Sodda psixik jarayonlar


Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar



Download 144,94 Kb.
bet10/19
Sana01.06.2022
Hajmi144,94 Kb.
#626427
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
2 5463121374568516876

Muskul-harakat sezgilari motor sezgilar deb nomlanib, ularga og’irlikni, qarshilikni, organlar harakatini bilish sezgilari kiradi. Ularning organlari-gavda muskullari, paylar, bo’g’imlardan iboratdir. Organlarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud bo’lib, ularning ta'sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi. Muskul - harakat sezgilarining fizik sababi muskullarga ta'sir etuvchi narsalarning mexanik tazyiqi va gavda harakatlaridir.
Statik sezgilar gavdaning fazodagi holatini sezish va muvozanat saqlash sezgilari deb ataladi. Gavdaning fazodagi holatini bilish va muvozanat saqlash sezgisi uchun ichki quloqdagi vestibulyar apparat reseptor vazifasini bajaradi. Vestibulyar apparat quloq dahlizi yarim doira kanallaridan tashkil topgan bo’ladi, sezuvchi nerv tarmoqlari esa gavdaning fazodagi harakatini va holatini boshqaradi. Gavda muvozanatini saqlashda alohida ahamiyat kasb etib, ular endolimfada suzib yuradigan mayda ohaktosh kristallardan tashkil topgan.
Organik sezgilar: Organik sezgilarning reseptorlari ichki organlarda, qizilo’ngach, me'da, ichak, qon tomirlari, o’pka va shu kabilarda joylashgan bo’ladi. Ichki organlardagi jarayonlar organik sezgilar reseptorlarining qo‘zg’atuvchilaridir. Ularga quyidagilar kiradi: a) og’riq sezgilar; b) chanqoq sezgilari; v) noxush tuyg’ular; g) ochlikni sezish.



    1. Idrok va uning qonuniyatlari.

2400 yil avval buyuk faylasuf Platon shunday yozadi: biz predmetlarni sezgilar orqali aqlimiz bilan idrok qilamiz. Inson predmetlarni uzluksiz idrok qiladi va ular doimo almashinib turadi. Quyidagi sxemada idrok qilishning o‘ziga xos tomoni keltirilgan. Biz ta’sir etayotgan qo‘zg‘atuvchilarni faqatgina sezib qolmay ularni idrok ham qilamiz13.
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib, barcha ruhiy holatlar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Idrok sezgiga nisbatan bir muncha murakkabroq, to’laroq aks ettirish jarayoni bo’lib, sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turgan narsa va hodisalarni butun belgi hamda xususiyatlari bilan butunligicha, ya'ni yaxlit aks ettirishdan iboratdir. Masalan, olmani ko’rgan paytimizda uning shakli, rangi, ta'mi, hidi va navi bilan birgalikda bir butun narsa tarzida idrok etamiz. Demak, idrok qilish jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz qatnashadi.
Shuning uchun ham idrok sezgiga nisbatan ancha murakkab aks ettirish jarayonidir. Shaxs tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning faqat ayrim xossalarini ongda aks ettirib qolmaydi, balki ularning barcha xossalarini birgalikda bir butun holda ham aks ettiradi.
Psixologik adbiyotlarda idrok tushunchasiga turlicha ta'riflar uchraydi. Jumladan M.Vohidovning "Psixologiya" darsligida idrok deb sezgi a'zolarimizga ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni yaxlit holicha aks ettirishga aytiladi, deb keltiriladi.
V.Karimovaning "Psixologiya" o’quv qo’llanmasida idrok bu bilishimizning shunday shakliki, u borliqdagi ko’plab xilma-xil predmet va hodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob'ektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettirishimizni ta'minlaydi.
Keltirilgan ta'riflardan kelib chiqqan holda idrokka quyidigicha ta'rif berish mumkin: Idrok-deb sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Kishi narsa-hodisalarning ayrim xossalarini sezadi. Uni bir butun holda idrok qiladi. Chunki narsa va xossa bir-biridan ajralgan holda mavjud bo’lmaydi. Odam narsalarni idrok qilayotganda uning ayrim xossalarini sezadi. Masalan: chaqmoq qandni idrok qilinadi, uning shirinligi seziladi. quyoshni idrok qilinadi, uning issiqligi seziladi va boshqalar.
Idrok qo‘zg’atuvchilarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiriladi. Shuning uchun idrok ayrim sezgilarning oddiy yig’indisidan iboratdir, degan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo’lgan hissiy bilishning sifat jihatidan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning muhim tomonlaridan biri - uning xususiyatlarini turli jabhalar, vaziyatlar, sharoitlarda namoyon bo’lishidir. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri - bu faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish (perseptiv) faoliyatini uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to’plagan tajribalari shuningdek, murakkab analitik-sintetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi.
Idrokning yana bir muhim xususiyati, uning narsa va hodisalarni umumlashgan holda aks ettirilishdir. Ma'lumki, inson psixikasiga kirib borayotgan ko’p qirrali, ko’p yoqlama amallari idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmasdan, balki o’sha majmua aniq qism yoki hodisa sifatida baholanadi.
Idrokning navbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan: toshko’mir yoruqlikda yoqdu sochadi, oq qog’ozdan ko’proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsalarni "qora" va "oq" deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub'ektiv taassurotlarga nisbatan o‘zgartirishlar, tuzatishlar kiritadi.
Idrok jarayonida deyarli barcha sezgilarimiz ishtirok etsa ham idrok sezgilarimizning oddiy yig’indisidan iborat deb bo’lmaydi. Idrok jarayonida turli sezgilarimizdan tashqari odamning shu paytgacha orttirilgan turmush tajribasi ham ishtirok etadi. Odam o‘z turmush tajribasida juda ko’p narsa va hodisalarni takror-takror idrok qilgani tufayli odamning idroki anglanilgan xarakatlarga egadir. Shuning uchun yetarli turmush tajribasiga ega bo’lgan odam (ya'ni katta yoshli odamlar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanligini anglashga yordam beradi. hech qanday turmush tajribasiga ega bo’lmagan odam, (ya'ni chaqaloq, bolalar) idrok qilayotgan narsasi nima ekanini hali mutlaqo bilmaydi.
Idrok jarayoni shunchaki oddiy aks ettirishdan iborat emas. Idrok jarayonida odamning diqqati, xotirasi, tafakkuri, xayoli, hissiyoti va irodasi ishtirok etadi. Chunonchi, odam diqqatini qaratmasdan (yo’naltirmasdan) birorta narsani ham mutlaqo idrok eta olmaydi.
Vizual ma’lumotlarni idrok etish jarayonida diqqat ham katta o‘ringa ega bo‘ladi. Treisman vizual rasmning dastlabki asosiy xususiyatlarini (rang, yo‘nalish, hajm va masofa) kodlashtirib, ular bilan parallel ravishda xususiyatlar xaritasini shakllantiradi. Bu xarita boshqaruv xaritasi bilan birlashtirilgan bo‘ladi. Diqqat yo‘naltirilgan ob’ekt quyidagi sxema asosida tahlil qilinib, yo‘nalish hamda xususiyatlar xaritasi shakllantiriladi. Idrok etilayotgan predmetning xususiyatlari integrativ zonada tahlil qilinib, miyada predmetning yaxlit obrazi va u bilan bog‘liq bilimlar tarkib topadi.

Download 144,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish