Bazal tanacha, kiprikcha, xivchin
Turli organizmlarning hujayralari harakat a'zolariga –xivchin va kiprikchalarga ega. Sitoplazmada kiprikcha va xivchinlar asosida mayda granula-bazal tanachalarni ko'rish mumkin.
Kiprikcha sitoplazmaning uzun silindrsimon o'simtasi bo'lib, tashqi tomondan plazmatik membrana bilan o'ralgan. O'simta ichida aksonema joylashib mikronaychalardan tuzilgan bo'ladi.
Bazal tanacha tuzilishi jihatidan sentriolga o'xshash bo'lib, mikronaychalarning 9 ta tripletidan, dastachalar, vtulka(silindrcha) va naylardan tuzilgan. Ko'pincha kiprikchalar asosida ikkita bazal tanacha yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |