Sodda va murakkab rejalar


-topshiriq. “Insho yozishga o‘rgatishning samarali usullari” mavzusida metodik tavsiyalar tayyorlang



Download 13,73 Kb.
bet2/2
Sana16.01.2022
Hajmi13,73 Kb.
#374684
1   2
Bog'liq
2-laboratoriya. Eshonxonova Sitora

2-topshiriq. “Insho yozishga o‘rgatishning samarali usullari” mavzusida metodik tavsiyalar tayyorlang.

Insholar yozish qobiliyati nafaqat maktabda yaxshi baholar olish, balki shaxsning umumiy ijodiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Biroq, ona tili va adabiyoti darslarida bolaga yaxshi insho yozish qoidalarini o’rgatishning imkoni yo’q. Ushbu ko’nikmani shakllantirish uchun ota-onalar va o’qituvchilar o’ziga xos usulda yo’l tutishlari kerak. Masalan, hozirgi kunda bolalarni oddiy darslik bilan qiziqtirish juda qiyin, shuning uchun, darslikdan biroz chetga chiqqan holda o'quvchini aynan o'zi qiziqadigan mashg‘ulot orqali mavzuni yoritishga harakat qilish kerak. Ya'ni, tanlangan mavzuga oid materiallar ko‘rsatish: kino,ko'rsatuv, multfilm qo'yib berish, rasmlar orqali tasavvurini kengaytirish, audiomateriallar, slaydlar orqali yana turli multimedia vositalari orqali bolani qiziqtirish, insho mavzusiga doir keng tasavvur uyg'otganda bola uchun ham insho yozish sal osonlashadi va insho mavzusiga doir fikrlari kengayadi.

Bolalarni rag‘batlantirish. Har qanday bola mukofotni xohlaydi,u kichkina bo'lsa ham katta bo‘lsa ham bola shu mukofotga intilib ,harakat qiladi. Insho yozdirishdan oldin eng yaxshi yozilgan inshoga mukofot berilishi aytilsa ,menimcha, har qanday bola fikrlashga, inshoni yaxshi yozishga harakat qiladi.
3-topshiriq. Quyida berilgan insho mavzusiga mos keluvchi didaktik material (rasm, matn, audio va video materiallar, yozish strategiyasi, hikmatli so‘zlar, rivoyatlar) tayyorlang. Tanlagan materialingizni qisqacha izohlang.

“Qutadg‘u bilig” dostonida ramziy obrazlar

Qutadg‘u bilig» – qut (saodat, baxt) keltiruvchi bilim demakdir. Bu asarning maydonga kelishi nihoyatda kuchli hayotiy zarurat va ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq. Ijtimoiy- siyosiy maydonda arablar hukmronligining yemirilishi va mahalliy mustaqil davlatlarning qaror topishi uning ma’naviy asoslarining ham yangilanishi va mustahkamligini taqozo etar edi. U o‘sha paytdagi Qoraxoniylar davlatining falsafiy-axloqiy yo‘riqnomasi sifatida paydo bo‘lgan. Adib asarida turkiy xalqning badiiy-estetik tafakkurining kuchi va qudratini ko‘rsatib bera olgan. Asar voqealari unchalik murakkab emas. Ular ramziy qahramonlarning hayotiy faoliyati va ularning o‘zaro suhbatlari asosiga qurilgan.Asarda to‘rtta yetakchi qahramon bor:

Kuntug‘di – elig (hukmdor) – Adolat timsoli.

Oyto‘ldi – vazir – Davlat timsoli.

O‘gdulmish – vazirning o‘g‘li (otasining vafotidan keyin vazir) – Aql timsoli.

O‘zg‘urmish – Oyto‘ldining uzoq qarindoshi, zohid – Qanoat (ofiyat) timsoli. Ularning har biri ramziy tarzda adolat, davlat, aql va ofiyat (qanoat)ni aks ettiradi. Ayni paytda asarda ular muayyan lavozim egasi sifatida ko‘rinadi. Asar qahramonlarning o‘zaro suhbati asosiga qurilgan.

Yusuf Xos Hojib «Davlat Adolat va Aql bilan boshqarilmog‘i kerak» degan fikrni ramziy shaklda ifodalagan.

O‘gdulmish va O‘zg‘urmishning savol-javoblari ba’zan keskin munozara darajasiga yetadi. O‘gdulmish shunda ham bosiqlik qiladi, aql bilan fikr yuritadi, natijada O‘zg‘urmishni o‘z g‘oyalariga ishontira oladi. Uning fikricha:

Xudo berdi qulga ikki ko‘z, quloq,

Ular bilan dunyo, oxiratga boq.

Ushlash uchun berdi yana ikki qo‘l,

Biri dunyo, biri oxiratga yo‘l.

Ikki oyoq berdi yana yurishga,

Biri u yon, biri bunda turishga.

Bugina emas, dunyoviy ishlarning barchasi hayotiy zarurat ekanligini ham u tinmay uqtiradi. Shu maqsadda dehqon,savdogar, chorvador, hunarmand, kambag‘allar, oila, bola-chaqa, ularning tarbiyasi haqida ham gapiradi, tushuntiradi.

Asardan parchalar:

1.Senga kim qilarkan odamgarchilik,

Javob ber unga sen qilib yaxshilik.

Vafoga vafodir kishilik haqi,

Vafo qil, odil bo’l, nom ol mangulik.

2.Uquvli tirikdir, uquvsiz – o’lik,

Kelu, ey uquvsiz, uquv ol ulig (ulush, hissa)

3.Biliglik uqushlug’ kishi ul kishi,

Aningda naru barcha yilqi tushi.

Ma’nosi: Bilimli, zakovatli odam odamdir,

Undan boshqa barcha (kishi) yilqi tengdir.

4. Biliglig’ uqushlug’ bilar bilsa ish,

Biliglig’ uqushlug’ qilur qilsa ish.

(Bu baytda takrir, qofiya, radif kabi she’riy san’atlar qo’llangan)



Ma’nosi: Ishni bilsa, bilimli, zakovatli bo’ladi,

Ish qilsa, bilimli, zakovatli qiladi.
Download 13,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish