DNK molekulasi tuzilishi
Hujayra bo'linishidan oldin eng muhim jarayon DNK replikatsiyasi sodir bo'ladi. DNK- biologik polimer bulib, uning monomeri dezoksiribonukleotidlar. Nukleotidlar uchta komponentdan tashkil topgan: azot asoslari (purin yoki pirimidin), pentoza va fosfat guruhi. Azot asoslari 4ta A va G (purin),T va S (pirimidin). J.Uotson va F.Kriklar 1953 yilda DNK molekulasining qo'sh spiral modelini yaratganlar, unga asosan DNK 2 ta zanjirdan iborat bo'lib, bu zanjirlardagi azot asolari bir-biri bilan vodorod bog’lari orqali birikadilar. Bunda A-T, G-S ga mosdir. DNK replikatsiyasi vaqtida vodorod bog’lari uzilib har bir spiral bo'lagi o'zining yetishmaydigan qismini komplementar (qo'shimcha) sintezlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |