Siyosatshunoslik yakuniy savol-javoblar Siyosat tushunchasi, mohiyati, siyosat obekti va subekti


Hokimiyatning asosiy tarkibiy qismlari va ular mohiyati



Download 45,6 Kb.
bet16/17
Sana04.09.2021
Hajmi45,6 Kb.
#163786
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Siyosatshunoslik yakuniy savol-javoblari

32.Hokimiyatning asosiy tarkibiy qismlari va ular mohiyati.

Hokimiyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri- sub’yekt (aktor) dir. U hokimiyatning bevosita tashuvchisidir.



Sub’yekt - hokimiyatning faol, yo‘naltiruvchi qismidir. U alohida inson, sotsial guruh, kishilarning birligi, misol uchun xalq yoki jahon hamjamiyati, davlat institutlari, siyosiy partiyalar bo‘lishi mumkin. Biroq, har qanday inson hokimiyatning sub’ekti bo‘lavermaydi. U hokimiyat sub’yekti bo‘lishi uchun qator sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Avvalambor bu hokimlikka xohish-istak, ko‘rsatmalar yoki buyruqlarda ko‘rinadigan hokimlik qilish irodasidir. Ko‘pchilik kishilar hokimiyatga egalik qilishdan qoniqish his etmaydilar. Ular uchun hokimiyat o‘z-o‘zidan boylik hisoblanmaydi. Ko‘plar agar hokimiyat turli imtiyozlarni olish uchun imkoniyatlar ochib bermaganda umuman rahbarlik lavozimlaridan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan ma’suliyatdan o‘zlarini olib qochgan bular dilar. Ular uchun hokimiyatga intilish instrumental xarakterga ega, ya’ni boshqa bir maqsadga erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.


Ob’yekt - hokimiyatning ikkinchi muhim elementidir. U hokimiyat sub’yekti qarorlarining bevosita boshqaruvchisidir. Ob’yekt ham, xuddi sub’yekt kabi hokimiyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Bu elementsiz hokimiyatni tasavvur etib bo‘lmaydi. Hokimiyat ob’yektini quyidagilar:individ, sotsial guruh, sinf, jamiyat tashkil etadi.

33. siyosiy hokimiyatning legi-

timligi masalasi XIX asrda Fransiyada vujudga kelgan. Siyosiy ho-

kimiyatning hukmronligi fuqarolar tomonidan turlicha baholanishi

mumkin. Aholining hokimiyatga ijobiy baho berishi, uning qonunga muvofiqligini, boshqarish huquqini tan olishi va ixtiyoriy tarzda

bo‘ysunishga roziligi hokimiyatning legitimligini bildiradi.

«Legitimlik» atamasi (lot. leg, legitimus - «qonun») «qonuniylik»,

«qonunlashtirilganlik» ko‘rinishida tarjima qilingan. Bunday tarjima

unchalik aniq emas. Chunki bunday tarjima ko‘proq «legallik» ata-

masi mazmuniga mos keladi. Shuning uchun legitimlik va legallik aynan

bir xil tushunchalar emas. Legallik hokimiyatning huquqiy asoslanishi-

ni, uning huquqiy me’yorlarga mos kelishini, qonunga mos ravishda

faoliyat ko‘rsatishini anglatadi. Shu ma’noda legallik nolegitim ho-

kimiyatlarga ham xosdir. Legitimlik esa - bu ishonch, hokimiyatni

oqlash va qo‘llab-quvvatlashdir. Fuqarolar tomonidan bunday tan

olinishga hamma siyosiy hokimiyatlar ham erisha olmaydi.

34. Hokimyat resurslari.
Siyosiy hokimiyat resurslari bevosita hokimiyatning mustahkam-

lik asoslarini belgilab beradi. Hokimiyat resurslari keng ma’noda

“individ yoki guruhning boshqalarga ta’sir qilish uchun foydalanishi

mumkin bo‘lgan hamma narsadir”.Hokimiyat resurslarining bir necha tasniflari shakllangan. Ameri-

kalik sotsiolog A.Etsioni (1929-h.) resurslarni utilitar, majbur qiluv-

chi va me’yoriy (normativ) turlarga bo‘lgan.

Hokimiyat resurslari xilma-xildir. Ular ilmiy adabiyotlarda bir ne-

cha turlarga, avvalambor, utilitar, majburlovchi va me’yoriy resurs-

larga bo‘linadi.

Utilitar resurslar - bu kishilaming kundalik ehtiyojlari va talablar-

ini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy va boshqa ijtimoiy vosita-

lardir. Bu vositalardan kishilami rag‘batlantirish uchun ham, jazolash

uchun ham foydalaniladi.

Majburlovchi resurslar - bu ma’muriy jazolash bilan bog‘liq

bo‘lgan vositalardir. Bu vositalardan, odatda, utilitar resurs ish ber-

may qolganda foydalaniladi.

Me’yoriy resurslarga insonning ichki dunyosi, qadriyatlar va xulq-

atvoriga ta’sir ko‘rsatuvchi vositalar kiradi.Siyosiy-huquqiy resurslar - bu ijtimoiy tartibni, xavfsizlikni,

barqarorlikni, fuqarolaming tinch-osoyishtaligini, jamiyatning yax-

litligi va bir butunligini ta’minlovchi vositalardir. Bu vositalarga das-

turiy hujjatlar, Konstitutsiya, qonunlar va ulami ishlab chiqish, qabul

qilish va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar kiradi.

Iqtisodiy resurslarga ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarish va

iste’mol qilish uchun zamr bo‘lgan moddiy boyliklar, ulaming umu-

miy ekvivalenti sifatida pullar, texnika, unumdor yerlar, yer osti qa-

zilma boyliklari va hokazolar kiradi.

Sotsial resurslar - sotsial stratifikasiyadagi sotsial maqom yoki

rang, o‘rinning amalga oshirilishi yoki pasayishi qobiliyatidir. Bu

resurslar qisman iqtisodiy resurslarga mos keladi. Masalan, daromadva boylik iqtisodiy resurslar bo‘lishi bilan birga sotsial maqomni ham

tavsiflaydi. Biroq sotsial resurslarga lavozim, obro‘, ma’lumot, medi-

sina xizmati, ijtimoiy ta’minot kabi ko‘rsatkichlar ham kiradi.

Madaniy-axborot resurslarini - bilim va axborot hamda ularni

olish va tarqatish vositalari: fan va ta’lim muassasalari, ommaviy ax-

borot vositalari va boshqalar tashkil etadi. Taniqli amerikalik olim

O. Toffleming e’tirof etishicha, XX asr oxiri-XXI asming boshlarida

bilim va axborot hokimiyatning muhim resursiga aylanadi. Hozirgi

kunda postindustrial mamlakatlarda bilim va axborot hokimiyat amal

qilishining hal qiluvchi omiliga aylandi.Kuch ishlatish resurslari-bu qurol-yarog‘, jismoniy majburlov-

chi muassasalar va buning uchun maxsus tayyorlangan kishilardir.

Ulaming o‘zagini armiya, politsiya, xavfsizlik kengashi tashkil etadi.

Resurslaming mazkur ko‘rinishi hokimiyatning azaldan eng samarali

manbai hisoblangan. Sababi, uning foydalanishi insonni oliy qadri-

yatlar-hayotdan, erkinlik va mol-mulkdan mahmm qilishga qodirli-

gidir. Hokimiyatning turli resurslari, odatda, uning subyektlari, av-

valo, davlat idoralari tomonidan kompleks ravishda qo‘llaniladi


Download 45,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish