0 ‘zbekistonga tashrif buyurdi. 2012-yil iyul oyida Saudiya Arabis-
toni Tashqi ishlari bo‘yicha davlat vaziri Nizor bin Ubeid Madaniy
boshchiligidagi delegatsiya 0 ‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif
chog‘ida ikki davlat tashqi siyosat mamkamalari o‘rtasida siyosiy
maslahatlashuvlaming navbatdagi davrasi o‘tkazildi.
2014-yilning 28-aprel kuni 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ish-
lar vaziri Abdulaziz Kornilov Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi
ishlar vaziri Yusuf bin Tarad al-Sa’dunni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya va
boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlami yanada rivojlan-
tirishning mazkur holati
va keyingi istiqbollari, shuningdek xalqaro
va mintaqaviy tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlik masalalari
muhokama qilindi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlami yanada rivoj-
lantirishning joriy holati va muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi.
2013-yil fevral oyida Jidda shahri Savdo-sanoat
palatasi biznes
delegatsiyasi 0 ‘zbekistonga tashrifi chog‘ida o‘zbek-saudiya biznes-
forumi tashkil etildi.
2013-yil mayida Saudiya Arabistoni Moliya vaziri, Saudiya
taraqqiyot jam g‘armasi boshqaruv kengashi raisi Ibrohim al-Assof
boshchiligidagi gelegatsiya 0 ‘zbekistonga tashrif buyurdi.
2014-yilning26-29-oktabr kunlari Saudiya taraqqiyot jam g‘armasi
delegatsiyasi Arab muvofiqlashtirish guruhi a'zolarining “davra suh-
bati” yig‘ilishida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurdi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari 0 ‘zbekiston Respublikasi
Iqtisodi-
yot vazirining birinchi o ‘rinbosari bilan uchrashdi.
2015-yilning 14-18-aprel kunlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Moli
ya vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi 0 ‘zbekiston dele
gatsiyasi Saudiya taraqqiyot jam g‘armasi vakillari bilan “Qishloq
joylarda uy-joy qurilishi” loyihasi bo‘yicha muzokaralar olib borish
maqsadida Ar-Riyod shahriga tashrif buyurdi
0 ‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o ‘rtasida madaniyat sohasidagi
hamkorlik yanada rivojlanib bormoqda. Jumladan, 2011-2013-yil-
larda:
313
- Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan Xalqaro kitob yarmarkasida
0 ‘zbekiston nashriyot birlashmalaridan
iborat delegatsiya ishtirok
etdi;
- Ar-Riyod va Jidda shaharlarida 0 ‘zbekiston madaniyat kunlari
o‘tkazildi;
- Madina islom universiteti rektori doktor Muhammad bin Ali Far-
roj at-Tamimiy boshchiligidagi Saudiya gelegatsiyasi 0 ‘zbekistonga
tashrif buyurdi;
- 0 ‘zbekiston vakillari “2013-yil - Madina shahri islom madani-
yati poytaxti deb e’lon qilinishi” munosabati bilan tashkil etilgan
xalqaro konferensiyada ishtirok etdilar;
- Saudiya Arabistoni milliy cholg‘u-asboblari vakillari “Sharq
taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirok etdilar;
- 11 mingdan ortiq o‘zbekistonliklar haj va umra ziyoratlarini ado
etish uchun Saudiya Arabistonini ziyorat qildilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya
Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz 01 Saudning taklifiga
binoan 2017-yil 21-may kuni Ar-Riyod shahrida bo‘lib o ‘tgan
arab-
musulmon mamlakatlari va AQSH sammitida ishtirok etdi. Tashrif
davomida 0 ‘zbekiston rahbari Saudiya Arabistoni bilan qator ikki to
monlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Xulosa qilib aytganda, 0 ‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir
davrda xalqaro munosabatlami yoTga qo‘yish
va rivojlantirish bo-
bida bir necha o‘n yilliklarga arziydigan ishlar amalga oshirildi.
0 ‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o ‘zaro foy-
dali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga
tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning
mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: