Misrliklar bir tilning turli lahjalarida so’zlashganlar, bu esa Misrning birlashish va yagona davlatning shakllanish sur’atlariga ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Sivilizatsiyaning moddiy asosini yaratish uchun zarur bo’lgan barcha narsalar Misrning o’zida yoki unga yondosh yerlarda mavjud bo’lgan. Metallar, xususan mis Arabiston sahrolari va Sinay yarim 35 orolidan, oltin Efiopiyadan, kumush va temir asosan Kichik Osiyodan keltirilgan Ilk odamlar Nilning qayirlarida neolit davrlarida paydo bo’lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |