Sirtqi fakultet “iqtisodiyot” kafedrasi ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha hisobot I


Harbiy qismning moliyalashtirilishi hamda harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari



Download 106,2 Kb.
bet4/5
Sana14.07.2022
Hajmi106,2 Kb.
#799276
1   2   3   4   5
Bog'liq
Urinov Oybek hisobot 2022

Harbiy qismning moliyalashtirilishi hamda harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari
Byudjetning harbiy xarajatlari Davlatning funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir Davlatning o‘z mudofaa qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog‘liqdir. Byudjet mablag‘lari hisobidan Qurolli kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi.
Harbiy xarajatlar to‘g‘ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlarga bo‘linadi. To‘g‘ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Bu turdagi harbiy (mudofaa) xarajatlari urush harakatlari sodir etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militirizatsiyalashuvi sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy (mudofaa) xarajatlariga urush nogironlari va vafot etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik idoralarining moddalari bo‘yicha o‘tadigan xarajatlar (masalan, yo‘l va strategik ob’ektlarni qurish xarajatlari)ning bir qismi kiradi.
Hvazirlar Mahkamasining 2019 yil 10 avgustdagi qaroriga muvofiq harbiy-ma’muriy sektorlarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Unga Qoraqalpogʻiston byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari daromadining oshirib bajarilgan prognoz koʻrsatkichlari boʻsh koldiqlari summasidan 10%gacha miqdordagi ajratmalar oʻtkaziladi. Ajratmalar I-III choraklar yakunlari boʻyicha byudjetlar daromadining oshirib bajarilgan boʻsh qoldiqlari aniqlangandan soʻng hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechikmay oʻtkaziladi.
Ajratmalar summasining yarmi Moliya vazirligining alohida shaхsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadi va keyinchalik Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda taqsimlanadi. Ikkinchi yarmi esa Mudofaa vazirligi bilan kelishgan holda хarajatlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va hokimliklarning shaхsiy gʻazna hisobvaraqlarida qoldiriladi.
Pul mablagʻlari Jamgʻarma hisobvaragʻiga oʻtkazilgandan soʻng, biroq hisobot choragi yakunlanganidan keyin 45 kundan kechikmay oʻtkazilgan pul mablagʻlarining miqdori toʻgʻrisida mudofaa idorasiga хabar qilinadi.
Jamgʻarma mablagʻlari:
harbiy qismlar, boʻlinmalar va muassasalarda rejalar (“yoʻl хaritalari”) tadbirlarini va boshqa muhim loyihalarni moliyalashtirish;
harbiy shaharchalar va poligonlar infratuzilmasi ob’yektlarini zamonaviy talab va standartlarni hisobga olgan holda takomillashtirish va rivojlantirish, kapital qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;
harbiy qismlar, boʻlinmalar va muassasalarning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;
harbiy хizmatchilarning oila a’zolari uchun yangi uy-joylar, bolalar bogʻchalari va oʻyin maydonchalarini qurish, mavjud turar joy fondini ta’mirlash, shuningdek, uy-joy-kommunal хoʻjaligi, energiya, suv va issiqlik ta’minoti, transport qatnovi sohasidagi masalalarni hal etish;
respublikaning hozirgi zamon tariхi milliy qahramonlari хotirasini abadiylashtirish, ularning oilalariga ma’naviy va moddiy yordam koʻrsatish;
seminarlar, davra suhbatlari, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, shuningdek, madaniy-ommaviy va boshqa tantanali tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun sarflanadi.
Mudofaa vazirligi bilan kelishmasdan yoki qonunchilikda nazarda tutilmagan maqsadlar uchun Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish taqiqlanadi. Mablagʻlarning tushishi va ulardan foydalanish ustidan qat’iy nazorat, hisobot va javobgarlik belgilangan.
Bundan tashqari “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorga asosan harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shaklidagi taʼlim yoʻnalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida davlat granti asosidagi qoʻshimcha qabul kvotalari ajratiladi. Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila-aʼzolari salomatligini taʼminlash boʻyicha zarur sharoitlar yaratildi. Uy-joyga muhtoj oilalar belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlanmoqda.
Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat shartlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hamda shaxsiy huquq va erkinliklardan to‘liq foydalanadilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining barcha majburiyatlarini bajaradilar.
Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmat shartlaridan kelib chiquvchi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Harbiy xizmatchilarning xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi va o‘zlariga topshirilgan uchastkalarda ularning erishgan natijalari qo‘mondonlik tomonidan intizomiy va moddiy rag‘batlantirish choralari bilan taqdirlanishi mumkin.
Harbiy burchni ado etishdagi mardligi va jasorati, jangovar-xizmat faoliyati, jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlikdagi yuqori ko‘rsatkichlari, yangi, murakkab jangovar texnikani a’lo darajada egallagani, qo‘shinlarga namunali rahbarlik qilgani hamda Vatan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari oldidagi boshqa mislsiz xizmatlari uchun harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlanishga taqdim qilinishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra bunday vakolatga ega bo‘lgan shaxslardan tashqari hech kim harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas.
Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda qurolni saqlash, olib yurish va qo‘llash huquqiga egadirlar.
Harbiy xizmatchilar O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti mablag‘lari hisobidan oziq-ovqat, pul, kiyim-kechak, uy-joy ta’minoti bilan ta’minlanadilar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan pensiya va tibbiy ta’minot hamda boshqa ijtimoiy kafolat va imtiyozlardan foydalanadilar.
Oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga:
- yil yakunlariga ko‘ra yanvar oyida qo‘shinlar jangovar shayligini saqlab turgani, xizmat majburiyatlarini vijdonan bajargani uchun mukofot pulini to‘lash to‘g‘risidagi buyruq imzolangan kunda belgilangan me’yorlarga ko‘ra ikkita pul ta’minoti okladiga teng miqdordagi bir marta beriladigan pul mukofoti to‘lanadi;
- bir yilda bir marta bitta pul ta’minoti okladiga teng miqdordagi moddiy yordam puli to‘lab beriladi.
Bunda, lavozim okladlari amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan oshirishlarsiz hisobga olinadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini sanatoriylardagi sanatoriy-kurort davolanishi hamda dam olish uylarida (pansionatlarda) profilaktik dam olishini tashkillashtirish tartibi vazirlik tomonidan belgilanadi.
Harbiy xizmatga majburlar harbiy yig‘inlarni o‘tash davrida oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlanadilar, shuningdek harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy ta’minotdan, shu jumladan dori vositalari va boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqidan foydalanadilar.
Erkin harakatlanish huquqi kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy qismlarning jangovar shayligini saqlab turish va xizmat joyiga o‘z vaqtida kelishni ta’minlash zaruratini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchilarning harbiy qism tashqarisida harakatlanishi, ularning harbiy xizmatni o‘tayotgan garnizon hududidan tashqariga chiqish qoidalari vazirlik tomonidan belgilanadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning bir haftalik harbiy xizmat vaqtining umumiy davomiyligi qonunchilikda belgilangan bir haftalik ish vaqtining normal davomiyligidan oshib ketmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va Qurolli Kuchlarning Umumharbiy nizomlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
To‘liq sutkalik rejimda xizmatni o‘tash uch mahal ovqatlanish va kamida to‘rt soatgacha dam olish uchun vaqt ajratgan holda yigirma to‘rt soat mobaynida amalga oshiriladi.
Xizmatni o‘tashning to‘liq sutkalik rejimida harbiy xizmatchilarga, ularning xohishiga ko‘ra oziq-ovqat payogi uchun belgilangan me’yorlar bo‘yicha belgilangan tartibda qozon ta’minotiga qo‘yish yo‘li bilan xizmatni o‘tash joyi bo‘yicha tekin uch mahal ovqat taqdim qilinishi mumkin.
Dam olish va bayram kunlari harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish uchun jalb etilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga haftaning boshqa kunlari dam olish vaqti beriladi.
Muddatli harbiy xizmatchilar xizmat vaqtining davomiyligi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari talablariga muvofiq ravishda harbiy qism kun tartibi bilan belgilanadi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolariga (eri, xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) yangi harbiy xizmat joyida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartib va me’yorlar bo‘yicha yashash uchun turar joy beriladi.
Harbiy xizmatchilar va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek ularning qaramog‘idagi shaxslar) turar joy bilan ta’minlanmagan taqdirda, ularga har oyda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan miqdorda turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun kompensatsiya puli to‘lanadi.
Haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan (rezervga, iste’foga bo‘shatilgan) kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi o‘n va undan ortiq kalendar yiliga yetganda O‘zbekiston Respublikasining uy-joy qonunchiligida ko‘zda tutilgan me’yorlar va tartibga muvofiq o‘zlari egallab turgan turar joylarini bepul xususiylashtirib olish huquqiga egadirlar, yopiq harbiy shaharchalardagi xizmat turar joylari bundan mustasno.Yopiq harbiy shaharchalar hududida yashovchi ko‘rsatib o‘tilgan toifaga mansub harbiy xizmatchilarga yopiq harbiy shaharchalar doirasidan tashqarida turar joylar beriladi.
Vazirlik tomonidan uy-joy bilan ta’minlanmagan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga ularning arizasiga binoan taqdim qilinayotgan uy-joyning hisoblangan qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badal pulini davlat budjeti mablag‘lari yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan to‘lash yo‘li bilan uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti berish tizimi bo‘yicha turar joylar berilishi mumkin.
“Polkovnik”, unga tenglashtirilgan yoxud undan yuqori harbiy unvondagi harbiy xizmatni o‘tayotgan yoki harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgan ofitserlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlari, ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar belgilangan normadan ortiq bir xona yoki umumiy maydonning kamida o‘n olti kvadrat metr miqdorida qo‘shimcha turar joy maydoni olish huquqiga ega.
Harbiy xizmatchilarning oila a’zolari (eri, xotini, farzandlari, shuningdek qaramog‘ida bo‘lgan shaxslar) boquvchisini yo‘qotgan taqdirda ularga boshqa qulay va shinam turar joy bepul ajratilgunga qadar egallab turgan turar joydan majburan ko‘chirib yuborilishi mumkin emas. Harbiy xizmatchi halok bo‘lgandan (vafot etgandan) so‘ng ularda qonunchilikka muvofiq turar joy sharoitlarini yaxshilash huquqi saqlanib qoladi.
Harbiy xizmatchilar harbiy-tibbiy bo‘linma, harbiy qism va muassasalarda bepul tibbiy yordam olish, shu jumladan tish protezlarini yasatish va ta’mirlatish (qimmatbaho metall va boshqa qimmat turuvchi materiallardan tayyorlangan protezlar bundan mustasno), dori vositalari, boshqa tibbiy mulk bilan bepul ta’minlanish huquqiga ega. Harbiy xizmatchilarning harbiy xizmatni o‘tash, yashash joylarida harbiy-tibbiy muassasalar yoki ularda tegishli bo‘limlar yoxud maxsus tibbiy asbob uskunalar bo‘lmagan hollarda, shuningdek kechiktirib bo‘lmaydigan (shoshilinch) holatlarda tibbiy yordam mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tibbiy muassasalarda ko‘rsatiladi. Harbiy xizmatchilar va harbiy yig‘inlarga chaqirilgan fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mazkur sog‘liqni saqlash muassasalariga sarflangan xarajatlar vazirliklar tomonidan qoplanadi.
Xarajatlarni qoplash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda vazirliklar tomonidan belgilanadi.
Quyidagi hollarda harbiy-tibbiy muassasalardagi bepul tibbiy ta’minot huquqidan sobiq kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar ham foydalanadilar:
a) katta ofitserlar tarkibi va generallar harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lganda, umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lganda esa bu huquq ularning turmush o‘rtoqlariga ham tatbiq etiladi;
b) kichik ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibi harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lganda;
v) harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallanish oqibatida nogiron bo‘lib qolganlar.
Muddatli harbiy xizmatchilar va oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari harbiy-tibbiy komissiya xulosasiga ko‘ra sanatoriya-kurort muassasalarida bepul davolanish bilan ta’minlanadilar.
Katta ofitserlarning oila a’zolari (eri, xotini, o‘n sakkiz yoshga to‘lmasidan oldin nogiron bo‘lib qolgan o‘n sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, ta’lim muassasalarida ta’limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan farzandlari) harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy yordam olish huquqiga egalar.
Harbiy xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatdan (harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan) bo‘shatilgandan so‘ng halok bo‘lgan (vafot etgan) hamda harbiy xizmatning umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallarning boquvchisini yo‘qotgan oila a’zolarida harbiy xizmatchining hayotligida bo‘lganidek tibbiy yordam ko‘rsatish, sanatoriya-kurortlarda davolanish, ushbu davolanish joyiga borish va qaytishda transportdan imtiyozli foydalanish huquqlari saqlanib qoladi.
Harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan (vafot etgan) harbiy xizmatchilarning ota-onalari, turmush o‘rtoqlari va farzandlariga (yigirma uch yoshgacha) harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy yordam olish huquqi beriladi.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarning farzandlari yashash joyi, shu jumladan vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha maktabgacha ta’lim tashkilotlari va o‘rta ta’lim muassasalari, shuningdek vazirliklarning bolalar sog‘lomlashtirish lagerlariga navbatsiz qabul qilinadi.
Vazirliklar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar o‘z vakolatlari doirasida harbiy xizmatchilar, shuningdek harbiy xizmatdan bo‘shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga qo‘shimcha imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalarni belgilash huquqiga ega.
Harbiy xizmatchilar xizmat safariga, harbiy xizmatni o‘tash uchun yangi joyga o‘tkazilganligi munosabati bilan, yiliga bir marta asosiy (kanikulyar) ta’tilni, qo‘shimcha ta’tillarni o‘tkazish joylariga, davolanishga borish va qaytishda, harbiy xizmatdan bo‘shaganda o‘zi tanlagan yashash joyiga borishda temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan bepul foydalanish huquqiga ega bo‘lib, bunda oddiy askarlar tarkibiga mansub muddatli harbiy xizmatchilar, shuningdek oddiy askarlar va serjantlar tarkibiga mansub kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar qo‘shimcha ravishda shahar ichi, shahar atrofi va mahalliy yo‘nalishlarda qatnovchi jamoat transportining barcha turlaridan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga borishda va harbiy xizmatdan bo‘shatilganda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda oldingi turar joyidan yangisiga temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga egalar. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlari qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchining u bilan birga yashayotgan oila a’zolari harbiy xizmatchilar uchun belgilangan asoslarda: harbiy xizmatni o‘tashning yangi joyiga o‘tkazilgani munosabati bilan harbiy xizmatchining turar joyidan harbiy xizmat joyigacha; harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra davolash muassasalarida davolanishga borish va u yerdan qaytish; harbiy xizmatchi harbiy xizmatdan bo‘shatilganda, shuningdek harbiy xizmatchi halok bo‘lganda (vafot etganda) tanlangan yashash joyiga borishda transportdan bepul foydalanish huquqiga ega.
Harbiy xizmatchining oila a’zolari harbiy xizmatchining halok bo‘lganligi (vafoti etganligi) munosabati bilan tanlangan yashash joyiga ko‘chib borishda o‘n tonnagacha bo‘lgan shaxsiy mulkni konteynerlarda temir yo‘l transportida, temir yo‘l transporti bo‘lmagan joyda esa transportning boshqa turlari (havo transporti bundan mustasno) bilan bepul tashish huquqiga ega. Shaxsiy mulkni alohida vagonda, bagaj qilib va kichik holda jo‘natilganda ularning haqiqiy xarajatlar qoplanadi, biroq bu miqdor o‘n tonnali yukni konteynerda tashish qiymatidan oshmasligi kerak.
Harbiy yig‘inlarga chaqirilgan, harbiy xizmatni (harbiy yig‘inlarni) o‘tash vaqtida vafot etgan yoki tinchlik davrida shikastlanish (jarohatlanish, travma olish, kontuziya), kasallik natijasida vafot etgan harbiy xizmatchilarni, fuqarolarni, shuningdek harbiy xizmatda bo‘lishning belgilangan yosh chegarasiga yetgani, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra, kontrakt muddatining tugagani yoki tashkiliy-shtat tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan harbiy xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng vafot etgan fuqarolarni dafn etish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Harbiy xizmatchi halok bo‘lganda (vafot etganda) uning oila a’zolari u dafn etiladigan joyga bepul borish va qaytish huquqiga ega. Halok bo‘lgan (vafot etgan) va O‘zbekiston Respublikasi hududida dafn etilgan harbiy xizmatchining oila a’zolari bir yilda bir marta dafn etilgan joyga bepul borish va qaytish huquqiga ega.
Harbiy xizmatdan bo‘shatilgan, harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma yil va undan ortiq bo‘lgan ofitser va generallar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga muvofiq statsionar davolanishga yoki sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish muassasalariga borish va qaytishda (yiliga bir marta) temir yo‘l, havo, suv va avtomobil (taksidan tashqari) transportidan bepul foydalanish huquqiga ega. Ko‘rsatib o‘tilgan ofitserlar harbiy xizmatining umumiy davomiyligi yigirma besh yil va undan ortiq bo‘lgan taqdirda ularning oila a’zolari ham transportdan foydalanishda shunday huquqqa egadir.
Agar harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasiga ko‘ra davolash yoki sanatoriya-kurort muassasasiga, kasalligi sababli ta’tilga, harbiy xizmatdan bo‘shaganda tanlangan yashash joyiga ketayotgan harbiy xizmatchini kuzatib boruvchi shaxs zarur bo‘lsa, kuzatib boruvchi o‘zi kuzatib borayotgan shaxs uchun belgilangan asoslarda transportdan bepul foydalanish huquqiga ega.
Muddatli harbiy xizmatchilar harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab bepul yuborish huquqiga egadirlar.Favqulodda vaziyat sharoitlarida va jangovar harakatlar olib borilayotganda vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga (eri, xotini, farzandlari, shuningdek uning qaramog‘ida bo‘lgan shaxslarga) urush davrida halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga nisbatan belgilangan imtiyoz, kafolat va kompensatsiyalar tatbiq etiladi.
Rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida quyidagi huquqlarga ega:
- harbiy yig‘inlar o‘tkaziladigan joyga temir yo‘l va avtomobil transportida (taksidan tashqari) bepul borish va qaytish;
- harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarni bepul yuborish;
- harbiy-tibbiy muassasalarda bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlanish.
Fuqarolarning haqiqiy harbiy xizmatda bo‘lgan davri O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ularning umumiy ish staji va ixtisoslik bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Harbiy xizmatchilar quyidagi huquqlarga ega emas:
- harbiy qismning mulki va moliyaviy mablag‘lari, shuningdek davlatning boshqa mulkini harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda ishlatish;
- harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog‘liq chiqishlar (ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar bundan mustasno) va nutqlar uchun gonorar olish;
- boshqa haq to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanish, ilmiy, pedagogik va boshqa ijodiy faoliyat olib borish bundan mustasno, agarda u harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishga to‘sqinlik qilmasa;
- shaxsan o‘zi yoki vakolatli shaxslar orqali tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, shu jumladan xususiy tijorat tashkilotlarini boshqarishda ishtirok etish, shuningdek xizmat mavqeyidan foydalanib tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda jismoniy va yuridik shaxslarga yordam ko‘rsatish;
- harbiy xizmat majburiyatlarini bajarganligi uchun jismoniy va yuridik shaxslardan mukofotlar (sovg‘alar, pul mablag‘lari, ssudalar, xizmatlar, ko‘ngilochar, hordiq, transport xarajatlari uchun haq to‘lash va boshqa mukofotlar) olish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlariga muvofiq harbiy xizmatchilar taqdirlanadigan qimmatbaho (shu jumladan ismi yozilgan) sovg‘alar va pul mablag‘lari bundan mustasno;
- jismoniy va yuridik shaxslar hisobidan xorijiy xizmat safarlariga borish, xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki davlat hokimiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli davlat hokimiyati organlari yoki xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuvlari asosida amalga oshiriladigan xizmat safarlari bundan mustasno;
- siyosiy partiyalar hamda ijtimoiy, shu jumladan diniy birlashmalarning manfaatlarida, shuningdek ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishda o‘z xizmat mavqeyidan foydalanish.
Yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarlik holatlari va yetkazilgan zarar uchun harbiy xizmatchilar qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibda intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy va moddiy javobgarlikka tortilishi mumkin.



Download 106,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish