Siyosatshunoslik


Bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi


bet149/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi. 
Hokimiyat 
organlarining tuzilishi va shakllanish tartibiga bog‘liq holda 
demokratik davlatlar parlament, prezidentlik, aralash (yoki yarim 
prezidentlik) respublikalariga, parlam entli monarxiyalarga 
bo‘linadi. Xalqning boshqaruvda ishtirok etish darajasi, hoki­
miyat funksiyalarini kimlar bajarishiga bog‘liq holda demokra­
tiya bevosita demokratiya va vakillik demokratiyasi kabi turlar- 
ga ajratiladi. «Bevosita demokratiya»ni «plebissitar demokra­
tiya», «vakillik demokratiyasi»ni esa «reprezentativ demokra­
tiya» deb atash ayrim ilmiy adabiyotlarda ham uchraydi.
Bevosita demokratiyada xalqning o‘zi muhim siyosiy qaror- 
larni qabul qiladi, hokimiyatning vakillik organlari esa fuqaro-
202


lar nazorati ostida bo‘ladi. Masalan, Shveytsariyada fuqarolar- 
ning o'zlari tomonidan masalalar ко‘rib chiqiladi va o ‘zlari to- 
monidan hal qilinadi. Bunga muhim qonunchilik hujjatlarini 
qabul qilish, muhim siyosiy va mahalliy ahamiyatga molik qaror- 
lar qabul qilish kabilar kiradi.
Bevosita demokratiya fuqarolarning siyosiy faolligini oshira- 
di, hokimiyat legitimligini mustahkamlashni ta ’minlaydi, davlat 
instituti va mansabdor shaxslar faoliyatini samarali nazorat qilish 
imkoniyatini yaratadi. Natijada, hokimiyatni suiiste’mol qilish, 
d e p u ta tn in g
x a lq d a n
u z ilib
q o lis h i, 
a m a ld o rla r 
byurokratlashuvining oldi olinadi. Lekin bevosita demokratiya- 
da ham fuqarolarning siyosatga ta ’sir etish imkoniyatlarini 
mutlaqlashtirish kerak emas. Chunki bevosita demokratiya fu- 
qarolarga ovoz berish vositasida, odatda, prezident, hukumat, 
partiya yoki tashabbuskor guruh tom onidan tayyorlangan 
muayyan qonun loyihasini, qarorlami m a’qullash yoki rad etish 
huquqini beradi, xolos. Lekin fuqarolarning bevosita o'zlariga 
qonunlarni tayyorlash, ularni qonunchilik organlariga yoki 
umumxalq ovoziga qo‘yish huquqi berilgan taqdirda ham aholi- 
ning asosiy qismi bunday ishlarda juda sust ishtirok etadi.
Vakillik demokratiyasida esa xalq xohish-irodasi uning o ‘zi 
tomonidan emas, balki uning hokimiyat organlaridagi vakillari 
orqali amalga oshiriladi. Bu — fuqarolarning boshqaruvdagi 
bilvosita ishtiroki b o ‘lib, ular qonunlarni qabul qilish va 
farmoyishlar berish vakolati berilgan o ‘z vakillarini hokimiyat 
organlariga saylaydilar. Bunday demokratiyaning aniq ta ’rifmi 
nemis siyosatshunosi Ralf Darendorf o'zining tom m a’nosiga 
qarama-qarshi o ‘laroq demokratiya «xalq hokimiyati» emas, 
bunaqasi umuman bo‘lmaydi. Demokratiya xalq tomonidan say- 
lanadigan, kerak bo‘lsa uning o ‘zi chaqirib oladigan hukumat, 
bundan tashqari, o ‘z yo‘nalishiga ega bo‘lgan hukumatdir, deb 
ta ’riflaydi. Bunday hukumat vakillik demokratiyalarida ikki usul: 
parlam ent va prezident boshqaruvi orqali shakllantiriladi. 
Masalan, Buyuk Britaniya parlament shaklidagi boshqaruvning 
vatani hisoblanadi. Boshqaruvning bu shaklini Shvetsiya, D a­
niya, Norvegiya, Germaniya, Avstriya, Shveytsariya, Belgiya, 
Italiya, Ispaniya, Portugaliya kabi mamlakatlarda kuzatsak,
203


AQSH, Rossiya, 0 ‘zbekiston, Qozog‘iston davlatlarida esa 
boshqaruvning prezidentlik shakli hukmronlik qiladi.
Vakillik demokratiyasining asosida doimiy o'tkaziladigan, 
haqqoniy, halol va muqobil saylovlar yotadi. Hatto bir nomzod 
qo‘yilganda ham xalq uchun saylovda hamisha tanlov mavjud. 
Bor-yo‘g‘i bir nomzod qo‘yilganda ham saylovchining oldida 
kamida uchta yo‘l ochiladi: birinchidan, shu nomzod uchun 
ovoz berishi mumkin; ikkinchidan, shu nomzodga qarshi ovoz 
berishi mumkin; uchinchidan, saylovlarga kelmasligi va bu bilan 
uni inkor etishi mumkinki, natijada yana yangi saylov o‘tkazishga 
asos yaratiladi. Shu tariqa fuqarolar o ‘zlarining ustlaridan 
hokimiyat saylab, uning faoliyatidan hisobdor va xabardor 
bo‘lishga haqli bo‘ladilar.
Demokratik shart-sharoitlarda fuqaroning erkinlik, mas’uli- 
yat to ‘g‘risidagi tushunchalari hamda huquqiy savodxonlik da­
rajasi muhim ahamiyatga ega. Masalan, tabiiy holatda inson 
o‘z shaxsi va mol-mulkining mutlaq hokimi, boshqalar bilan 
teng, hech kimga qaram bo‘lmagan mavjudot ekan, nega u bu 
erkinligidan ixtiyoriy ravishda voz kechib, o‘zini boshqaning 
hokimiyati va rahbarligiga bo‘ysundiradi? Lokkning ta ’biri bilan 
aytganda, «tabiiy holatda inson shunday huquqqa ega, ammo 
hayotda bunday huquqdan foydalanishi amri mahol, doimiy 
ravishda boshqalarning bu huquqqa tajovuz qilish xavfi mavjud. 
Axir, hamma ham uning darajasida hukmbardor, chunki har 
bir odam unga teng, qolaversa, odamlaming kattagina qismi 
tenglik va adolatga rioya qilavermaydi, shuning uchun inson 
tabiiy holatda ega bo'lgan mol-mulkidan foydalana olishi 
anchayin xavfli, anchayin ishonchsiz». Bu insonni xavotir va 
qo‘rquvlarga to ‘la erkinligidan voz kechishga undaydi va u «o‘z 
hayotini, erkinliklari va m ol-m ulkini asrab qolish uchun 
birlashgan yoki birlashishga tayyorlanayotganlar jamiyatiga 
qo‘shiladi. Shuning uchun insonlar davlatga birlashuvi va o‘zini 
hukumat hokimiyatiga topshirishining ulug‘ va bosh maqsadi 
hayotini, haq-huquqlarini va mol-mulkini himoya qilishdir»1.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish