Misr sivilizatsiyasi tarixi davomida mavjud bo’lgan ikki mamlakat fir’avni unvoni va davlat ma’muriyatining ikkiga bo’linishi ham Yuqori va Quyi Misrning alohida podsholik sifatida uzoq muddat mavjud bo’lganligini ko’rsatadi. Misrning bu ikki qismining birlashishi bilan ularning ramzi bo’lgan qizil va oq ranglardan iborat toj Misr sivilizatsiyasining yakuniga qadar podsholik ramziga aylandi. Har ikkala podsholik butun mamlakatda hukmronlik uchun kurash olib borar ekan, o’z navbatida iqtisodiy jihatdan bir-birini to’ldirgan. Yuqori Misr dehqonchilikning markazi bo’lgan bo’lsa, Quyi Misr – chorvachilik, uzumchilik va bog’dorchilik markazi edi
Do'stlaringiz bilan baham: |