Siyosiy institutlar tizimida ommaviy axborot vositalarining o`rni va ahamiyati



Download 57,5 Kb.
bet1/3
Sana31.07.2021
Hajmi57,5 Kb.
#133814
  1   2   3
Bog'liq
Siyosiy institutlar tizimida ommaviy axborot vositalarining o`rn


Aim.uz

Siyosiy institutlar tizimida ommaviy axborot vositalarining o`rni va ahamiyati

O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`z oldiga adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, huquqiy demokratik davlat qurish va xalqni farovon hayot sari olib borish kabi buyuk maqsadlarni qo`ydi.

Jamiyat hayotining barcha sohalarida boshlangan bu keng miqyosdagi islohotlarni jamiyatning eng ichki qatlamlarigacha olib kirish albatta mamlakat aholisining ijtimoiy ongini va saviyasini, hayotga bo`lgan qarashlarini tubdan o`zgartirishni talab etardi. Shubhasiz, bu mashaqqatli jarayonda ommaviy axborot vositalari eng muhim o`rinlardan birini egallaydi.

Aynan shu sababli ham bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlat rahbariyati tomonidan juda katta e'tibor qaratilmoqda.

Ommaviy axborot vositalari faoliyatini isloh qilish, ularning samarali ishlashiga ko`mak beruvchi mexanizmlarni tartibga soluvchi qonunchilik bazasini yaratish borasida muayyan ishlar qilindi. Shu sababdan, bu muammo O`zbekiston Respublikasining bir qator boshqa qonunlarida ham o`z ifodasini topgan. «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi 1997 yil 26 dekabr) "Noshirlik faoliyati to`g`risida"gi (1996 yil, avgust), "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi (1996 yil, sentabr), "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida"gi (1997 yil, aprel), "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida"gi, (1997 yil, aprel ), "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida"gi (2002 yil, dekabr) qonunlar hamda O`zbekiston Respub-likasi Prezidentining " O`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida televideniye va radioning rolini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi (1996 yil may) Farmoni va boshqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.

Shubhasiz, yaratilgan qonunlar davlat hamda nodavlat shakldagi, televideniye kanallari ishini tashkil qilish, shuningdek, jurnalistlarning professional jihatdan kamol topishiga keng ko`lamda yordam berish, matbuot va ommaviy axborot vositalari erkinligini ta'minlashda, jamiyatda demokratik muhitni qaror toptirishda katta ahamiyatga ega bo`lmoqda.

«Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi Qonunida ommaviy axborot vositalarining turlari ko`rsatilgan. Ular gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, bulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.

Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.

Demokratik davlatlarda ommaviy axborot vositalari erkinligini, ular-ning faoliyat ko`rsatishi sharoit-larini ta'minlash bilan birga, bu erkinliklarning suiste'mol qilinishiga yo`l qo`yilmaydi. Birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar yuqorida aytib o`tganimizdek, berilayotgan axborotning to`g`riligi uchun javobgardirlar. Ikkinchidan, O`zbekiston Respub-likasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo`rlik bilan o`zgartirishga da'vat qilish, urush va zo`ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va diniy adovatni targ`ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo`riqlanadigan o`zga sirni oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo`ladigan xatti-harakatlar sodir qilishni targ`ib qilishga ruxsat berilmaydi. Uchinchidan, fuqaro-larning sha'ni va qadr-qimmatini tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish ham taqiqlanadi. Ushbu cheklashlar yana bir marotaba huquqiy davlatda so`z erkinligi, ommaviy axborot vositalari erkinligi istalgan fikr yoki qarash ifoda etilishiga yo`l qo`yilmasligidan, lekin bu cheklashlar kichik va aniq bo`lishidan dalolat beradi. Demokratik huquqiy davlatning mavjud bo`lishi, qo`lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarni asta-sekinlik bilan bo`lsa ham asrab-ardoqlash uchun so`z erkinligi huquqining kichik bir qismini cheklash talab qilinadi. Bu hol yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud.

Ma'lumki, axborotni birinchi navbatda jurnalistlar qidiradilar, oladilar va ommaviy axborot vositalari orqali tarqatadilar. Shu sababdan, jurnalistlar faoliyatini ham ko`rib chiqish lozim. Yuqorida aytib o`tganimizdek, "Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risida" qonun jurnalistning faoliyati bilan bog`liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g`risidagi Qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.

Jurnalist - O`zbekiston Respublikasining yoki xorijiy davlatning ommaviy axborot vositalarida xizmat qiladigan yoxud ularda shartnoma asosida ishlaydigan va ma'lum mavzudagi axborotni to`plash, tahlil etish hamda tarqatish bilan shug`ullanuvchi shaxsdir. Qonunning 5-moddasida aytilishicha:

"jurnalist o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida:

-axborot to`plash, uni tahlil etish va tarqatish;

-axborot olish uchun davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga murojaat etish;

-davlat siri yoki qonun bilan qo`riqlanadigan boshqa sirni istisno etgan holda hujjatlar, materiallar va axborotdan foydalanish;

-jurnalist tekshiruvi o`tkazish;

-o`zi tayyorlagan xabarlar va materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali imzosini yoki taxallusini qo`yib tarqatish, ularda o`z fikr-mulohazasini ifodalash;

-jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish yuzasidan mansabdor shaxs qabulida bo`lish;

-ma'lumotlarni belgilangan tartibda yozib olish, shu jumladan zarur texnika vositalaridan foydalangan holda yozib olish;

-sudlarning ochiq majlislarida, harbiy harakatlar maydonlarida, tabiiy ofat yuz bergan hududlarda, ommaviy tadbirlarda hozir bo`lish;

-e'lon qilishga tayyorlangan ma'lumotlarni tekshirish uchun mutaxassislarga murojaat qilish;

-basharti qonunni buzishga olib keladigan bo`lsa, ommaviy axborot vositasi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishni rad etish;

-o`zi tayyorlagan xabar yoki materialning mazmuni tahrir jarayonida buzilgan degan fikrga kelsa, unga imzo qo`ymaslik yoxud uni nashrdan olib qolishni (efirga bermaslikni) talab etish;

-axborot manbai yoki muallifning nomi sir saqlanishini talab qilish;

-taqdim etgan xabarning mazmunini ommaviy axborot vositasi buzib e'lon qilishi oqibatida o`ziga yetkazilgan ma'naviy zarar va moddiy ziyon qoplanishini sud orqali talab qilish;

-jamoat birlashmalariga, shu jumladan jurnalistlarning xalqaro tashkilotlariga kirish huquqlariga ega.

Jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi."

6-moddada jurnalistning majburiyatlari quyidagicha bayon qilingan:

"O`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirish chog`ida jurnalist:

-qonun hujjatlari hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari talablariga rioya etishi;

-o`zi tayyorlayotgan material-larining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini tekshirishi va xolis axborot taqdim etishi;

-aybsizlik prezumpsiyasi prin-sipiga amal qilishi;

-shaxsning huquqlari va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Jurnalist o`z kasbiga doir axborotdan shaxsiy maqsadlarda foydalanishi, axborot manbai yoki muallif roziligisiz jismoniy shaxsning shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlarni e'lon qilishi mumkin emas.

Jurnalist qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni ham bajarishi shart."

Jurnalistlik faoliyatini amalga oshirish chog`ida u Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan shaxs daxlsizligi kafolatidan foydalanadi.

Tanqidiy materiallar e'lon qilganligi uchun, agar ular haqqoniy bo`lsa, jurnalistni ta'qib qilishga yo`l qo`yilmaydi.

Fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan ixtiyoriy ravishda ma'lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi.

Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma'lumotlarni bu ma'lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o`zining g`arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko`zlab foydalanishi taqiqlanadi.

Jurnalist axborot to`plash va jurnalist tekshiruvi o`tkazish huquqiga ega. O`z tekshiruvlarining natijalarini u ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishi, ularni davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga ixtiyoriy ravishda taqdim etishi mumkin. Jurnalist tekshiruvi davrida u qo`lga kiritgan materiallar va hujjatlar olib qo`yilishi yoki ko`zdan kechirilishi mumkin emas.

Jurnalistning kasbiga doir faoliyati Qonunning 10-moddasida shunday kafolatlangan:

"Jurnalistning huquqlari, sha'ni va qadr-qimmati qonun bilan qo`riqlanadi.

Davlat jurnalistga axborotni erkin olishi va tarqatishini kafolatlaydi, o`z kasbiga doir faoliyatni amalga oshirishda uning himoya qilinishini ta'minlaydi.

Jurnalistning jurnalistik faoliyatiga aralashish, undan o`z kasbiga doir vazifalarni bajarish chog`ida olgan biror bir ma'lumotni talab etish taqiqlanadi."

Davlat organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari:

-senzura qilganlik;

-jurnalist o`z kasbiga doir qonuniy faoliyatni amalga oshirishiga akkreditatsiya qilishni asossiz ravishda rad etish yoki akkreditatsiyani noo`rin bekor qilish yo`li bilan to`sqinlik qilganlik;

-jurnalistning so`rov bilan murojaat qilish va zarur axborotni olish huquqini buzganlik;

-jurnalistga tazyiq o`tkazganlik, uning jurnalistlik faoliyatiga aralashganlik;

-jurnalistning materiallari va zarur texnika vositalarini g`ayriqonuniy ravishda olib qo`yganlik;

axborot manbaini yoki muallif nomini uning roziligisiz oshkor etganlik uchun javobgarlikka tortiladilar.

Jurnalistning ushbu Qonunda belgilangan huquqlarini buzganlik, uning kasbiga doir faoliyati bilan bog`liq holda sha'ni va qadr-qimmatini haqorat qilganlik, uning hayoti, sog`lig`i va mol-mulkiga tahdid, zo`ravonlik yoki tajovuz qilganlik qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka sabab bo`ladi.

Jurnalistning javobgarligi Qonunda shunday ta'riflangan:

"Jurnalist o`zi tayyorlayotgan va tarqatayotgan xabarlar hamda materiallarning haqqoniy bo`lishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgardir.

Jurnalist rasmiy xabarlarda bayon etilgan axborotni tarqatganlik uchun javobgar bo`lmaydi."

Yurtimizda ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlashga, jurnalistlar faoliyatini har tomonlama rag`batlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Shu maqsadda 1997 yilda Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo`llab-quvvatlash fondi tashkil etilgandi. Jurnalistlar huquqlariga doir qonunlar qatorida O`zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma'muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeks va boshqa normativ-huquqiy huj-jatlarni keltirish mumkin.

Ularda qonun va huquq nuqtai nazaridan ommaviy axborot vositalaridan qonunga xilof ravishda foydalanish bilan bog`liq jinoiy harakatlar va huquqbuzarliklar uchun aniq javobgarliklar belgilangan, zero "Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini himoya qilish to`g`risida"gi Yevropa konvensiyasining 10-moddasida aytilganidek "so`z va matbuot erkinligi demokratik jamiyatda milliy xavfsizlik, ijtimoiy osoyishtalik manfaatlari yo`lida, tartibsizliklarning oldini olish, axloqni himoya qilish, boshqa shaxslarning obro`-e'tibori va huquqlarini himoya qilish yoxud odil sudlovni ta'minlash maqsadlarida majburiyat va javobgarlik yuklash imkoniyatini keltirib chiqaradi." Chop etilgan axborotning xolisligi va ishonchliligi prinsipi buzilgan taqdirda, uni buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladilar.


Download 57,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish