Siyosatshunoslik


 Демократия ва инсон хукукдари. «Демократлаштириш ва инсон хукукда-


bet151/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T

Демократия ва инсон хукукдари. «Демократлаштириш ва инсон хукукда-
ри» туркумидан 10-рисола. — Т., 1997. — В. 82—83.
205


lashib qolishi, hokimiyatning byurokratlashuvi hamda oligar- 
xiyalashuvi, ijroiya hokimiyati tomonidan qonun chiqaruvchi- 
laming asta-sekin siqib borilishi oqibatida davlatda avtoritar ten- 
densiyalarning kuchayib borishi, hokimiyat legitimlashuvining 
sustligi shular jumlasidandir.
Xulosa qilib aytganda, inson huquqlari jamiyat siyosiy hayotini 
demokratik tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Agar 
demokratiyaning amal qilish mexanizmlari, demokratlashtirish- 
ning shart-sharoitlari, saylov va undan ko‘zlangan asosiy maq- 
sadlar kabi yuqorida ko‘rib chiqilgan masalalar zamiriga chu- 
qurroq e’tibor bersak, oxir-oqibatda ularning barchasi inson 
huquqlarini ta’min etishga borib taqalishini ko'ramiz. Demak, 
insonning jamiyatdagi yuridik va ijtimoiy-iqtisodiy huquq va 
erkinliklarini kafolatlamasdan turib jamiyatda demokratik siyosiy 
jarayonlami amalga oshirish mumkin bo‘lmaydi. Yana shuni 
e ’tiborga olish kerakki, dem okratiyani am alga oshirish 
mexanizmlari qotib qolgan aqida emas. Bu m exanizm lar 
demokratiya rivojlanishi jarayonida rivojlanib boradi.
2. Demokratik siyosiy tizimning asosiy
shakllari va prinsiplari
Siyosat ilmida zamonaviy demokratiyaning uch asosiy shak­
li (modeli) — mumtoz-liberal demokratiya, jamoaviy demokra­
tiya, plyuralistik demokratiya ajratib ko‘rsatiladi.
1. 
Mumtoz-liberal demokratiya.
Mumtoz-liberal demokra­
tiya inson huquqlarining davlat huquqlaridan ustuvorligida 
namoyon bo‘ladi. Chunki liberalizm ijtimoiy fikr tarixida birinchi 
bor individni jamiyat va davlatdan, ikki muxtor sohani — davlat 
va fuqarolik jamiyatini bir-biridan ajratdi, davlatning fuqarolik 
jamiyati va shaxs bilan munosabatlarini qonun va vazifalar 
jihatidan chekladi, ozchilikning ko‘pchilikka nisbatan muxtori- 
yati va huquqlarini himoya qildi, barcha fuqarolarning siyosiy 
teng huquqliligini bayon etdi, shaxsni siyosiy tizimning bosh 
elementi sifatida fundamental, begonalashmaydigan huquqlar 
bilan ta’minladi. Demokratiyaning bu shakli AQSHda namoyon 
bo‘lmoqda. Davlat faoliyati bu yerda, asosan, jamoat tartibini 
saqlashga, fuqarolar huquqlarini yuridik himoyalashga qaratil-
206


gan. Biroq bu yerda ham individual, guruhlararo manfaatlar 
bilan umumiy manfaatlar o‘rtasida ziddiyatlar mavjud.
Mumtoz-liberal demokratiyaning asosiy xususiyatlari:
1. Individuallik, hokimiyatning birlamchi va bosh manbayi 
deb shaxsning tan olinishi, davlat qonunlari ustidan individ 
huquqining ustuvorligi.
2. Erkinlikning siyosatda faol va teng huquqli qatnashish 
imkoniyati emas, balki davlat va boshqa kishilar tomonidan 
aralashuvlardan saqlangan bo‘lishning passiv individual huquqi 
sifatida talqin etilishi.
3. Parlamentarizmning ustunlik qilishi.
4. Davlat boshqaruvi va vakolati, asosan, jam oat tartibini, 
fuqarolar xavfsizligi va huquqini, ijtimoiy tinchlikni saqlash bilan 
chegaralanib, uning fuqarolik jam iyati ishlariga, iqtisodiy, 
ijtimoiy, m a’naviy-axloqiy jarayonlarga aralashmasligi.
5. Hokimiyat taqsimlanishi tamoyiliga amal qilish.
6. Ozchilik ustidan ko‘pchilikning hokimiyatini cheklash, 
individual, guruhiy mustaqillikni hamda erkinlikni ta ’minlash. 
Ozchilik q a t’iy belgilangan m asalalardagina ko'pchilikka 
bo'ysunishga majburdir, boshqa hollarda esa to ‘liq mustaqildir.
Lekin aholining quyi tabaqalari, awalo, yollanma ishchilar 
va ayollar XX asr boshlariga qadar saylov huquqlariga ega bo‘lish- 
magan. Saqlanib qolgan mulkiy va boshqa senzlar tufayli kishi­
lar ovoz berish huquqiga ega bo'lmas edilar. Masalan, AQSH- 
ning ayrim shtatlarida o ‘ziga xos mulk senzi — saylov solig‘i 
1961-yilda bekor qilingan edi. Nazardan soqit qilmaslik kerak- 
ki, mumtoz liberalizm ommaga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lgan. Jumladan, ilk liberalizm mafkurachilari — Jon Lokk, 
Shari Lui Monteskyolami fuqarolarning teng siyosiy huquqlar 
bilan ta ’minlanishi, ulaming davlat boshqaruviga jalb etilishi- 
dan ko‘ra yangi mulkdorlar sinfini monarxlar zo'ravonligi va 
feodal cheklashlardan himoyalash ko‘proq tashvishlantirgan.
Shu bilan bir qatorda aholining kambag‘al qatlamlari, ayol- 
laming amalda teng huquqli emasligi oqibatida kelib chiquvchi 
o‘ta cheklangan siyosiy ishtirokchilik, uning oqibatlari bo'lgan 
siyosiy loqaydlik, fuqarolarning hokimiyatdan begonalashuvi 
demokratiyaning bu modeli kamchiliklaridir. Chunki bunday
207


sharoitlarda yuzaga chiquvchi ijtimoiy muhit davlat va jamiyat- 
ning asoslarini yemiruvchi manmanlikni va o‘taketgan xudbin- 
likni rag‘batlantiradi.
Lekin xalq hokimiyatchiligi idealidan ancha uzoq ekanligiga 
qaramay demokratiyaning bu modeli inson erki, qadr-qimmati 
va eng asosiy huquqlari hurmat qilinishi yo‘lidagi katta qadam 
bo‘ldi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish