Ruminiya
Ruminiya qirg’oq bo’yi va tog’ resurslariga boy mamlakat. Keyingi yillarda Ruminiyada chet elga chiqish turizmi o’sib bormoqda. Ammo uning xarajatlari kam. Ruminiyaliklar Vengriya (1990 yilda 9 mln kishi), Bolgariya (1,8 mln kishi) va Turkiya (500 kishi)ga ko‘proq tashrif buyuradilar.
Revolyutsiyaga qadar mamlakatga hammasi bo‘lib, 4,5 mln kishi tashrif buyurgan. Ulardan 1 mln. i 1 kunga tashrif buyurar edi. Bu mamlakatdagi siyosiy holatga bog‘liq edi. Ruminiya Sharqiy Yevropada qora dengiz bo‘yida dam olish uchun pekij-turlariga ega bo‘lgan yagona mamlakat edi. 1990 yilda mamlakatga 6,5 mln. chet ellik mehmon tashrif buyurdi. Ularning aksariyati Sharqiy Yevropa – sobiq SSSR (2,1 mln kishi) va Vengriya (900 ming kishi) fuqarolaridir. Keluvchilarning 13%igina Yevropaning boshqa mamlakatlariga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |