Siyosatshunoslikka


Politics and the Policym aking Process // https://catalogue.pearsoned.ca/



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

19 Politics and the Policym aking Process // https://catalogue.pearsoned.ca/
 
assets/hip/us/hip_us_pearsonhighered/sam plechapter/0205011616.pdf
71


jarayon-mamlakatlar, xalqlar siyosiy-ijtimoiy hayotining davlatlar 
o‘rtasidagi munosabatlar tizimining barcha jabhalarini o‘z ichiga 
qamrab oladi.
Siyosiy hokimiyat tashkilotining tizimlilik sifati nuqtayi nazaridan 
siyosiy jarayonlar ikkita katta turlarga bo‘linadi:
- demokratik;
- nodemokratik.
Elita va elektorat tomonidan o‘z fnuksiyalarini amalga oshirishning 
oshkoraligi, davlatning o‘z vakolatlari va funksiyalarini ochiqligi va 
berkligiga nisbatan siyosiy jarayonlar: ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin.
Siyosiy jarayonlaming yana bir xususiyati shundaki, ulami yax- 
lit bir tizim holida o‘rganib bo‘lmaydi. Binobarin, siyosiy jarayonlar 
o ‘z xarakteriga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi (Qarang: R.Farmonov va 
boshq. 4-mavzu):
1. Umumiy siyosiy jarayonlar.
2. Xususiy siyosiy jarayonlar.
Siyosiy jarayonlaming bu ikki gumhi nafaqat o‘zining ta’sir doira- 
si va unda qatnashuvchilar ko‘lami bilan, balki shakllanish mohi­
yati, maqsad va vazifalari hamda natijalari bilan farqlanadi. Ammo 
shu bilan birga, siyosiy jarayonlaming bu ikki gumhi o‘rtasida ulami 
bog‘lab turuvchi jihatlar ham mavjud. Masalan, xususiy siyosiy ja ­
rayonlar umumiy siyosiy jarayonlaming mohiyati, shakli va amalga 
oshirilishiga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin.
Umumiy siyosiy jarayonlar butun jamiyatni qamrab oladi va jam i­
yatda mavjud siyosiy tizimning o‘zgarishiga olib keladi. Shu o‘rinda 
ta’kidlash joizki, umumiy siyosiy jarayonlar xususiy siyosiy jarayon­
laming yig‘indisi emas.
U xususiy siyosiy jarayonlardan nafaqat ta’sir doirasi va ko‘lami 
bilan, balki jarayonlar o‘z mazmun-mohiyati va shakliga ko‘ra ham 
farq qiladi.
Umumiy siyosiy jarayonlar quyidagi uch shaklda amalga oshiriladi:
• 
evolutsion (tadrijiy);
• 
revolutsion (inqilobiy);
• 
krizis (inqiroz).
72


Xususiy siyosiy jarayonlaming tarkibiy elementlari quyidagilar- 
dir: sabab va uning paydo bo‘lishi, obyekt va subyekt hamda maqsad.
Xususiy siyosiy jarayonlar jamiyatda muammo va qarama-qarshi- 
liklaming paydo bo‘lishi va ulaming o ‘z yechimlarini talab qilishlari 
natijasida paydo bo‘ladi.
Masalan, biron-bir davlatning soliq tizimidagi norozilik qonun­
chilik faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunday muammolar kichik 
bir guruh yoki keng jamoatchilikning fikrini, manfaatlarini ifoda eti­
shi mumkin.
Xususiy siyosiy jarayonlaming obyektlari deganda siyosiy jaray- 
onlami rivojlantiradigan muammolar nazarda tutiladi. Ular turli soha- 
dagi muammolar bo‘lishi mumkin:
>
biror-bir siyosiy (maqsadlaming) manfaatlaming paydo 
bo‘lishi va ulami amalga oshirishning zamrligi;
>
yangi siyosiy institutlar, partiyalar, tashkilotlar, harakatlar, 
bloklar tashkil etish;
>
hokimiyat tarkibini qayta tashkil etish, hokimiyat tizimi­
dagi siyosiy o‘zgarishlar, Vazirlar Mahkamasi tarkibining qayta tuzi- 
lishi;
>
mavjud siyosiy hokimiyatni qo‘llab-quvvatlash, qayta 
tashkil etish va boshqalar.
Yuqoridagi muammolaming mohiyatini tushunish uchun siyosiy 
jarayonlarda qatnashadigan subyektlaming maqsad va vazifalarini 
bilish lozim. Aytish joizki, xususiy siyosiy jarayonlar faqatgina siyo­
siy sohaga tegishli emas. U jamiyatning har qanday: iqtisodiy, siyo­
siy, ma’naviy va madaniy sohalarida ham paydo bo‘lishi va rivojlani- 
shi mumkin (masalan, iqtisodiy yoki ijtimoiy muammoning siyosiy 
muammoga aylanib ketishi).
Xususiy siyosiy jarayonlaming maqsadlari. Ushbu element siyo­
siy jarayonlaming paydo bo‘lishi va rivojlanishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Chunki siyosiy jarayonlaming maqsadlari uning nimaga 
yo‘naltirilganligi, uni keltirib chiqargan sabablar va siyosiy harakat- 
ning mohiyatini anglatadi. Siyosiy jarayonlaming aniq maqsadlarini 
bilish va to‘g‘ri tushunish ushbu harakatlarga to‘g‘ri baho berish im-
73


konini ham yaratadi. Siyosiy jarayonlaming maqsadlari bir guruh yoki 
butun jamoatchilik maqsadlari yig‘indisidan iborat bo‘lishi mumkin.
Xususiy siyosiy jarayonlaming yana bir xususiyatlaridan biri— 
jarayon qatnashchilarining tarkibiy miqdori turli xil bo‘lishidadir. 
Masalan, xususiy siyosiy jarayonlar turli ijtimoiy-siyosiy institutlar
tashkilotlar va hatto davlat ishtirokida ham bo‘lishi mumkin. Siyo­
siy jarayonlarda butun bir siyosiy partiya yoki alohida biror bir shaxs 
ham ishtirok etishi mumkin.
Siyosiy jarayonlami jamiyat bilan hokimiyat o‘rtasidagi munosa- 
batiga ko‘ra ikkiga bo‘lish mumkin. Ushbu xarakterga (xususiyatlar- 
ga) binoan xususiy siyosiy jarayonlar ikkiga bo‘linadi:
1) Barqaror siyosiy jarayonlar.
2) Beqaror siyosiy jarayonlar.
Hozirda siyosatshunoslar tomonidan xususiy siyosiy jarayonlar- 
ning barqaror turi ancha mukammal o‘rganilgan. Ular mustahkam 
siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy, yuqori darajadagi huquqiy m e’yorlar, 
siyosiy madaniyat bilan bogiiq. Barqaror siyosiy jarayonlar qonuniy 
hokimiyat va jamiyatda mojarolaming keskinlashmagan davrida ro‘y 
beradi.
Beqaror siyosiy jarayonlar esa siyosiy tizimdagi yoki siyosiy 
hokimiyatdagi inqirozli vaziyatlarda paydo bo iad i va rivojlanadi. 
Mavjud siyosiy hokimiyat keskin vaziyatni hal eta olmagan taqdirda 
siyosiy jarayonlarda barqarorlikning buzilishi holati vujudga keladi. 
Bunday vaziyatarda mavjud siyosiy hokimiyatga qarshi muxolifat- 
ning shakllanishini ham kuzatish mumkin.
Siyosiy jarayon hokimiyatni harakatda o ‘rganadi. Shu tufayli, 
siyosiy jarayon mavjudligining 3 ta tartibi ajratiladi: turg‘unlik, rivoj- 
lanish, inqiroz tartiblari.
1) Turg‘unlik tartibida shakllanib bo‘lgan siyosiy munosabatlar 
odatdagi chegaralarda tutib turiladi. Bu tartibda siyosat subyektlari 
faoliyatida konservatizm va an’analarga sodiqlik yetakchi bo‘ladi.
2) Rivojlanish tartibida jamiyat ichidagi va xalqaro munosabat- 
lardagi o'zgarishlarga muvofiq ravishda siyosiy tizimning boshqaruv 
va amal qilish uslublari o ‘zgara boshlaydi.
74


3) 
Inqiroz tartibi-siyosiy yaxlitlikning yo‘qolishi, markazdan qo- 
chma kuchlaming ortib borishi, hokimiyat qabul qilayotgan qaror- 
laming bajarilmasligi, siyosiy hokimiyat legitimligi yo‘qolib borishi- 
ni anglatadi.
Mazkur dinamika siyosiy jarayon bosqichlari sifatida ham e’tirof 
etiladi va unga nisbatan tadqiqotchi D.Iston biroz boshqacharoq yon- 
doshgan. D.Iston fikriga ko‘ra, siyosiy jarayon natijasida jamiyatning 
institutsional tizimi yangi holatlarga moslashib, o‘zini-o‘zi yanada 
qayta tashkil qilib, o‘zarib boradi. Shy bois siyosiy jarayon bir-biri 
bilan bog‘lq bo‘lgan to ‘rt bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin, deb 
hisoblaydi.
Bular quyidagilar:
1. Siyosiy tizimni shakllanishi.
2. Mavjud siyosiy tizimning faoliyat yuritishi.
3. Siyosiy tizimning rivojlanishi.
4. Siyosiy tizim rivojining pasayishi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish