O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTET
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI BO‘YICHA
H I S O B O T I
Tayyorladi: IX-51-2 guruh talabasi
Urinov Oybek Valijonovich
Amaliyot rahbari:
Kalandarov Ravshan Abdukayumovich
Kafedra tomonidan ro’yxatga olingan tartib raqami №
“ ” 2022y.
(imzo)
Hisobot himoyaga tavsiya qilindi (qilinmadi)
Sana “ ” 2022 y. Rahbar imzosi:
Hisobot bahosi ballKomissiya a’zolari:
TOSHKENT-2022
REJA:
Kirish
O‘zbekistonda harbiy qism faoliyatini tashkil etilishi va harbiy xizmatchilarga qo‘yiladigan talablar.
Harbiy lavozimga tayinlash va ozod etish tartibi to‘g‘risida
Harbiy qismning moliyalashtirilishi hamda harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari
Xulosa
Kirish
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlatimizning bosh qomusi hisoblanib, jamiyatda xalq manfaatlari yo‘lida o‘tkazilayotgan islohotlarni rivojlantirishga imkon beradigan huquqiy asoslarni yaratdi. U inson huquqlarini, barqarorlikni kafolatlaydi.
Xalqimiz barqarorligini saqlash, sarhadlarimiz muhofazasini ta’minlash borasida harbiy salohiyatimiz ustuvor ahamiyatga egadir.
Mamlakatimizda harbiy xizmat nufuzini yuksaltirish va Qurolli Kuchlarimiz jangovar shayligini yana-da oshirish maqsadida qoʻshinlarni yosh va salohiyatli kadrlar bilan toʻldirish, harbiy xizmat oʻtash uchun qulay sharoitlar yaratish, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy himoyasini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Harbiy faoliyat o‘zining maqsadi va tabiatiga ko‘ra harbiy xizmatchilardan uzluksiz, aniq tizim asosidagi tayyorgarlikni talab qiladi. Shuning uchun ham o‘z harbiy mutaxassisligini chuqur egallash, o‘zining bilimlari, ko‘nikmalari va malakalarini, mahoratini tinmay takomillashtirib borish har bir harbiy xizmatchining muqaddas burchi sanaladi.
Harbiy xizmatchilarning axloqiy qoidalari Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlarda o‘z ifodasini topgan. Harbiy xizmatchilar axloqining jamiyat rivojida tutgan o‘rni mazkur mamlakat axolisining tinch-totuv yashashlari uchun har tomonlama sharoit yaratib berish, ya’ni ularni tashqi xavf-xatar — dushman tajovuzidan ximoya qilish bilan belgilanadi.
Harbiy xizmatning vazifalari, umuminsoniy axloqiy me’yorlarning talablari harbiy xizmatchilar faoliyatining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, kasbiy extiyojlarni to‘ldiradi hamda an’ana, marosim va ko‘nikmalar, harbiy xizmatga bog‘lik ichki va tashqi fazilatlar, kishining o‘ziga xos xususiyatlarida namoyon bo‘ladi. Vatanparvarlik, mardlik, jasurlik, botirlik, qat’iyatlilik, insonparvarlik harbiylarga xos xususiyatlardir. Undan tashqari, qonunlar, buyruqlar, Harbiy qasamyod va Umumharbiy nizomlar talablari harbiy xizmatchilar axloqiy tarbiyasi shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |