Hujayraning tayanch-harakat tizimi. Sitoskelet
Hujayrada turli harakatlar amalga oshadi. Xromosomalarning qutblarga harakati, hujayra organoidlarining sitoplazmadagi harakati, hujayra tashqi qobig’ining harakati, sitoplazma harakati, bir hujayrali organizmlarning psevdopodiyalari (soxta oyoqchalar), kiprikcha va xivchinlar yordamidagi harakat. Bu harakatga olib keluvchi tuzilmalar doim biror tayanch, karkas tuzilmalari bilan birgalikda keladi, shuning uchun hujayraning tayanch harakat tizimi deb ataladi. Hujayraning sitoskeletini mikrofibrillalar, mikronaycha va oraliq filamentlar hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |