Sobitjon Inog’omov tibbiyot qurilmalarida



Download 2,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana13.07.2022
Hajmi2,62 Mb.
#786446
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
fayl 2015 20211006

 
86 
8-Laboratoriya ishi.
Bemorlar taqib yuradigan sutkalik monitorlarni
tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni qiyoslash ……………………………
 
98 
Adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………… 
105 
Xalqaro birliklar sistemasi «si» ………………………………………. 
108 
 
 



KIRISH 
 
«Tibbiyot va farmasevtikada metrologiya» fanining maqsadi – injener - 
texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik 
ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish 
asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov - 
asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar 
tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, 
iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq 
bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida 
yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-
noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan. 
«Tibbiyot va farmasevtikada metrologiya» fanining «Tibbiyot va farmasevtik 
qurilmalarini o’lchash asoslari» bo’limi bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad 
va vazifalari quyidagilarni o’z ichiga qamrab oladi:
Talabalar “«Tibbiyot qurilmalarini o’lchash asoslari»” fanini o’rganish 
jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim: 
- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish. 
- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish 
usullarini o’rganish. 
- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni 
o’rganish va mukammal bilib olish; 
- tibbiyot qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi va ular yordamida
o’lchash; 
- tibbiyot qurilmalarini qiyoslash tartib-qoidalarini bilishlari; 
- Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish 



- Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy 
qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish; 
- Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini 
tanlash; 
- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni 
bilish; 
Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni 
o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak. 
Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy 
nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari 
shart. 
O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash 
sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish sohalari va o’lchash texnika xavfsizligi 
qoidalarini bilishlari kerak. 
Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini 
bilishlari kerak. 
Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni 
o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va 
o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak. 
«Tibbiyot va farmasevtikada metrologiya» fanining «Tibbiyot va farmasevtik 
qurilmalarini o’lchash asoslari» bo’limi tibbiyot qurilmalari yordamida o’lchash, 
ularni qiyoslash va ularning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy 
fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga 
tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. «Tibbiyot qurilmalarini o’lchash asoslari» fani 
fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr 
o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni 
amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, 
elektrotexnika asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.



Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga 
keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan 
texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash 
jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi 
zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga 
ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi. 
Shuning uchun «Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» 
fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy 
ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi 
hisoblanadi. 
Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning 
uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy laboratoriya
mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning 
nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la 
namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilishlari kerakki, unda 
asbob-uskunalardan, 
ko’rgazma 
qurollaridan, 
plakatlardan, 
slaydlardan, 
diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa 
talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini 
ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.
«Tibbiyot va farmasevtikada metrologiya» fanining «Tibbiyot va 
farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» bo’limining «Tibbiyot qurilmalarida 
o’lchash asoslari» qismi bo’yicha yozilgan o’quv qo’llanmada tibbiyot 
qurilmalari bo’yicha laboratoriya ishlari, o’lchash qurilmalari va vositalarining 
tuzilishi, ishlash printsipi, turlari va ularni qo’llanilishi bo’yicha nazariy 
asoslaridan qisqacha ma’lumotlar, har bir laboratoriya ishlarini bajarish uchun
tushuntirish hamda ko'rsatmalar keltirilgan. Har bir laboratoriya ishining 
bayonida ishlarni bajarish bo'yicha ko'rsatmalar, hisobotni tayyorlash, mustaqil 
tayyorlanish uchun savollar, adabiyotlar ro'yxati, laboratoriya qurilmasi va 



asboblarning tuzilishi, mustaqil ishlarga doir ma’lumotlar keltirilgan. Nazariy 
bilimlarni mustahkamlash va rivojlantirish uchun elektr o’lchash asboblari va 
ularning sxemalari keltirilgan.
Birinchi dars talabalarni texnika xavfsizligi, laboratoriyadagi qurilmalarning 
tuzilishi, kerakli o'lchov asboblari va uskunalar bilan tanishtirishga bag'ishlanadi. 
Keyingi darslarda laboratoriya ishlari oldindan berib yuboriladi va talabalarning 
laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorlanganligi o'qituvchi tomonidan so'rab 
aniqlanadi. O'tilishi kerak bo'lgan laboratoriya ishiga talabalar oldindan tay- 
yorlanib kelishlari shart. 
«Tibbiyot va farmasevtik qurilmalarini o’lchash asoslari» bo’limining
«Tibbiyot qurilmalarida o’lchash asoslari» qismi bo’yicha o’quv qo’llanmada
keltirilgan laboratoriya ishlarini bajarib, natijalari olinib, jadvallarni to’ldirib 
tayyorlagandan so'ng, dastlabki hisoblarni bajarishni masalalar yechimini elektron 
mikrokalkulyatorda bajarish mumkin. Grafiklar va chizmalar GOST bo'yicha 
bajarilishi shart. Grafiklarni millimetrli qog'ozlarga har xil rangli raqamlar yoki 
flamasterlar bilan chizish maqsadga muvofiqdir. 
O‘quv qo‘llanma bilan tanishib chiqib, qimmatli maslahatlari bilan uning 
sifati va mazmunini yaxshilashga o‘z xissalarini qo‘shgan Toshkent Temir yo‘l 
muxandislari institutining “Temir yo‘llari elektr ta’minoti ” kafedrasining mudiri, 
texnika fanlari doktori, professor S. Amirovga va Toshkent farmatsevtika instituti 
Biotexnologiya kafedrasining dotsenti, farmatsevtika fanlari nomzodi F.X. 
To‘xtaevlarga muallif o‘zining chuqur minnatdorchiligini bildiradi. 
Shubhasiz, o‘quv qo‘llanma ba’zi bir kamchiliklardan xoli bo‘lmasligi 
mumkin. O‘quv qo‘llanmaning yutuqlari va kamchiliklari haqidagi o‘z fikr-
mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuborishingizni so‘raymiz: 

Download 2,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish