Skandinaviya mamlakatlari turizmi
Reja:
Skandinaviya mamlakatlari
Sharqiy Yevropa
Ruminiya
Gretsiya
Kipr oroli
Skandinaviya
Ushbu hududning aholi soni uncha ko’p emas, ammo uning tarkibiga kiruvchi mamlakatlar turizmi yaxshi rivojlangan mamlakatlar hisoblanadi. Fuqarolarning ta’til kunlari, besh va undan ko’proq haftani tashkil qiladi. Potensial turistlarning aksariyati qishloq joylar va qirg‘oq zonalarida joylashgan "2-uylar"da dam olishni xush ko‘radilar.
Chetga chiqish turizmi bozoriga kelsak, bu yerda faol dam olishga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan, sayohat qiluvchi shvedlarning 70%i turli xil sport tadbirlariga, suzish, baydarkalarda suzish, baliq ovlash, alpinizm va hokazolarga qatnashadilar. Yana shuncha sayohatchi chanqi sport turiga qatnashadi.
80-yillardan boshlab Skandinaviyada ishbilarmonlar turizmi juda tez rivojlana boshladi. Chet davlatlardan kelgan mehmonlarning 1/3 qismini Skandinaviyaga tegishli boshqa mamlakat fuqarolari tashkil qiladi. Bu esa o‘z shaxsiy turistik mahsulotini oldinga surayotgan mahalliy turistik tashkilotlarning faol ishi natijasidir. Bu yerda shubhasiz mamlakatlar orasidagi madaniy tafovutlar va mahalliy qonunlar muhim rol o‘ynaydi. Turizm bozorini to‘ldiruvchi 2-mamlakat Shimoliy Amerikadir. XIX asrda Skandinaviyadan Shimoliy Amerikaga katta emigratsiya uyushtirilganligi natijasida ushbu ikki hudud oraliqida madaniy aloqalar o‘rnatiladi.
Shvetsiya. Shvetsiyaning turistik markazi butun o‘lka bo‘ylab tarqalgan. Bu mamlakat xalqaro ichki turizmning asosiy markazi bo‘lib poytaxt Stokgolm va shahar chekkalari hisoblanadi. Hudud o‘z tarkibiga ikki mingdan ortiq bo‘lgan orollardan tashkil topgan arxipelagni qamrab oladi. Ushbu orollarning ko‘pchiligiga katerlar yordamida boriladi. 1990-yilda ushbu hudud Ubsola shahri bilan birgalikda ichki turistlarning 17%ini va chet ellik turistlarning 24%ini qabul qildi. Mamlakatning boshqa ommabop turistik hududi plyajlarga ega bo‘lgan 400 km masofalik Oltin qirqoq hisoblanadi. Unga ichki turizmning 14%i, xalqaro turizmning 13,7%i to‘g‘ri keladi. Ulardan keyin Shved ko‘llari hududi, Glass mamlakati hamda tungi qirg‘oq turadi. Ularning har qaysisiga turizm ichki bozorining 10%i kiradi.
Finlyandiya. Chet el mehmonlarining asosiy qismi mamlakat poytaxti Xelsinkiga tashrif buyuradi (1992 yilda chet el mehmonlari turistik kunlarining 39%i poytaxtga to’g’ri keldi).
Ammo shu davr ichida Xelsinkida mamlakat aholisining faqat 73%igina bo’ldi. Aholining katta qismi o‘z dam olish kunlarini Finlyandiya ko‘llarida o‘tkazadilar. Yana bir qismi Shimoliy hududlar, ya’ni Laplandiyada va Finlandiya tungi qirg’oqida dam olishni xush ko‘radilar. Norvegiyada ham ichki hamda xalqaro turizmning asosiy markaziy muzeylariga boy bo‘lgan Oslo shahri vodiyning o‘rmonli rayoni hisoblanadi. Bu yerda Norvegiyaning yotoqxona biznesining 30%ga yaqin nomer fondi joylashgan. Nomer fondining yana 10%i boshqa ommabop turistik hudud Bergan shahriga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |