29.Siyosiy rejim:avtoritar va demokratik siyosiy rejim xusisiyatlari
(lat. auctoritas - hokimiyat, ta'sir; auctor - qo'zg'atuvchi, asoschi, muallif) - barcha hokimiyatni bir shaxsda (monarx, diktator) yoki hukmron guruhda jamlash bilan tavsiflangan siyosiy rejim.
(yunoncha demos - odamlar va kratos - kuch) - xalq kuchi yoki demokratiya. Bu davlatning siyosiy shakli, uning siyosiy tuzumi bo'lib, unda odamlar yoki ularning ko'pchiligi davlat hokimiyatining egasi hisoblanadi (hisoblanadi).
30.Hokimiyat tushunchasi,turlari,amalga oshirish vositalar va namoyon bo’lish shakllari
«Hokimiyat - bu kishilar, ijtimoiy guruxlar hamda sinflarning faoliyatiga, xalq-atvoriga, harakatlariga iqtisodiy, siyosiy, g‘oyaviy, ijtimoiy mexanizmlar, shuningdek, kuch ishlatish, zo‘rlik qilish, ishontirish qobiliyatlari bilan ta’sir etuvchi faoliyatning alohida shaklidir».
Hokimiyat - yaxlit va bir butun ijtimoiy hodisadir. Bu esa uning muayyan tarkibiy qismlardan tashkil topganligini inkor etmaydi.
Hokimiyat - bir qator tuzilmalardan iborat bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Uning tarkibiga sub’yekt, ob’yekt va resurslar kiradi.
Hokimiyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri- sub’yekt (aktor) dir. U hokimiyatning bevosita tashuvchisidir.
31.Siyosiy hokimiyatga oid talqinlar:pozitiv-sosiologik,psixologik va bixevioristik talqin.
1. Hokimiyatning eng ko‘p tarqalgan ta’riflaridan biri - pozitiv-sotsiologik talqindir (nemits faylasufi va sotsiologi M. Veber). Bu talqinda hokimiyat biror individning muayyan ijtimoiy sharoitda boshqa individga o‘zining irodasini o‘tkazish qobiliyati sifatida tushuniladi. Hokimiyat munosabatlarining asosini o‘zaro ta’sir doirasiga kiritish munosabatlari tashkil etadi. Bunday munosabatlar hokimiyat sub’ekti va ob’ekti o‘rtasida qaror topadi.
2. Hokimiyatning teologik (diniy nuqtai-nazaridan) talqini (B. Rassel). Bu talqinda hokimiyat muayyan mavsadga erishish, ko‘zda tutilgan natijalarga ega bo‘lishning diniy yoki ilohiy nuqtai-eazaridan tafsiflanadi. Qisqa qilib aytganda, hokimiyat- bu ko‘zlangan maqsadlarini ro‘yobga chiqarishdan iboratdir.Teologik ta’rifda hokimiyat keng ma’noda talqin etiladi. Bunda hokimiyat nafaqat kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning, balki insonning atrof-muhit bilan, xudo bilan o‘zaro munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi.
3. Bixevioristik talqin. Bu talqinda hokimiyat sub’ekt xulq-atvorining maxsus turi sifatida olib qaraladi. Bunda birovlar buyuradilar, boshqalar bo‘ysunadilar.Bixevioristik yondashuv hokimiyatni tushinishni individuallashtiradi, uni real shaxslarning o‘zaro harakatlaridan iborat deb qaraydi.Hokimiyatning keng tarqalgan bixevioristik talqinini G. Lassuel taklif etgan. U hokimiyatning paydo bo‘lishi uchun dastlabki impulslarni individga insonga xos bo‘lgan hokimiyatga intilishlik (iroda) va “siyosiy energiyaga” egalik qilishlik beradi, deb hisoblaydi. Inson hokimiyatda hayotni yaxshilash: boylik, obro‘ orttirish, erkinlikka, xavfsizlikka va hokazolarga erishish vositalarini ko‘radi.
4. Hokimiyatning psixologik talqini ( Z. Freyd, K.Gustav YUng, K. Xorni). Bu talqin hokimiyatni real individlarning xulq-atvori sifatidagi bixevoristik tushunishidan kelib chiqib, ushbu xulq-atvorning sub’ektiv tomonini, kishilar ongi va ruhiyatida ildiz otgan hokimiyatning manbaini ochib tashlashga harakat qiladi. Bu xildagi eng ko‘zga ko‘ringan yo‘nalishlardan biri- psixoanalizdir. U hokimiyatga intilishni va, ayniqsa, uni egallashni jismoniy yoki ma’naviy zaiflikni sub’ektiv kompensatsiya qilish vazifasini bajaradigan psixik energiya sifatida talqin etadi. Hokimiyat irodalarning o‘zaro harakati- birovlarni bo‘ysunishga, boshqa birovlarning “Ixtiyoriy qo‘shilishga” tayyorgarligi sifatida vujudga keladi
Do'stlaringiz bilan baham: |