2.18 O’n sakkizinchi fasl
(PODSHOHLARNI DONOLAR VA OQSOQOLLAR BILAN KENGASH QILISHI HAQIDA)
Barcha ishlarni maslahat bilan amalga oshirish kishining mustahkam irodasidan, oqilligi va dunyo qarashidan dalolat beradi. Donolar aytganlarki, “Bir kishining tadbiri bir kishichalik kuchga ega, o’n kishining qilgan tadbiri o’nta mard kuchiga tengdir va qancha ko’p bo’lsa shuncha yaxshidir”. Shunday fazilat va mo’jizalarni bilganda ham Alloh taolo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga buyurganki, “Yo Muhammad, biron ishni qilmoqchi bo’lsang va yo biror zarurat chiqib qolsa, o’z yorlaring bilan mashvarat qilgin”. Ko’pchilik bo’lib qabul qilingan tadbir eng savobli bo’ladi va doim shunday yo’l tutish kerak. Biron ishni maslahatsiz amalga oshirish fikri zaifligidan dalolat beradi, bundaylarni o’zbilarmon deydilar. Mashvarat va kengashsiz amalga oshirilgan ishning natijasi yaxshi bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |