa: Mazkur she'rni o'qing va shu she'r asosida sarlavha topib, insho yozing. Avval sodda reja, so‘ng shu sodda rejani to'ldirib murakkab rejaga aylantiring.
So‘nggi urush
(Abdulla Oripov)
Bir qadam qo‘ysang bas - naryog‘i o‘lim,
Bir qadam qo‘ysang bas. shaksiz halokat.
Odamzod boshida turibdi shu zum
Qazoyi muallaq, mudhish falokat.
Entikib ketadi nogoh yuragim,
Mash’um bu so‘zlarni tinglaganim dam.
Bugun faqat toshlar befarqdir, balkim, yo
Bugun, balki, faqat bulutlar beg‘am.
Asrlar so‘ngida yaralgan inson
Nahot endi o‘zin aylasa barbod.
Nahot oxiratga yuz bursa jahon,
Nahot karomatlar haq chiqsa, nahot.
Navoiy abasdir, Pushkin ham abas,
Rim yo‘q, Samarqand yo‘q, dahshat, alhazar!
Moziydan biror nom qolarmidi, bas,
Kelajakning o‘zi bo‘lmasa magar.
O, odam, har nega topinding nechun,
Ayt, u yaradimi biror-bir korga!
Falloh manglayidan o‘q yeydi bugun,
Sig‘inib turgan chog‘ parvardigorga.
Yo‘q, bu pok dillardan yiroq malomat,
Bu - bani odamga ko‘rgulik, sho‘rish.
Bu - sho‘rlik zaminga chang solgan ofat,
Bu - do‘zax, bu - o‘lim, bu - so‘nggi urush.
Alhazar, olamda nainki odam,
Hayotning o‘zi ham kirsa qabrga.
Koinot qa’rida zamindan u dam
Nahot eshitilsa so‘nggi qasirg‘a.
Nahotki, tangri ham, iblis ham ko‘r-kar,
Osiy banda bilan ketsa jonhalak.
Ayt-chi, sobit kuching bor bo‘lsa magar,
Bizni ne murodda yaratding, falak?!
Bu bari - asrimiz kashf etgan balo,
Bu - yovuz sarmoya, ko‘ru kar, so‘qir.
Boshimiz ustida turibdi guyo
Bir soch tolasiga bog‘langan shamshir.
Ummon ortidagi mitti qiz Smit
Jahon taqdiri deb jar solar bu choq.
Hayhot, o‘shal joyda qaysidir palid
Uning qismatiga qayraydi pichoq.
Munis O’zbegimning osoyish chog‘in,
Kuylamoq menga ham baxtdir bazavol.
Kurashlarda o‘tgan farzandlar dog‘in
Unutmoqni lekin kim qilar xayol.
Har kim ona deydi mushfiq yerini,
Oh, ne g‘am, onani kulfatda ko‘rish.
Mayli, shoir yozsin so‘nggi she’rini,
Faqat, bo‘lmasa bas, so‘nggi bu urush!
1983
Do'stlaringiz bilan baham: |