Sodda gap tasnifi


II.BОB. SODDA GAPLARNING ASOSIY TURLARI VA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR



Download 76,79 Kb.
bet5/8
Sana26.06.2022
Hajmi76,79 Kb.
#706565
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
sodda gap tasnifi11

II.BОB. SODDA GAPLARNING ASOSIY TURLARI VA ZAMONAVIY TADQIQOTLAR
2.1. Sodda gaplarning asosiy turlari
Sodda kesim bir so‘z bilan ifodalanadi: 1.Sen bahorni sog‘inmadingmu? 2. Majlis shunga qaror qildi. Qo‘shma, juft, takroriy so‘z, ibora bilan ifodalangan kesim ham sodda kesim deyiladi. Chunki u yaxlit holda bitta so‘z yoki unga teng hodisa7.
Murakkab kesim birdan ortiq so‘z bilan ifodalanadi: 1.Ayozli kunlar birin-ketin o‘tib borayotir. Murakkab kesim tarkibidagi ikkinchi so‘z ko‘makchi fe’l, bog‘lama, nisbiy so‘z bo‘lishi ham mumkin. Murakkab kesimga misol: a) birikmali: Bu kun biz uchun og‘ir kun; O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat; b) to‘liqsiz fe’lli so‘z: anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi; d) ko‘makchili so‘z: hammasi sen uchun, Dilovar uchun; e) bog‘lamali: (q. Bog‘lamaBunday odamlarni nodon hisoblashadi; f) ko‘makchi fe’lli: hamma ham xalqiga xizmat qilgisi keladi. Murakkab ot-kesim quyidagi xususiyatga ega: a) ot/sifat/son/olmosh/ravish+"bo‘lmoq" fe’li yoki to‘liqsiz fe’l: Mehnat qancha qiyin bo‘lsa, noni shuncha shirin bo‘ladi; b) yo‘q/bor/oz/ko‘p/zarur/lozim/kerak+bo‘lmoq fe’li yoki to‘liqsiz fe’li: Uzoqda ko‘ringan sharpa bir zumda yo‘q bo‘ldi; d) harakat nomi+kerak/lozim/shart/darkor: Choyxona yangi solingan qishki binoga ko‘chib kirishi va bayramda ochilishi kerak edi.
Ega. Gapdagi xabarning kim yoki nima haqida ekanligini bildirib, kesimga tobe bo‘lgan bo‘lak – ega. Ega kim, nima, qayer so‘rog‘iga javob bo‘ladi: Kishilar (kim) Hakimani va boshqa qizlarni maqtashdi. O‘tloqda bedana (nima) ko‘p. Atrof (qayer?) jimjit. Ega bosh kelishikda bo‘ladi va ifodalanishi, odatda, quyidagicha: 1) ot: shamol gul hidlarini atrofga taratdi; 2) olmosh: ular to‘garak mashg‘ulotiga muntazam qatnashadi; 3) harakat nomi: o‘qish tugadi; 4) otlashgan (sifat, son, sifatdosh, ravish, taqlid) so‘z: yaxshilar (sifat) ko‘paysin, yomon qolmasin. Ikkovimiz (son) dala aylandik. Bilgan (sifatdosh) bilganin ishlar, bilmagan (sifatdosh) barmog‘in tishlar. Ko‘plar (ravish) qatnashdi. Uzoqdan to‘plarning gumbur-gumburi (taqlid) eshitilardi; 5) ibora: Uning yuziga oyoq qo‘yish axloqimizga zid; 6) kengaygan birikma: Otlarning otxonaga olib o‘tilmagani Ziyodillani taajjublantirdi. Ba’zan teng aloqadagi bir necha so‘z ham butunicha yoki bo‘lak-bo‘lak ravishda ega bo‘lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi. Ba’zan ega chiqish kelishigidagi so‘z bilan ham ifodalanishi mumkin. Bunda haqiqiy ega tushirilgan, undan oldin kelayotgan chiqish kelishigidagi so‘z ega vazifasini ifodalaydigan bo‘lib qoladi: Unda ham bu kitobdan bor. Bu gapdagi haqiqiy egani tiklash mumkin: Unda ham bu kitobdan biri bor tarzida.
Hamma gapda ega qatnashavermaydi. Shu nuqtai nazardan gap egali va egasiz gapga bo‘linadi. (q. Gap).
Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligi. Ega bilan kesimning shaxs-sonda mosligini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: a) shaxsda moslik; b) sonda moslik. Shaxsda moslik. Ega va kesim bir-biri bilan shaxsda hamma vaqt mos bo‘ladi: Biz maktab jamoat ishida faol qatnashamiz. Nutqda Hayron bo‘lasan kishi tarzidagi gap qo‘llanadi. Bu gapda ega va kesim shaxsda moslashmagan: ega (kishi) III, kesim esa II shaxsda. Bu – kam uchraydigan hodisa. Sonda moslik. Bunda quyidagi holat muhim: a) fe’l-kesim I va II shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda mos bo‘ladi: Biz yordam berdik; b) kesim III shaxsda ega bilan hamma vaqt sonda moslashavermaydi: 1) kishini bildirgan III shaxsdagi ega bilan fe’l-kesim sonda mos bo‘ladi: Dehqonlar ishni boshlab yubordilar; 2) ko‘plikdagi kishini emas, narsa-buyumni bildirsa, fe’l-kesim, odatda, ega bilan sonda moslashmay, birlikda ishlatiladi: Kitoblar olindi; 3) ot-kesim ko‘plikdagi ega bilan ko‘pincha moslashmaydi: uyda akam, opam va singlim bor edi; 4) gapda eganing aniqlovchisi miqdor son bilan ifodalansa, kesim va ega birlik shaklida bo‘ladi8Uchta qiz yordamga keldi. Ega va kesim mosligini yuzaga keltirishda ohang muhim o‘rin tutadi: 1.Yer xazina – suv oltin. 2. Qo‘l - yaratuvchi. 3.Bu – maktab, do‘stim.
Ega bilan kesim orasida tirening ishlatilishi. Quyidagi holatda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yiladi: 1) gapning kesimi bosh kelishikdagi ot bilan ifodalanib, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa: Toshkent – go‘zal shahar; 2) gapning egasi yoki kesimi yoxud ikkisi ham harakat nomi bilan ifodalansa va bog‘lama bo‘lmasa: kulish – umrni uzaytirish vositasi; 3) gapning egasi yoki kesimi birikma bilan ifodalanib, tenglik, o‘xshatish, kabi ma’noni bildirsa va bog‘lama bo‘lmasa: Yaxshi qiz – yoqadagi qunduz; 4) ega yoki kesim ko‘rsatish olmoshi yoxud miqdor son bilan ifodalanib, alohida ajratib ko‘rsatilsa, bog‘lama yoki kesimlik qo‘shimchasi bo‘lmasa: 1.Ana shu – mening uyim. 2.Uch karra uch – to‘qqiz; 5) ega bilan kesim bu, u, mana bu so‘zi bilan ajratilganda tire shu so‘zdan oldin qo‘yiladi9Istiqlol – bu o‘zbek xalqining azaliy orzusi.
Quyidagi holatda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilishi lozimdek bo‘lsa ham, qo‘yilmaydi: 1) ega kishilik olmoshi bilan ifodalangan bo‘lsa va bog‘lama bo‘lmasa ham: U tajribali iqtisodchi; 2) kesim bosh kelishikdan boshqa kelishik qo‘shimchasini olgan bo‘lsa: butun umidimiz sendan; 3) ega bilan kesim o‘rtasida ham yordamchi so‘zi bo‘lsa: Men ham kichik paxtakor; 4) kesim sifat, son (miqdor sondan tashqari), ravish bilan ifodalansa: 1.shahrimiz go‘zal. 2.Kitoblar soni beshta. 3.Mening orzularim ko‘p. 5) ta’kidlash uchun yuklama qo‘llanganda: 1.Men ham talaba. 2.Yer xazinami? 3.Bu kitob-ku? Ba’zan ta’kidni kuchaytirish uchun kesimlik qo‘shimchasi bo‘lishiga qaramay, egadan keyin tire qo‘yilishi mumkin: Adabiyot — hayotning badiiy ifodasidir.
BOG‘LAMA
Kesimni shakllantiruvchi va uni ega bilan bog‘lovchi ko‘makchi fe’l, to‘liqsiz fe’l (edi, ekan, emish) va shuningdek, bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq, deyilmoq kabi vaqtincha lug‘aviy ma’nosini yo‘qotgan ayrim mustaqil so‘z, kerak, lozim, zarur, shart, darkor kabi modal ma’noli so‘z – bog‘lama. Mustaqil so‘z -moq, -(i)sh qo‘shimchali harakat nomi bilan kelib kesim tarkibida qatnashganda kesimlik so‘zi ham deyiladi. Ular yuqorida aytilgan ot (shart), modal (kerak, zarur, lozim, darkor, mumkin, muhim) turkumiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Kesim ot, sifat, son, olmosh va bor, yo‘q so‘zi bilan yoki turli modal, undov bilan ifodalansa, ega bilan moslashtirish uchun bog‘lamadan foydalanamiz: a) -dir: Tamagirlik bilan topilgan eng kichik narsa ham bebaqodir. b) to‘liqsiz fe’l: Shu shaharning mevasi erurmiz. Deydilar: sog‘liq hayot bergan ehson ekan. d) bo‘ldi, qildi, etdi yordamchi fe’li: Harom mol kishini halok etadi. Kecha biz bakovul bo‘ldik. O‘qituvchimiz majlis qildi; e) ayrim mustaqil fe’l: Muallim ulug‘ zot sanaladi. Ozodlik buyuk ne’mat hisoblanadi.
BOSH HARF IMLOSI
Bosh harf imlosi – 1995- yil 24- avgustda qabul qilingan “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ning 66–74- paragraflarini o‘z ichiga oluvchi bosh harf bilan yozish haqidagi imlo qoidasi to‘plami.
Bosh harflar quyidagi hollarda ishlatiladi10: 1) kishining ismi, ota ismi, familiyasi, taxallusi, ramziy atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Dilbar, O‘rinova, Muhabbat Majidovna, Azamat Shuhrat o‘g‘li, Hamza Hakimzoda, Muhammadsharif So‘fizoda, Mannon Otaboy, Navoiy, Furqat; Yelpig‘ichxon, Salomjon Alikov kabi; 2) joy nomi bosh harf bilan boshlanadi: Andijon, Yangiyo‘l (shaharlar), Naymancha, Buloqboshi (qishloq), Bodomzor, Chig‘atoy (mahallalar), Zavraq (dara), Yorqoq (yaylov), Qoratog‘,Pomir (tog‘), Oqtepa, Uchtepa (tepa), Zarafshon, Sirdaryo (daryo), Yoyilma (kanal); Turkiya, Hindiston (mamlakat) kabi. Bunday atoqli ot tarkibidagi sifatlovchi ham bosh harf bilan yoziladi: Shimoliy Kavkaz, Markaziy Qizilqum kabi; 3) yulduz va sayyora, boshqa xil osmon jismining atoqli oti bosh harf bilan boshlanadi: Hulkar, Qavs, Mirrix (yulduz va sayyoralar nomi), Tinchlik dengizi (Oydagi relyef nomi) kabi. Yer, quyosh, oy turdosh otlari sayyora nomi bo‘lib kelgandagina bosh harf bilan yoziladi: Yer Quyosh atrofida, Oy Yer atrofida aylanadi; 4) madaniy-maishiy va savdo korxonasiga, adabiyot va san’at asariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotiga, shuningdek, transport vositasi, sport inshootiga qo‘yilgan nom bosh harf bilan boshlanadi: “Tong” (mehmonxona), “Saodat” (firma), “Navro‘z” (xayriya jamg‘armasi), „Kamalak» (matbaa birlashmasi), “G‘uncha” (bog‘cha), “Botanika” (sanatoriy), “Paxtakor” (stadion), “Qutlug‘ qon” (roman), “Dilorom” (opera), “Tanovar” (kuy), “Ozodlik” (haykal), “Jasorat” (yodgorlik), “Sino” (sovutgich) kabi; 5) muhim tarixiy sana va bayram nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami kabi; 6) davlat, davlat oliy tashkiloti va mansabining, xalqaro tashkilot nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi: O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Misr Arab Respublikasi, O‘zbekiston Respub­likasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining Raisi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon Tinchlik Kengashi kabi. Boshqa tarkibli nomda oliy mansabni bildiruvchi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: Bosh vazirning o‘rinbosari, Mudofaa vaziri, Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi kabi. Vazirlik va idora, korxona va tashkilot nomi tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi: Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fan va texnika davlat qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Tilshunoslik instituti kabi; 7) davlatning oliy darajali mukofoti nomi tarkibidagi har bir so‘z bosh harf bilan bosh­lanadi: “O‘zbekiston Qahramoni” (unvon), “Oltin Yulduz” (medal). Boshqa mukofot, faxriy unvon, nishon nomidagi birinchi so‘zgina bosh harf bilan boshlanadi: “Sog‘lom avlod uchun” (orden), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” (faxriy unvon), “Matbaa a’lochisi” (nishon) kabi; 8) gapning birinchi so‘zi bosh harf bilan boshlanadi: Yer tagidan Muqaddasga bir qarab oldim (O.Yoq.). (Eslatma: 1) ko‘chirma gapdan keyin kelgan muallif gapining birinchi so‘zi (agar u atoqli ot bo‘lmasa) kichik harf bilan yoziladi“Bu men”, – qo‘rqibgina javob berdi ko‘laga (O.Yo­q.); 2) xatboshiga gapning sanaluvchi qismi chiqarilganda bunday qism oldidan chiziq qo‘yiladi va ular kichik harf bilan yoziladi: Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rishga tayyorlash vaqtida tegishli organ (mansabdor shaxs) quyidagi masalani:
mazkur ishni ko‘rib chiqish uning huquq doirasiga kirish-kirmasligini;
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi protokol va ishga oid boshqa material to‘g‘ri tuzilgan-tuzilmaganligini ... hal qiladi; 3) gapning qismlari qavsli raqam yoki qavsli harf qo‘yib sanalsa, bunday qism ham kichik harf bilan yoziladi: Hozirgi o‘zbek adabiy tilining lug‘at boyligi asosan besh manba negizida tarkib topgan: 1) umumturkiy so‘z; 2) o‘zbekcha so‘z; 3) tojik tilidan kirgan so‘z; 4) arab tilidan kirgan so‘z; 5) rus tilidan kirgan so‘z (“O‘zbek tili” darsligidan); 9) tarkibli nomning bosh harfidan iborat qisqartma, atoqli ot bo‘lmagan ba’zi birikmaning qisqartmasi bosh harf bilan yoziladi: AQSH (Amerika Qo‘shma Shtatlari), BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti), AES (atom elektr stansiyasi) kabi. Qisqartma tarkibida bo‘g‘inga teng qism bo‘lsa, uning birinchi harfigina bosh harf bilan yoziladi: ToshDTU (Tosh­kent davlat texnika universiteti) kabi.
BOSHQA TILDAN O‘ZLASHGAN AYRIM SO‘Z TALAFFUZI
Boshqa tildan o‘zlashgan so‘zning talaffuzida o‘ziga xos me’yorlar bor. Ular quyidagilar: 1.Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo‘lmagan, shuning uchun jonli so‘zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o‘zlashgan so‘zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan. 2. So‘z yoki bo‘g‘in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo‘lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan – jonli so‘zlashuvda so‘z yoki bo‘g‘in boshida yoxud bo‘g‘indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf > ishkop, stakan > istakon, plan > pilon, traktor > tiraktir kabi. Bunday holat so‘z oxirida ham uchraydi: aql > aqil, fikr > fikir, ilm > ilim, hukm > hukum kabi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida bunday so‘zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu tipdagi so‘zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to‘g‘ri belgilashga ham yordam beradi. 3. Umumturkiy so‘zlarda ikki unli yonma-yon qo‘llanmaydi, bu hol arab tilidan o‘zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so‘zlar talaffuziga ta’sir qilgan: oila, doir, rais so‘zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir, rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so‘zlari esa unlilarning diftonglashuviga – mo:rip, so:dat, mutola: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so‘z o‘zlashtirishning faollashganligi, ruscha o‘zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me’yorlarini o‘zbek tiliga aynan singdirish an’anasining ustun bo‘lganligi o‘zbek tilida ikki unlining so‘z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hol arabcha o‘zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga ko‘tardi. 4. Arab tilidan o‘zlashtirilgan ta’na, da’vo, ma’no, e’lon, me’mor, mo‘tabar kabi so‘zlarning birinchi bo‘g‘inidagi unlilar cho‘ziqroq talaffuz etiladi. 5. Rus tilidan o‘zlashgan so‘zlarda «i» unlisi o‘zbek tilining «i» unlisidan torroq va cho‘ziqroq talaffuz etiladi. tish (o‘zb.) – tip > ti:p (rus.), til (o‘zb.) – tir > ti:r (rus.) kabi. 6. Ruscha leksik o‘zlashmalarning urg‘usiz bo‘g‘inidagi «e» unlisi o‘zbekcha «e»dan ancha tor («i»ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon > tilifon., televizor > tilivizir, adres > adris kabi. 7. Rus tili orqali o‘zlashgan so‘zlarda «a» unlisi o‘zbekcha «a»dan yo‘g‘onroq talaffuz etiladi: kana (o‘zb.) – kanal (rus) kabi. 8. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagi o‘rta keng, lablangan «o» unlisi urg‘uli bo‘g‘inda o‘zbek tilidagi o‘rta keng, lablangan «o‘»dan kengroq talaffuz etiladi: ton (rus.) – to‘n (o‘zb.), tok (rus.) – to‘q (o‘zb.), tort (rus.) – to‘rt (o‘zb.) kabi. 9. Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so‘zlarning boshida bir «o‘» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro‘za>o‘raza, rus>o‘ris, ro‘mol>o‘ramol kabi. Adabiy talaffuz me'yori sifatida ro‘za, rus, ro‘mol shakllari saralangan. 10. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz «f» tarzida talaffuz qilinadi: aktiv > aktif, passiv > passif, ustav > ustaf, kursiv > kursif kabi; «v»ning jarangsizlanishi so‘z ichidagi assimilyativ holatda ham yuz beradi: avtomat > aftomat, stavka > stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o‘zbek tilining o‘z so‘zlarida qo‘llanadigan lab-lab «v» undoshi so‘z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham «f» ga o‘tmaydi: ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi). 11. Rus tilidan o‘zlashtirilgan so‘zning ko‘pchiligida urg‘u erkin bo‘ladi, bu hol o‘zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlas, trolleybus, tramvay kabi. 12. O‘zbek tilidagi urg‘u asosan so‘zning oxirgi bo‘g‘iniga tushadi, ammo ayrim o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u so‘zning oldingi bo‘g‘inlarida bo‘lishi ham mumkin: hamma, jami, hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo‘lish adabiy talaffuz me’yoriga amal qilish imkonini beradi.



Download 76,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish