Siyosatshunoslik


partiyalarida parlament a ’zolari, ya’ni deputatlar hukm ron


bet107/253
Sana04.06.2022
Hajmi
#635742
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   253
Bog'liq
67. Siyo\'satshunoslik. Odilqoriyev X,T


partiyalarida parlament a ’zolari, ya’ni deputatlar hukm ron 
mavqeni egallaydilar. 0 ‘z yuksak va hukmron mavqeyi bois 
bunday partiyalar siyosiy kuchlar maydonida markazdan o ‘ng 
qanotda turadilar hamda liberal va konservativ partiyalar sifatida 
faoliyat yuritadilar.
Saylovlarda g‘alaba qilish uchun kadrlar partiyalari o ‘z saf- 
laridagi a’zolami ko'paytirishni emas, balki jamiyat elitasi va- 
killarini, faollarni jipslashtirishga harakat qiladilar.
«Nima uchun?» degan haqli savol tug‘iladi. Chunki siyosiy 
elita birinchidan, saylovchilar orasida obro‘-e’tiborga ega, ik- 
kinchidan, u saylov kampaniyasidagi xarajatlarni qoplashga 
yordam beradi. Demak, kadrlar partiyalarida a’zolar soniga emas, 
balki sifatiga asosiy e’tibor beriladi.
Ommaviy partiyalar esa a ’zolari soni ko'pligi va a ’zolikning 
doimiyligi bilan ajralib turadilar. Ular umumiy saylov huquqi 
joriy etilishi m unosabati bilan, asosan, ishchilar harakati 
to ‘lqinida paydo bo‘lgan. Ommaviy partiyalarga kommunistik, 
sotsial-demokratik, populistik va XX asrda bir neeha yillar ayrim 
davlatlarda hukmronlik qilgan fashistik partiyalar mansubdirlar.
Demokratik mamlakatlarda har bir siyosiy partiya imkoni 
boricha kengroq aholi qatlamlarini qamrab olishga harakat qiladi. 
Shu munosabat bilan so‘nggi 20 yil ichida g‘arb jamiyatida ara- 
lash sotsial bazaga ega bo‘lgan, eklektik g‘oyaga tayanuvchi 
partiyalar paydo bo‘ldi. Eklektizm — yunonchada eklektikos — 
tanlab oluvchi degan m a’noni anglatadi. Bunday partiyalarda 
siyosiy qarashlarda hamisha ham birlik, yaxlitlik, tadrijiylik 
mavjud bo‘lmaydi. Eklektik partiyalarda turli qarash, g‘oya, 
prinsip va nazariyalarning o'zaro chatishib, birlashib ketganligi 
kuzatiladi. Eklektizmga moyil partiyalar o ‘z a’zolaridan ko‘ra 
saylovchilarga ko‘proq e’tibor beradilar, ular uncharlik mafku- 
ralashtirilmaganlar, tez-tez zo'rlikdan xoli ommaviy aksiyalar 
(tadbirlar) tashkil etadilar, keng auditoriyaga murojaat etadilar 
va saylov kampaniyasiga katta e’tibor bilan yondashadilar.
154


Parlament partiyalari XVI—XIX asrlarda hali mehnatkash- 
lar saylov huquqi va parlamentda o ‘z vakillariga ega bo‘lmagan 
davrlarda burjua partiyalari sifatida paydo bo‘lgan.
Noparlament yoki avangard partiyalar esa parlament va say- 
lovlarsiz ishchi partiyalari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmi- 
da paydo bo‘lgan edi. Biroq hozirgi zamonda har qanday partiya, 
jumladan, noparlament partiyalar ham o‘z kelib chiqishidan 
qat’i nazar parlament partiyasiga aylanishga harakat qilmoqda, 
ya’ni hokimiyatga parlament orqali kelishga intilmoqda.
Siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy tizimida tutgan o‘rniga 
ko‘ra «so‘l», «markaz» va «o‘ng» partiyalarga bo‘linishi Buyuk 
Fransuz inqilobi davrida ro‘y berdi. 1789-yilda Fransiyada Ta’sis 
majlisi deputatlari majlisida zalda qirol hokimiyatini tiklash 
tarafdorlari — o ‘ngda, respublikachi-inqilobchilar esa — majlis 
raisining chap tomonida o‘rin egalladilar. Shundan buyon «so‘l» 
qarash tarafdorlari aholining kambag‘al qatlamlari manfaatlarini 
ifoda etuvchi qat’iyatli, inqilobiy, radikal kayfiyatli kuchlar hisob- 
lanadi. Jamiyatning o ‘ziga ancha to ‘q qatlamlari manfaatlarini 
ifoda etuvchi reformistik, konservativ qarash va faoliyat tarafdor­
lari esa «o‘ng» kuchlar yoki «o‘ng partiyalar»ga kiritiladi. Masalan:
— kommunistik va sotsialistik partiyalar — «so‘l» partiyalar;
— sotsial-demokratik partiyalar — «so‘l-markaz» partiyalar;
— dehqonlar, mayda buijua, ekologik partiyalar — «markaz» 
Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish