Kiprikcha va xivchinlar harakat a'zolari. Xivchinlarga ega bir hujayrali organizmlar tanasining xivchin joylashgan tomoni bilan oldinga qarab harakatlanadi. Ko'p kiprikchali organizm- infuzoriya kiprikchalari to'lqinsimon harakat qiladi. Ichak epiteliysi yuzasidagi kiprikchalar suyuqliklarning harakatini ta'minlaydi.
Bo'linish duki mikronaychalari hayvon hujayralari bo'linish apparatida ikkita zonadan iborat: ikkita sentrosfera zonasi va ular orasida joylashgan bo'linish duki (axromatin duki) tolalari zonasi. Bu zonalarda ko'p sonli mikronaychalar mavjud. Mikronaychalar bu apparatning markaziy qismida sentriolalar atrofidagi sentrosfera va xromosomalarning sentromerasiga yaqin kinetoxor uchastkalarida hosil bo’ladi.