Ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashning asosiy
yo‘nalishi islom diniga emas, balki islomning muqaddas aqida-
larini niqob qilib olgan diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi
qaratilishi lozim. Biroq ayrim xorijiy mamlakatlar matbuotidagi
maqolalarda islom dini, siyosiy islom,
terrorizm va diniy
ekstremizm bir biri bilan qorishtirib yuborilmoqda. H atto
G'arbda ayrim davlat arboblari terrorizm bilan bevosita bog'liq
bo‘lgan siyosiy islomga ham beixtiyor islom dinining tarkibiy
qismi, deb qarashm oqda. Vaholanki, terrorizm va islom
ekstremizmi islom dini bilan faqat
konfessional jih atd an
bog‘liqdir.
Islom dinini agressivlikda, terrorchilikda ayblash jahon
miqyosida islom nufuzining, islom mavqeyining oshib borishi-
dan talvasaga tushish,
global iqtisodiy, siyosiy madaniy va de-
mografik jarayonlarda gegemonligini tarixan yo‘qotayotgan
postindustrial jamiyatlaming siyosiy kuchlari uchun xosdir.
Xullas, umume’tirof etilgan demokratiya va plyuralizm ta-
moyillariga asoslangan davlat va din o ‘rtasidagi yangicha
munosabatlami fuqarolarimiz ongiga singdirib borish, har qanday
diniy-ekstremistik harakatlarning oldini olish eng m uhim
vazifalardan biridir.
2. «Siyosiy mafkura» tushunchasi. Hozirgi zamonning
asosiy mafkuraviy oqimlari
Siyosiy mafkura.
Siyosiy mafkura siyosatshunoslikning eng
murakkab kategoriyalaridan biridir. Chunki jamiyatni boshqa-
rish zarurati muayyan g'oyaviy dastumi va nazariyani taqozo
etadi. Bu vazifani mafkura bajaradi. Mafkurasiz siyosiy hokimiyat
bo‘lmaganligi kabi davlat va uning siyosiy institutlarisiz mafkura
ham bo‘lmaydi. Shu bois mafkura ijtimoiy hayotni tashkillash-
tiruvchi, boshqaruvchi va muayyan maqsad sari yo‘naltiruvchi
dastur, ta’limot bo‘lib xizmat qiladi. Mafkura asos e’tiboriga
ko‘ra siyosat bilan uzviy bog‘liqdir. Siyosatning o ‘zgarishi
mafkuraga ham ta’sir ko‘rsatadi.
«Mafkura» arabcha so‘zdan olingan bo'lib, tor m a’noda
qarashlar va e’tiqodlar tizimi, majmui degan m a’noni anglatadi.
Keng ma’noda mafkura — jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy,
238
axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g‘oyalar
majmuidir. G ‘arb mamlakatlari tillarida mafkura «ideologiya»
atamasi vositasida qo'llaniladi1.
Mafkura, xususan, siyosiy mafkura
masalalari tahlili XIX
asr oxiri XX asr boshlarida taniqli nemis olimi M. Veber tad-
qiqotlarida yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi.
Shuni ta ’kidlash zarurki, mafkura masalasi sobiq SSSRda
o‘ta mutlaqlashtirildi. Mafkura va siyosat o‘rtasidagi muvoza-
natning buzilishi oqibatida sinfiy dushmanga qarshi kurash ni-
qobi ostida nafaqat kom m unistik mafkuraga zid g‘oyaviy
unsurlar, balki har qanday hurfikrlilik ta ’qib ostiga olindi.
Trotskizmga qarshi kurash, kollektivlashtirish, madaniy inqilob,
stalincha qatag‘onlar o‘z qamroviga ko‘ra fashizm mafkurasidan
qolishmadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin NATO va Varshava
Shartnomasi davlatlari o‘rtasida vujudga kelgan «sovuq urush»
siyosati ham asos e’tibori bilan mafkuraviy tabiatga ega edi.
H ar qanday ilmiy va madaniy hurfikrlilikka, agar u kommuni
stik mafkura qoliplariga to ‘g‘ri kelmasa, g‘ayriinsoniy, zararli
deb qaraldi. Bundan ilm-fan va madaniyat
ravnaqi katta zarar
ko‘rdi. Sovet mafkurasining tub xususiyatlaridan biri shunda
ediki, u xalqlaming milliy o'zligini, madaniyati, axloqi va m a’-
naviyatining betakror jihatlarini inkor etar, «sovet xalqi» degan
mavhum tushuncha ostida barcha millatlami birlashtirishga uri-
nar edi. Natijada, ayrim kam sonli xalqlar o ‘z tili, milliy mada-
niyatini yo'qotishgacha yetib bordilar.
Aslida mafkura siyosatga oqilona yo'nalish berishi, uni ja
miyat hayotining turli jabhalaridagi real holat bilan tanishtirishi
lozim. Siyosatning mafkuraga tayanishining sababi — mafkura-
ning jamiyat ma’naviy kayflyatini,
orzu-umidlarini, maqsad va
manfaatlarini ifodalovchi g‘oyaviy dastur ekanligidadir. Bu borada
siyosiy mafkura alohida o'rin tutadi. Chunki u huquqiy mafkura
kabi dem okratik, huquqiy davlat va fuqarolik jam iyatini
shakllantirishda yetakchi omillardan biri hisoblanadi.
Siyosiy
Download
Do'stlaringiz bilan baham: