Ilk podsholik davrida sun’iy sug’orishning xo’jalik madaniyati asosida Misr sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari shakllana boshlagan. Bu davr asosiy funktsiyasi Nil vodiysida sug’orish ishini tashkil etish bo’lgan umummisr davlat aparatining shakllanish davri edi. Yuqori mahsuldor bo’lgan qishloq xo’jaligi moddiy madaniyatning taraqqiy etishiga asos bo’ldi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Ilk podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorlashni bilishgan. Bu insoniyat tarixidagi maxsus yozuv uchun tayyorlangan ilk qog’oz edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |