. “AT Xalq banki” da quyidagicha kassalar tashkil etilgan: 1) aylanma kassa; 2) kirim kassa; 3) chiqim kassa; 4) chakana amaliyot kassasi; 5) kechki kassa; 7) qayta sanash kassasi. 23 Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun pul qo’yish e’loni, kirim kassa orderi, kvitansiya orqali amalga oshiriladi. E’lonnoma 3 ta qismdan iborat bo’lib, ular quyidagilar: 1) naqd pul qo’yish e’loni; 2)kvitansiya; 3) order. E’lon kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya mijozga beriladi. Order buxgalterga beriladi. Kirim kassa orderi 1 nusxada bo’lib, u ham kassa hujjatlariga tikiladi. Kvitansiya 2 qismdan iborat bo’ladi. Ularni biri kassaga topshirilsa, 2-qismi mijozga taqdim etiladi. Kassa operatsiyalari amalga oshirilganda quyidagi provodkalar beriladi: Dt- 10101/ 10111 – ayalanma kassadagi naqd pullar/ bank binosida joylashmagan amaliyot kassalaridagi naqd pullar Kt- mijozlarning yoki bankning tegishli hisobvaraqlari. Umuman olganda yuqoridagi provodka faqat bir kassa operatsiyasiga tegishli bo’lib, bankda kuniga yuzlab-minglab turli kassa operatsiyalari amalga oshirilishi mumkin. . “AT Xalq banki” da naqd pulsiz hisob-kitoblar O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2020-yil 13-apreldagi “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to’g’risida” gi 3229-sonli nizomga muvofiq amalga oshiriladi va . “AT Xalq banki” da bu ko’rinishdagi hisob-kitoblarning barcha shakllari va turlari amalda qo’llaniladi. Xususan, bankda memorial orderdan foydalaniladi va yuqoridagi nizomga ko’ra:“Memorial order banklar tomonidan ishlatiladigan naqd pulsiz hisob-kitob hujjati bo'lib, undan quyidagi hollarda foydalaniladi: - mijozlar bilan bog’liq bank operatsiyalari bo'yicha hisob-kitoblarda; - bank hizmatlarini ko'rsatish bo'yicha hisob-kitoblarda; - banklarning o'z ichki operatsiyalarida; - mijozning qarzdorlik mablag’larini qoplashda, agar banklar bilan mijozlar o'rtasida tuzilgan shartnomada belgilab qo'yilgan bo'lsa; - buxgalteriya hisobidagi xato yozuvlarni tuzatishda; - jismoniy shahslarning tadbirkorlik faoliyati bilan bogliq bo'lmagan yozma topshiriqlari bo'yicha mablag’larni naqd pulsiz shaklda o'tkazishni amalga oshirishda.” Memorial order bo’yicha to’lovlar o’tkazilganda quyidgi buxgalteriya o’tkazmasi bajariladi: Dt- to’lovchining hisobvarag’i; Kt- mablag’ oluvchining hisobvarag’i. Xususan, qolgan barcha naqd pulsiz hisob-kitoblar hisobi nizomda keltirilgan ularning ta’riflariga asoslangan holda amalga oshiriladi va ularda quyidagicha buxgalteriya provodkalari beriladi: a) to’lov topshiriqnomasi bo’yicha to’lov o’tkazilganda : Dt- to’lovchining hisobvarag’i; Kt- mablag’oluvchining hisobvaraqlari. Masalan, Xususiy korxona YaTT ga pul o’tkazganda: Dt-20208 Kt- 20218 b)To’lov talabnomasida foydalanilganda ham xuddi shu asnoda, ya’ni: Dt- to’lovchining hisobvarag’i; Kt- mablag’ oluvchining hisobvarag’i. c) Inkasso topshiriqnomasida quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt- 202XX- “Mablag’ oluvchining deposit hisobvaragi”; Kt- 23402- “Respublika budjetining mablag’lari” Agar to’lovchining hisobvarag’ida mablag’ mavjud bo’lmasayoki yetishmasa, kartoteka-2 ga kirim qilinadi va quyidagi buxgalteriya provodkasi beriladi: Dt- 90963- “Muddatida to’lanmagan hisob-kitob hujjatlari” Kt-96319 – “To’lovni kutayotgan hisob-kitob hujjatlarining kontr-hisobvarag’i” Akkreditiv ochish uchun 2 nusxada akkreditivga ariza taqdim etiladi. Unga asosan: Dt- 202XX- mijozning hisobvarag’i; Kt- 22602- mijozlarning akkreditivlar bo’yicha depozitlari. Bank plastik kartochkalariga pul mablag’larini kirim qilishda, masalan: Dt- 23402 Kt- 23108 –budjet tashkilotlari xodimlari uchun hisobvaraq Dt- 23108 Kt-22618 – jismoniy shaxslar plastic kartochkalar bo’yicha majburiyatlar.
5. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish. “